Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/149
Sana10.09.2024
Hajmi4,35 Mb.
#270811
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari

Nazorat savollari 
1.
Arxitektura va tizim arxitekturasi tushunchalariga izoh bering? 
2.
Tizim arxitekturasi turlariga misollar keltiring? 


258 
3.
Tizimlar arxitekturasining asosiy fundamental prinsiplarini ayting va 
ularni tushuntiring? 
4.
Virtual mashinaga ta’rif bering va uning asosiy vazifalarini tushuntiring? 
5.
Virtual mashinalardan qaysi maqsadlarda foydalaniladi? 
6.
Narsalar Interneti tushunchasiga ta’rif bering va uning hozirgi kundagi 
ahamiyatini tushuntiring. 
7.
O’rnatilgan tizimlar nima va ularning asosiy vazifalari nimadan iborat? 
8.
Axborot xavfsizligi siyosati nima va uning asosiy vazifasi nimadan 
iborat? 
9.
Xavfsizlik siyosati nima uchun zarur? 
10.
Xavfsizlik siyosatining tarkibi va tuzulishi haqida ma’lumot bering? 
11.
Xavfsizlik siyosatining asosiy turlarini ayting? 
12.
Internetdan foydalanish siyosati haqida ma’lumot bering? 
13.
Risk tushunchasiga izoh bering? 
14.
Risk darajasi tushunchasiga izoh bering? 
15.
Risk matrisasi va uning asosiy vazifasini tushuntiring? 
16.
Risklarni boshqarish nima va uning asosiy bosqichlarini ayting? 
17.
Tashkilotda risklarni boshqarish freymvorki nima va uning asosiy 
vazifasini ayting? 
18.
Risklarni boshqarishning axborot tizimlari nima va ularga misollar 
keltiring. 
 
 


259 
8 BOB. KIBERJINOYATLARNING INSON XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI 
8.1. Kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika 
8.1.1. Kiberjinoyatchilik 
Kiberjinoyatchilik 
bu
 – 
kompyuter yoki boshqa qurilmalarga qarshi qilingan 
yoki kompyuter va boshqa qurilmalar orqali qilingan jinoiy faoliyat turi bo’lib, 
uning eng keng tarqalgan turlari - kompyuter qaroqchiligi, onlayn firibgarlik, 
kompyuter tizimlariga hujum qilish, shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlash va noqonuniy 
yoki taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatish.
Kiberjinoyatni amalga oshirganda quyidagilar asosiy maqsad sifatida qaraladi: 
-
pul, qimmatli qog’ozlar, kredit, moddiy boyliklar, tovarlar, xizmatlar, 
imtiyozlar, ko’chmas mulk, yoqilg’i xom ashyosi, energiya manbalari va strategik 
xom ashyolarni noqonuniy olish; 
-
soliq va turli yig’imlarni to’lashdan bosh tortish; 
-
jinoiy daromadlarni legallashtirish; 
-
qalbaki hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar, shaxsiy yutuqlar uchun 
kassa chiptalarini qalbakilashtirish yoki tayyorlash; 
-
shaxsiy yoki siyosiy maqsadlarda maxfiy ma’lumotlarni olish; 
-
ma’muriyat yoki ishdagi hamkasblardan shaxsiy dushmanlik 
munosabatlari uchun qasos olish; 
-
shaxsiy yoki siyosiy maqsadlar uchun mamlakat pul tizimini buzish; 
-
mamlakatdagi 
vaziyatni, 
hududiy 
ma’muriy 
tuzulishni 
beqarorlashtirish yoki siyosiy maqsadlar uchun tartibga solish; 
-
talonchilik, raqibni yo’q qilish yoki siyosiy maqsadlar uchun muassasa, 
korxona yoki tizim ishining tartibini buzish;
-
boshqa turdagi jinoyatlarni yashirish uchun; 
-
tadqiqot masalalarida; 
-
shaxsiy intelektual qobiliyat yoki ustunlikni namoyish qilish uchun. 
Kiberjinoyatlar hajmini keskin oshishiga quyidagilar motiv bo’lib xizmat 
qilmoqda: 


260 
-
moliyaviy qiyinchilikdan chiqish; 
-
jinoyatchidan bo’lgan qarzdorlikni kechikmasdan jamiyatdan olish; 
-
kompaniyadan va ish beruvchidan o’ch olish; 
-
o’zini tengsizligini ko’rsatish uchun. 
Kiberjinoyatchilikning turlari. 
Kiberjinoyat turlarini qat’iy bir tasniflashning 
imkoni yo’q. Quyida kriminologiya sohasida aloqador holda kiberjinoyatlarning 
turlari keltirilgan: 
-
iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi; 
-
inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga 
qarshi qaratilgan kompyuter jinoyatchiligi; 
-
jamoat va davlat xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatchiligi. 
Iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi amalda ko’p uchraydi. Ular jinoyatchilarga 
miliionlab AQSh dollari miqdoridagi noqonuniy daromadlar keltiradi. Ular orasida 
keng tarqalgani firibgarlik bo’lib, u asosan bank hisobraqamlari va bank kartalari 
orqali amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda plastik kartalar bilan sodir etilgan 
jinoyatlar yo’qolgan yoki o’g’irlangan kartalar, soxta to’lov kartalarini yaratish yoki 
ulardan foydalanish, karta taqdim etmasdan bank hisobvarag’i ma’lumotlarini olish 
va noqonuniy foydalanish bilan, shuningdek, karta egasi tomonidan sodir etilgan 
jinoyatlar bilan bog’liq. 
Kiberjinoyatlarning yana bir turi inson va fuqorolarning huquqlari va 
erkinliklariga qarshi jinoyatlar - “kompyuter qaroqchiligi”dir. Ushbu jinoyatlar 
dasturiy ta’minotni noqonuniy nusxalash, ishlatish va tarqatishda namoyon bo’ladi. 
Bu dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bog’liq huquqiy 
munosabatlarga (mualliflik huquqi) jiddiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari, dasturiy 
ta’minot kompaniyalariga katta moliyaviy yo’qotishlarni olib keladi. 
“Maykrosoft Armaniston” kompaniyasining direktori Grigor Barsegyanning 
takidlashicha, “kompyuter qaroqchiligi” ishlab chiqaruvchilarga yetkazgan zarari 
yiliga 66 milliard dollarni tashkil qiladi. Uning so’zlariga ko’ra Armanistonlik 
istemolchilar o’zlarining moliyaviy resurslarini tejash uchun viruslarni yuqtirish 
xavfi yuqori bo’lgan dasturlardan ongli ravishda foydalanadilar. 


261 
Kompyuter jinoyatchiligining oxirgi turi jamoat yoki davlat xavfsizligiga 
qarshi kompyuter jinoyatchiligi bo’lib, ularga davlat yoki jamoat xavfsizligiga 
qaratilgan jamoat uchun xavfli bo’lgan xatti - harakatlar kiradi. Ular ko’pincha 
ma’lumot uzatish qoidalarini buzilishi, mamlakat mudofaa tizimining yoki uning 
tarkibiy qismlarining buzilishi bilan bog’liq bo’ladi.

Download 4,35 Mb.
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish