253
Risklarni boshqarish bosqichlari.
Risklarni
boshqarish uzluksiz jarayon
bo’lib, har bir bosqichda muvaffaqqiyatli amalga oshirilishni talab etadi. U
aniqlangan va faol ishlaydigan xavfsizlik dasturidan foydalangan holda xavfni
maqbul darajada oldini oladi. Risklarni boshqarish quyidagi asosiy to’rtta bosqichga
bo’linadi:
1.
Risklarni aniqlash.
2.
Risklarni baholash.
3.
Risklarni bartaraf etish.
4.
Risk monitoringi va qayta ko’rib chiqish.
Har bir tashkilot risklarni boshqarish jarayonida
yuqorida keltirilgan
bosqichlarni bosib o’tadi. Quyida ushbu bosqichlar bilan yaqindan tanishib chiqiladi.
Risklarni aniqlash.
Risklarni boshqarishdagi dastlabki qadam bo’lib, uning
asosiy maqsadi riskni tashkilotga zarar yetkazmasdan oldin aniqlash hisoblanadi.
Risklarni aniqlash jarayoni mas’ul mutaxassislar qobiliyatiga bog’liq bo’lganligi
sabab, ular turli tashkilotlar uchun farq qiladi. Risklarni aniqlash o’zida tashkilot
xavfsizligiga ta’sir qiluvchi ichki va
tashqi risklarning manbasini, sabablarini,
natijasini va boshqalarni aniqlashni mujassamlashtirgan. Risklar odatda quyidagi 4
ta muhim sohalardan kelib chiqadi:
-
Muhit.
Muhitga aloqador bo’lgan risklar o’zida ish joyidagi kamchiliklar, turli
xalaqitlar, issiq/
sovuq muhit, tutun, past yoritilganlik va elektr xavflari
kabilarni birlashtiradi.
-
Jixoz.
Jixozga aloqador risklar sifatida jixozlarning past ta’mirlash muhiti,
ishlamaslik, mavjud bo’lmaslik va vazifaga
nomutanosibligini keltirish
mumkin.
-
Mijoz.
Mijozlar bilan bog’liq risklar odatda muhim o’zgarishlar, kutilmagan
ko’chishlar va zaif aloqa natijasida yuzaga keladi.
-
Vazifalar.
Vazifalarga aloqador bo’lgan risklarga yetarli bo’lmagan bajarish
vaqti, takroriy vazifalar, ishni loyihalash
va xodimlar sonini yetarli
bo’lmasiligi orqali paydo bo’luvchi risklar misol bo’ladi.
Risklarni aniqlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
254
-
kontekstni belgilash:
xodim ichki va tashqi muhitni va tashkilot faoliyatidagi
joriy holatni aniqlaydi;
-
risklarni sanash:
bo’lishi mumkin bo’lgan risklarni va ular sababli
kutilayotgan natijalar aniqlanadi.
Riskni aniqlash risklarni boshqarish jarayonidagi turli og’ishlarni kamaytiradi
va bu o’z navbatida kelajakda ta’sir qiluvchi omillar ehtimolini kamaytiradi.
Risklarni aniqlashning ko’plab usullari mavjud bo’lib,
ular asosida turli dasturiy
vositalar ishlab chiqilgan. Ko’plab risklarni aniqlash jarayonlari maxsus
shakllantirilgan jamoa tomonidan amalga oshiriladi. Risklarni aniqlash jarayoni bir
qancha
faktorlarga, masalan, tarmoqning holati va jamoa a’zolarini risklarni
boshqarishdagi qobiliyatlariga asoslanadi.