241
-
Siyosatning maqsadi nima? Bu qo’shimcha xarajatmi yoki shunchaki
rasmiyatchilikni?
Tashkilotlar yoki boshqaruvchi xavfsizlik siyosatini loyihalashda
uning maqsadidan xabardor bo’lishi shart. Agar
boshqaruvchi siyosatning
maqsadini tushunsa, ularni xodimlarga yetkazishi oson bo’ladi.
-
Xavfsizlik biror o’quv dasturiga mos keladimi?
Odatda tashkilotlar
xavfsizlik siyosatini xodimlarga o’rgatmasdan va amaliy seminarlarsiz joriy qiladi.
Xodimlar xavfsizlik siyosatini o’rganmagan, ularni afzallik va kamchiliklari haqida
ma’lumotga ega bo’lmagan
taqdirda, xavfsizlik siyosati tashkilot uchun foydali
bo’lmaydi. Shu sababli, xavfsizlik siyosati xodimlar tomonidan o’rganilishi shart.
-
Xavfsizlik siyosati tashkilot maqsadlari bilan mos keladimi?
Siyosatni
hujjatlashtirish jarayonida uni tashkilot maqsadiga hamohang amalga oshirilganiga
e’tibor berish shart. Agar xavfsizlik siyosati
tashkilot maqadiga mos kelmasa, u
muvaffaqqiyatga erisha olmaydi.
-
Siyosat yaxshiroq amaliyot uchun umumiy qoidalar bo’ladimi yoki u
standartga asoslanishi kerakmi?
Taqdim qilinayotgan xavfsizlik siyosatining
maqsadi turlicha bo’lishi mumkin. Shuning uchun, birinchi navbatda siyosat nima
uchun joriy qilanayotganini bilish zarur. Odatda ma’lum
siyosatlar hukumat
tomonidan tartibga solinsa, ayrimlari tashkilot shaxsiy
xavfsizligi uchun amalga
oshiriladi.
-
Ushbu xavfsizlik siyosati nechta kishiga tegishli bo’ladi? Ular kimlar?
Xavfsizlik siyosatini loyihalashda ba’zida kam sonli xodimlar yoki ularning
gruppasi talab etilishi mumkin. Bu turdagi xavfsizlik
siyosatini tasniflash muhim
bo’lib, ular tashkilotda soddalik bilan amalga oshiriladi.
-
Har bir xodim kamida nimani bilishi kerak?
Barcha xodim siyosatni
hamma vaqt qanday amalga oshirish kerakligini bilishi kerak.
-
Haqiqatdan ham ushbu siyosatda yozilgan barcha tavsilotlar kerakmi
yoki u AT xodimi uchun maxsus yozilganmi?
Siyosatni
shakllantirishda maqsadni
anglash muhim hisoblanib, bunda har bir siyosat bir hujjatni qismi bo’lishi
shart
emas.
242
-
Siyosatni qanday qilib semantik tashkil qilish mumkin?
Siyosat aniq va
qisqa tarzda shakllantirilishi hamda unda tashkilotdagi bor bo’lgan va xodimlar amal
qiladigan barcha joiz amallar mavjud bo’lishi shart.
-
Xodimlar siyosatdan nimani tushunishlari kerak?
Boshqaruvchi
siyosatini xodimlar uchun tushunarli qilib shakllantirishida maqsadni aniqligini
saqlab qolishi shart. Masalan, siyosat tashkilotdagi barchaga tegishli bo’lishi
mumkin va bu holatda boshqaruvchi tomonidan turli seminarlarda xodimlar uchun
tushuntirishlar berilishi shart. Bu esa tashkilotdagi har bir xodim o’zini xavfsizlik
siyosatidagi bajarishi kerak bo’lgan vazifasini anglashiga katta yordam beradi.