Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



bet125/149
Sana10.09.2024
Hajmi
#270811
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari

8.1.3. Kiberqonunlar 
Milliy qonunlar. 
2002 yil 12 dekabrda O’zbekiston Respublikasining 439-II – 
sonli “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. 
Ushbu qonun 16 moddadan iborat bo’lib, unda xususan, quyidagilar belgilangan: 
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari 
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va 
kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, 
tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro’yobga chiqarilishini, 
shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning 
axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat. 
4-modda. Axborot erkinligi 
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq har kim axborotni 
moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash 
huquqiga ega. 
Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, 
konstitusiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning 
ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida cheklanishi mumkin. 
6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi 
Axborot ochiq va oshkora bo’lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno. 
Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi: 
fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro’yobga chiqarish tartibi 
to’g’risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning 
o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat 
tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari; 
ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda 
vaziyatlar to’g’risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab 
chiqarish obyektlari va kommunikasiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur 
bo’lgan boshqa axborotlar; 


266 
axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning va 
O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik shaxslarga 
tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari 
jamiyat manfaatlariga taalluqli voqyealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to’g’risida 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi 
shart. 
10-modda. Axborot berishni rad etish 
Agar so’ralayotgan axborot maxfiy bo’lsa yoki uni oshkor etish natijasida 
shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar 
yetishi mumkin bo’lsa, axborotni berish rad etilishi mumkin. 
So’ralayotgan axborotni berish rad etilganligi to’g’risidagi xabar so’rov bilan 
murojaat etgan shaxsga so’rov olingan sanadan e’tiboran besh kunlik muddat ichida 
yuboriladi. 
Rad etish to’g’risidagi xabarda so’ralayotgan axborotni berish mumkin 
emasligi sababi ko’rsatilishi kerak. 
Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborotni so’rayotgan shaxslarni bu 
axborotni olishning amaldagi cheklovlari to’g’risida xabardor etishi shart. 
Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek o’z 
so’roviga haqqoniy bo’lmagan axborot olgan shaxslar o’zlariga yetkazilgan moddiy 
zararning o’rni qonunda belgilangan tartibda qoplanishi yoki ma’naviy ziyon 
kompensasiya qilinishi huquqiga ega. 
11-modda. Axborotni muhofaza etish 
Har qanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo’lish 
axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar 
yetkazishi mumkin bo’lsa, muhofaza etilmog’i kerak. 
Axborotni muhofaza etish: 
shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning 
oldini olish; 


267 
axborotning maxfiyligini ta’minlash, tarqalishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishining 
oldini olish; 
axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish 
maqsadida amalga oshiriladi. 

Download
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot