240
umumiy qoidalar to’plami tashkilot va uning xodimlari uchun yordamchi vosita
bo’ladi.
3.
Nazoratni kiritilishi:
yangi xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish yoki
mavjudiga qo’shimcha kiritish jarayonida nazorat bo’lishi
talab etilib, agar
boshqaruvchi qonuniy sanksiyalarni qabul qilsa va tasdiqlasa, xodimlar faqat ishlab
chiqilgan siyosatga amalga qilishadi.
Boshqaruvchisiz ixtiyoriy siyosat tartibi
noqonuniy hisoblanadi va jiddiy muammolarga sababchi bo’ladi.
4.
Jazolar:
ma’lum tashkilotlarda qat’iy siyosatlar mavjud bo’lib, ularga
amal qilinmaganda, xodimlarga nisbatan qator qarshi choralar qo’llaniladi.
5.
Yakuniy ishlanma:
tashkilot to’liq xavfsizlik siyosati hujjatlarini
tasdiqlashi bilan ular tashkilotdagi barchaga tarqatiladi.
6.
Xodimlar tomonidan qabul qilinishi:
xavfsizlik
siyosati tashkilot
xodimlari tomonidan qabul qilinishi talab etilib, bunda xodimlar siyosatni batafsil
ko’rib chiqadilar va imzolash asosida o’z roziliklarini bildiradilar.
7.
Siyosatini joriy qilish:
tashkilotda siyosatni amalga oshirish
qo’shimcha joriy qilish vositalari yordamida bajariladi.
8.
Xodimlarni o’rgatish:
xodimlarga tashkilot xavfsizlik siyosati davomli
ravishda o’rgatilishi zarur va bu tashkilotdagi siyosatlar uzoq vaqt davomida
foydalanilgan taqdirda ham yangi xodimlar uchun amalga oshirilishi shart. Bunda
xodimlarni xavfsizlik siyosati bilan tanishtirib borishga
muhim vazifa sifatida
e’tibor berish talab etiladi.
9.
Ko’rish va yangilash:
tashkilot o’z faoliyatini uzoq vaqtdan beri amalga
oshirayotgan bo’lsa ham, yangi texnologiyalarni kirib kelishi va yangi xavfsizlik
muammolarini paydo bo’lishi xavfsizlik siyosatini yangilashni talab etadi.
Xavfsizlik siyosatini yangilanmasligi himoya yaxshi amalga oshirilmasligiga
sababchi bo’ladi va bu tashkilotga katta zarar yetkazishi mumkin.