• 7 BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATI VA RISKLARNI BOSHQARISH 7.1. Tizimlarning umumiy arxitekturasi
  • Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/149
    Sana10.09.2024
    Hajmi4,35 Mb.
    #270811
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149
    Bog'liq
    kiberxavfsizlik-asoslari

     


    223 
    Nazorat savollari 
    1.
    Dasturiy 
    mahsulotlarda 
    xafsizlik 
    ta’minlanishini 
    muhimligini 
    ko’rsatuvchi misollar keltiring? 
    2.
    Dasturiy mahsulotlarda xavfsizlik muammolarining kelib chiqish 
    sabablarini ayting? 
    3.
    Nuqson, bag, xotirani to’lib toshishi tushunchalariga izoh bering? 
    4.
    Dasturiy vosita xavfsizligini fundamental prinsiplarini ayting va ularga 
    tushuntirish bering? 
    5.
    Dasturiy vositalarga qo’yilgan talablar va ularga misollar ayting? 
    6.
    Dasturiy vositalarga qo’yilgan xavfsizlik talablariga misollar ayting? 
    7.
    Dasturiy vositalar xavfsizligini ta’minlashda dasturlash tillarining 
    o’rnini tushuntiring? 
    8.
    Xavfsiz va xavfsiz bo’lmagan dasturlash tillariga misollar keltiring? 
    9.
    Zararli dasturlar nima va ularning asosiy turlarini sanang? 
    10.
    Kompyuter viruslari nima va ularga misollar ayting? 
    11.
    Zararli dasturiy vositalardan himoyalanish usullari va vositalari haqida 
    ma’lumot bering? 
    12.
    Antivirus dasturiy vositalarini tanlashdagi talablar va ularga misollar 
    keltiring. 


    224 
    7 BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATI VA RISKLARNI 
    BOSHQARISH 
    7.1. Tizimlarning umumiy arxitekturasi 
    Boshqa sohalarda bo’lgani kabi kiberxavfsizlik sohasida ham tizim va tizim 
    arxitekturasi tushunchasi tez-tez ishlatilib, bunda matn konteksti bir – biridan farq 
    qiladi. Shu sababli, ushbu bo’limda tizim arxitekturasi tushunchasi bilan tanishib 
    chiqiladi. 
    Tizim arxitekturasi yoki tizimlarning arxitekturasi – 
    bu tizimning tuzilishi, 
    o’ziga xos xususiyatlari va boshqa qarashlarini belgilaydigan konseptual model. 
    Tizimlar arxitekturasi
    - bu murakkab tizimlarni tavsiflash va loyihalashda 
    konseptual va amaliy qiyinchiliklarga yechimdir. 
    Arxitektura 
    - bu tizimning tuzilishi va hatti-harakatlari to’g’risida fikr 
    yuritishni qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil qilingan tizimning rasmiy tavsifi. 
    Tizim arxitekturasi butun tizimni amalga oshirishda birgalikda ishlaydigan 
    tizim tarkibiy qismlaridan va ishlab chiqilgan qismtizimlardan iborat bo’lishi 
    mumkin. Tizim arxitekturasini tavsiflash uchun olib borilgan harakatlar 
    arxitekturani tavsiflash tillari 
    deb nomlanadi. 
    Turli tashkilotlar tizim arxitekturasini turli yo’llar bilan aniqlashi mumkin, 
    xususan: 
    -
    tizimning fundamental tashkil etilish, uning tarkibiy qismlari, ularning bir-
    biriga va muhitga bo’lgan munosabati, uning dizayni va evolyusiyasini 
    boshqaruvchi tamoillar; 
    -
    tizimning tavsifi, shu jumladan, apparat va dasturiy komponentlarning 
    funksional imkoniyatlari xaritasi, dasturiy ta’minot arxitekturasining apparat 
    arxitektura xaritasi va insonning ushbu komponentlar bilan o’zaro aloqasi; 
    -
    funksional arxitektura talablari va bazaviy talablarni qondirish uchun 
    mo’ljallangan istemolchi mahsuloti yoki hayotiy sikl uchun dizayn yechimini 
    ta’minlaydigan fizik elementlarning ajratilgan joylashuvi; 


    225 
    -
    arxitektura eng muhim, keng tarqalgan, yuqori darajadagi, strategik ixtirolar, 
    qarorlar va ularning umumiy asoslari (ya’ni, muhim elementlari va ularning 
    o’zaro aloqalari) va ular bilan bog’liq xususiyatlardan iborat; 
    -
    kompyuter tizimining dizayni va tarkibining tavsifi bo’lib, agar u 
    hujjatlashtirilgan bo’lsa, unda joriy apparat, dasturiy ta’minot va tarmoq 
    imkoniyatlarining batafsil ro’yxatidan iborat ma’lumotlar bo’lishi mumkin. 
    Uzoq muddatli rejalar va kelajakdagi xaridlarning ustuvorligi, shuningdek, 
    eski uskuna va dasturiy ta’minotni yangilash va/ yoki almashtirish rejasining 
    tavsifi; 
    -
    tizimning rasmiy tavsifi yoki uning amalga oshirilishini boshqarish uchun 
    komponentlar darajasida tizimning batafsil rejasi; 
    -
    mahsulot va ularning hayotiy jarayonlari uchun mo’ljallangan dizayn 
    memorchiligining kompozisiyasi; 
    -
    komponentlarning tuzulishi, ularning o’zaro bog’liqligi va vaqt o’tishi bilan 
    ularning dizayni va evolyusiyasini boshqaruvchi prinsiplar va ko’rsatmalar. 
    Tizim arxitekturasini mavjud (yoki kelajakdagi) tizimning tasvirlar to’plami 
    sifatida o’ylash mumkin. Ushbu tasvirlar dastlab umumiy, yuqori darajadagi 
    funksional tashkilotni tavsiflaydi va shundan so’ng batafsil va aniq tavsilotlarga 
    o’tiladi.
    Tizim arxitekturasi tizimdan tashkil topgan elementlarning axborot tarkibini, 
    ushbu elementlar o’rtasidagi munosabatlar va ushbu munosabatlarni tartibga 
    soluvchi qoidalarni yetkazadi.
    Tizim arxitekturalarining bir nechta turlari mavjud bo’lib, ular quyidagilar: 
    -
    qurilma arxitekturasi; 
    -
    dasturiy ta’minot arxitekturasi; 
    -
    korxona arxitekturasi; 
    -
    hamkor tizimlar arxitekturasi (Internet, aqlli transport tizimlari va havo 
    hujumidan mudofaa tizimlari kabi); 
    -
    ishlab chiqarish tizimlari arxitekturasi; 
    -
    strategik tizimlar arxitekturasi. 


    226 
    Tizimlar arxitekturasi quyidagi 9 ta fundamental prinsipga asoslanadi: 
    1.
    Haqiqat obyektlari tizim sifatida modellashtiriladi
    (ya’ni, funksiyani 
    bajaradigan va uning perimetri kirish, chiqish va ichki holat bilan belgilangan quti). 
    Masalan, mobil telefon - bu ovoz va tugmalar orqali kiritish hamda ovoz va displey 
    orqali chiqarish tizimi hisoblanadi. Bundan tashqari, u yoqilgan va o’chirilgan 
    bo’lishi mumkin. Umuman olganda, telefon qo’ng’iroqlarini amalga oshirishga 
    imkoniyat beradi (80-rasm). 

    Download 4,35 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149




    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish