271
mexanizmlari doirasida insoniyat tomonidan to’plangan tajribadan foydalangan
holda, xakerlar “odamlarga hujum qilishni” boshladilar. Gohida ular “aql xakerligi”
deb ham ataladi.
Masalan,
xaker sizdan pul olmoqchi deb faraz qilaylik. Aytaylik, u
sizning
telefon raqamingiz va ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingiz haqida ma’lumotga ega.
Bundan tashqari, u izlanish natijasida sizning akangiz
borligini ham aniqladi va
akangiz haqida ham yetarlicha ma’lumot to’pladi. U shuningdek, akangizni telefon
raqamini ham biladi. Shundan so’ng, ushbu ma’lumotlar asosida o’z rejasini tuza
boshladi.
Reja:
Xaker sizga kechki vaqtda telefon qilib, sizga (sizni ismingiz o’rniga
faqat akangiz ataydigan biror lichka ham bo’lishi mumkin)
men akangman deb
tanishtiradi va o’zini ko’chada bezorilarga duch kelganini, ular
barcha narsalarini
(telefon, pul, plastik kartochka va boshqalar) olib qo’yganini aytadi. Bundan tashqari,
u o’ziga bir qiz yordam berganini, biroq, uning yonida puli yo’qligini aytadi. Shu
bilan birga, ushbu qizni yonida plastik kartasi borligini va sizdan ushbu plastik
kartaga kasalxonaga yetib borish uchun zarur bo’lgan 20000 so’m pulni ko’chirib
berishni talab qiladi. Mazkur holatlarning 8/10
da xakerlar muvaffaqqiyatga
erishganlar va bu ishlarni amalga oshirish malakali xaker uchun qiyinchilik
tug’dirmaydi.
Mazkur holda akangizni ovozini ajratish imkoniyati
haqida gap borishi
mumkin. Biroq, inson turli hayojon va shovqin bo’lgan muhitda bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, agar siz uxlab yotgan vaqtingizda telefon bo’lsa, sizning ovozni
aniqlashangiz yanada qiyinlashadi.
Ushbu holatda xaker tomonidan foydalanilgan fikrlarni ko’rib chiqaylik:
1. Shaxsni yaxshi yashirgan va real misollarga asoslangan (masalan, sizning
rasmlaringiz, faqat sizning yaqinlaringiz biladigan joylar va h.) va yaxshi afsona
o’ylab topdi.
2. Bularning barchasi yetarlicha tez va ishonchli tarzda aytilgan.
3. Ta’sirning juda katta mexanizmidan foydalanilgan – achinishga ta’sir
qilingan (hissiyotlarga murojaat qilish).