Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/149
Sana10.09.2024
Hajmi4,35 Mb.
#270811
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari

 
-
Iqtisodiy asoslangan bo’lishi: 
tashkilotlar tejamkor va o’z xavfsizligini 
kuchaytiruvchi siyosatni amalga oshirishi shart.
 
-
Tushunarli bo’lishi: 
siyosatlar tushunishga va amalga qilishga oson bo’lishi 
kerak.
 
-
Amaliy bo’lishi: 
siyosatlar reallikka asoslangan amaliy bo’lishi kerak. Real 
bo’lmagan siyosatni amalga oshirilishi faqat tashkilotga muammo olib keladi.
 
-
Barqaror bo’lishi: 
tashkilot o’zining siyosatini amalga oshirishda 
barqarorlikga ega bo’lishi kerak.
 
-
Mulojaviy bardoshli bo’lishi: 
siyosat muolajalarini amalga oshirganda ular 
ish beruvchi va ishlovchiga mos bo’lishi kerak.
 
-
Kiber va yuridik qonunlarga, standartlarga, qoidalarga va instruksiyalarga 
mos bo’lishi: 
amalga oshiriluvchi ixtiyoriy siyosat kiber qonunlar asosida 
ishlab chiqilgan qoidalar va instruksiyalarga mos bo’lishi zarur.
 
Xavfsizlik siyosatining kontenti 
Xavfsizlik siyosatini amalga oshirishning 4 ta qismi mavjud: 

xavfsizlik talablari; 

siyosat tavsifi; 

amalning xavfsizlik prinsipi; 

elementlar joylashuvining arxitekturasi. 
Xavfsizlik talablari. 
Ushbu bayon xavfsizlik siyosatini amalga oshirishda 
tizim uchun talablarni xarakterlaydi. Xavfsizlik talablarining quyidagi 4 turi mavjud: 
-
intizom xavfsizligi talablari; 
-
qo’riqlash xavfsizligi talablari; 
-
muolajaviy xavfsizlik talablari; 
-
kafolat xavfsizligi talablari. 
Intizom xavfsizlik talablari. 
Bu xavfsizlikni ta’minlashda turli obyektlarga 
nisbatan qanday harakatlar bajarilishini kerakligini ko’rsatuvchi xavfsizlik 


238 
siyosatini o’z ichiga oladi. Masalan, kompyuter xavfsizligi, amallar xavfsizligi, 
tarmoq xavfsizligi, shaxs xavfsizligi, fizik xavfsizlik va hak. 
Qo’riqlash xavfsizligi talablari. 
U zarur bo’lganda ko’rsatiluvchi himoya 
choralaridan tashkil topgan xavfsizlik siyosatini o’z ichiga oladi. Masalan, 
foydalanishni 
nazoratlash, 
zararli 
dasturlarga 
qarshi 
kurashish, 
audit, 
foydalanuvchanlik, konfidensiallik, butunlik, kriptografiya, identifikasiya va 
autentifikasiya uchun himoya choralari. 
Muolajaviy xavfsizlik talablari. 
U foydalanish siyosatlari, qaydlash, amallar 
davomiyligi va hujjatlashtirishdan iborat xavfsizlik siyosatlaridan iborat. 
Kafolat xavfsizligi talablari. 
U turli standartlar, sertifikatlar va 
akkreditasiyaga muvofiq foydalaniluvchi xavfsizlik siyosatlarini o’z ichiga oladi. 
Siyosat tavsifi. 
Mazkur qismda asosiy e’tibor xavfsizlik tartibiga, qo’riqlash, 
muolajalar, amallarning bog’liqligi va hujjatlashtirishga qaratiladi. Siyosat 
tavsifining har bir qismida tizim arxitekturasi elementlari xavfsizlikni qanday 
ta’minlashi bayon etiladi. 
Amallarning xavfsizlik prinsipi. 
Ushbu prinsip xavfsizlik siyosatining rollarini, 
javobgarliklarini va funksiyalarini aniqlaydi. U missiya, aloqa, shifrlash, 
foydalanuvchi va texnik xizmat ko’rsatish instruksiyalari, bo’sh ishchi vaqtini 
boshqarish, xususiy va jamoat mulki, shartli foydalanishli dasturiy vosita qoidalari 
va virusdan himoyalanish siyosatiga e’tiborni qaratadi. 
Elementlar joylashuvining arxitekturasi. 
Ushbu siyosat tashkil etuvchisi 
dasturdagi har bir tizim uchun kompyuter tizimlari arxitekturasini joylashuvini 
ta’minlaydi. 
Xavfsizlik siyosati quyidagi bo’limlardan iborat: 
-
xavfsizlik siyosatining 
umumiy tavsifi - 
siyosat ko’rib chiqishi kerak bo’lgan 
asosiy ma’lumotlarni taqdim etadi; 
-
maqsad – 
siyosati nima uchun tuzilganligini batafsil tushuntirishni o’z ichiga 
oladi; 
-
harakat sohasi
kimni va nimani qamrab olish haqidaga axborotdan iborat; 
-
qoidalar va javobgarliklar 
xodimlar va boshqaruv uchun aniqlanadi; 


239 
-
maqsadli auditoriya 
bu - siyosat ishlab chiqilayotgan foydalanuvchilar va 
mijozlardir; 
-
siyosatlar
bu – xavfsizlik siyosatining har bir aspekti uchun bayoni; 
-
sanksiyalar va buzilishlar 
mijozlar va foydalanuvchilar rioya qilishi kerak 
bo’lgan ruxsat berish/ rad etish jarayonini belgilaydi; 
-
kontakt ma’lumotlari 
siyosat sanksiyalari va/ yoki buzilishlari yuz berganda 
kim bilan bog’linish kerakligi haqidagi axborot; 
-
versiya 
raqami siyosatdagi barcha o’zgarishlar va yangilanishlar to’g’ri 
kuzatilishini ta’minlaydi; 
-
glossari 
siyosatda foydalanilgan turli atama va qisqartmalarni ma’nosini o’z 
ichiga oladi. 

Download 4,35 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish