268
qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta’sir
ko’rsatishga, uni chalg’itishga yo’l qo’ymaslik;
jamiyatning ma’naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, mamlakatning ilmiy
va ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish;
milliy o’zlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va milliy
an’analar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni
beqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan
axborot ekspansiyasiga qarshi harakat tizimini barpo etish.
15-modda. Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi
Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi quyidagi yo’llar bilan ta’minlanadi:
axborot sohasidagi xavfsizlikka tahdidlarga qarshi harakatlar yuzasidan
iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat sirlarini saqlash va davlat axborot resurslarini ulardan ruxsatsiz tarzda
foydalanilishidan muhofaza qilish;
O’zbekiston Respublikasining jahon axborot
makoniga va zamonaviy
telekommunikasiyalar tizimlariga integrasiyalashuvi;
O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumini zo’rlik bilan
o’zgartirishga, hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishga, hokimiyatni bosib
olishga yoki qonuniy ravishda saylab qo’yilgan yoxud tayinlangan hokimiyat
vakillarini hokimiyatdan chetlatishga va davlat tuzumiga qarshi boshqacha tajovuz
qilishga ochiqdan-ochiq da’vat etishni o’z ichiga olgan
axborot tarqatilishidan
himoya qilish;
urushni va zo’ravonlikni, shafqatsizlikni targ’ib qilishni, ijtimoiy, milliy, irqiy
va diniy adovat uyg’otishga qaratilgan terrorizm va diniy ekstremizm g’oyalarini
yoyishni o’z ichiga olgan axborot tarqatilishiga qarshi harakatlar qilish.
16-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini
buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
269
O’zbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarga qarshi javobgarliklar quyida
keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks:
155-modda. Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish
-
Axborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib olishda
ifodalangan axborot va axborot tizimlaridan foydalanish qoidalarini buzish —
o
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
-
Axborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan xuddi shunday
huquqbuzarlik, xuddi shuningdek kirish cheklangan
axborot tizimlarini axborot-
hisoblash tarmoqlariga ulash chog’ida tegishli himoya choralarini ko’rmaganlik —
o
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
-
Yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini xalqaro axborot
tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulash, bu tarmoqlarga tegishli himoya
choralarini ko’rmasdan ulanish, xuddi shuningdek ulardan ma’lumotlarni qonunga
xilof ravishda olish —
o
fuqarolarga eng kam ish haqining
ikki baravaridan besh
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
-
O’zganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi yoki
ma’lumotlar bazasini o’z nomidan chiqarish yoxud qonunga xilof ravishda undan
nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish —
o
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
218-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga xilof
ravishda tayyorlash va tarqatish
270
-
Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda
ro’yxatdan o’tkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr etishni to’xtatish
to’g’risida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof
ravishda tayyorlash va
tarqatish —
o
bosma yoki boshqa mahsulotlarni musodara qilib, eng kam ish
haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeks:
143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda so’zlashuv, telegraf xabarlari yoki
boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish
-
Xat-yozishmalar, telefonda so’zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa
xabarlarning sir saqlanishi
tartibini qasddan buzish, shunday harakatlar uchun
ma’muriy jazo qo’llanilgandan keyin sodir etilgan bo’lsa, —
o
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Download