Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/149
Sana10.09.2024
Hajmi4,35 Mb.
#270811
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari

8.1.2. Kiberetika 
Kiberetika
– 
kompyuterlar 
bilan 
bog’liq 
falsafiy 
soha 
bo’lib, 
foydalanuvchilarning xatti-harakatlari, kompyuterlar nimaga dasturlashtirilganligi, 
umuman insonlarga va jamiyatga qanday ta’sir ko’rsatishini o’rganadi. Kiberetika 
masalalariga quyidagi misollarni keltirish mumkin: 
-
Internetda boshqa odamlar to’g’risidagi shaxsiy ma’lumotlarni 
(masalan, onlayn holatlar yoki GPS orqali joriy joylashuvni) uzatish joizmi? 
-
foydalanuvchilarni soxta ma’lumotlardan himoya qilish kerakmi? 
-
raqamli ma’lumotlarga kim egalik qiladi (musiqa, filmlar, kitoblar, veb-
sahifalar va boshqalar) va ularga nisbatan foydalanuvchilar qanday huquqlarga ega; 
-
onlayn qimor va pornografiya tarmoqda qanday darajada bo’lishi kerak? 
-
Internetdan foydalanish har bir kishi uchun mumkin bo’lishi kerakmi? 
Mulk. 
Axborotdan foydalanishdagi etikaga oid munozaralar uzoq vaqtdan beri 
mulkchilik tushunchasini tashvishga solmoqda va kiberetika sohasidagi ko’plab 
to’qnashuvlarga sabab bo’lmoqda. Egalikka oid nizolar egalik huquqi buzilgan yoki 
noaniq bo’lgan hollarda yuzaga keladi. 
Intellektual mulk huquqlari. 
Internet tarmog’ining doimiy ravishda o’sib 
borishi va turli ma’lumotlarni siqish texnologiyalarining (masalan, mp3 fayl formati) 
paydo bo’lishi “peer-ro-peer” fayl almashinuviga katta yo’l ochdi. Bu imkoniyat 
dastlab Napster kabi dasturlar yordamida amalga oshirilgan bo’lsa, endilikda 
BitTorrent kabi ma’lumotlarni uzatish protokollarida foydalanilmoqda. Uzatilgan 
musiqalarning aksariyati mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo’lsada, mazkur 
fayl almashinuvi noqonuniy hisoblanadi.


262 
Hozirgi kunda aksariyat elektron ko’rinishdagi media fayllar (musiqa, audio 
va kinolar) intelektual mulk huquqlariga rioya qilinmasdan ommaga tarqalmoqda. 
Masalan, aksariyat katta mablag’ sarflangan kinolarning “peratiskiy” versiyasi 
chiqishi natijasida, o’z sarf xarajatini qoplay olmaslik holatlari kuzatilmoqda.
Bu holatni dasturiy ta’minotlar uchun ham ko’rish mumkin. Masalan, 
aksariyat dasturlar lisenziyaga ega hisoblansada, turli usullar yordamida ularning 
“crack” qilingan versiyalari amalda keng qo’llaniladi. Masalar, lisenziyaga ega 
bo’lmagan Windows 10 OT, antivirus dasturiy vositalari, ofis dasturiy vositalari va 
h. 
Mualliflik huquqini himoyalashning texnik vositalari. 
Mualliflik huquqini 
ta’minlashda turli himoya usullaridan foydalaniladi. Ular CD/DVD disklardagi 
ma’lumotlarni ruxsatsiz ko’chirishdan himoyalashdan tortib oddiy PDF fayllarni 
tahrirlash imkoniyatini cheklash kabi jarayonlarni o’z ichiga olishi mumkin. Shu 
bilan birga, ko’plab insonlar lisenziyali CD diskni sotib olsam, undan ko’chirish 
imkoniyatiga ham ega bo’lishim kerak deb fikrlaydilar.
Xavfsizlik. 
Internet tarmog’idagi axborotdan foydalanganda xavfsizlik 
anchadan beri axloqiy munozaralar mavzusi bo’lib kelmoqda. Bu birinchi navbatda 
jamoat faravonligini himoya qilish yoki shaxs huquqini himoya qilish degan savolni 
o’rtaga qo’yadi. Internet tarmog’ida foydalanuvchilar sonini ortishi, shaxsiy 
ma’lumotlarni ko’payishi natijasida ularning o’g’irlanishi va kiberjinoyatlar soni 
ortmoqda. 
 
Aniqlik. 
Internetning mavjudligi va ba’zi bir shaxs yoki jamoalar tabiati 
tufayli ma’lumotlarning aniqligi bilan shug’ullanish muammoga aylanmoqda. 
Boshqacha aytganda, Internetdagi ma’lumotlarning aniqligiga kim javob beradi? 
Bundan tashqari, Internetdagi ma’lumotlarni kim to’ldirib boradi, undagi xatolar va 
kamchiliklar uchun kim javobgar bo’lishi kerakligi to’g’risida ko’plab tortishuvlar 
mavjud. 
Foydalanuvchanlik, senzura va filterlash. 
Foydalanuvchanlik, senzura va 
axborotni filterlash mavzulari kiberetika bilan bog’liq ko’plab axloqiy masalalarni 
qamrab oladi. Ushbu masalalarning mavjudligi bizning maxfiylik va shaxsiylikni 


263 
tushunishimizga va jamiyatdagi ishtirokimizga shubha tug’diradi. Biror qonun 
qoidaga ko’ra ma’lumotlardan foydalanishni cheklash yoki filterlash asosida ushbu 
ma’lumotni tarqalishini oldini olish, foydalanuvchanligiga ta’sir qilish mumkin. 
Senzura ham past darajada (masalan, kompaniya o’z xodimlari uchun) yoki yuqori 
darajada (hukumat tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun amalga oshirilgan) 
bo’lishi mumkin. Mamlakatga kiruvchi ma’lumotlarni boshqarishning eng yaxshi 
misollaridan biri - “Buyuk Xitoy Fayrvoli” loyihasi.
Axborot erkinligi. 
Axborot erkinligi, ya’ni, so’z erkinligi, shu bilan birga 
ma’lumotni qidirish, olish va uzatish erkinligi kiberhujumda kimga va nimaga 
yordam beradi degan savol tug’iladi? Axborot erkinligi huquqi, odatda, ta’sirlangan 
mamlakat, jamiyat yoki madaniyatga ta’sir ko’rsatadigan cheklovlarga bog’liq. 
Cheklovlar turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Masalan, ayrim mamlakatlarda 
Internet ommaviy axborot vositalariga kirishning bir shakli hisoblanib, undan barcha 
davlat rezidentlari foydalanadi. Bundan tashqari, ayrim davlatlarda Internetdan 
foydalanish bo’yicha cheklovlar bir davlatning turli shtatlarida farq qilishi mumkin. 
Raqamli to’siqlar. 
Axborot erkinligi bilan bog’liq axloqiy masalalardan 
tashqari, 
raqamli to’siq
deb ataluvchi muammo turi mavjud bo’lib, u kiberfazodan 
foydalanish imkoniyati cheklanganlar o’rtasidagi ijtimoiy tafovutni anglatadi. 
Dunyo mamlakatlari yoki mintaqalari o’rtasidagi bu tafovut global raqamli to’siq 
deb ataladi.
Taqiqlangan kontentlar (pornografiya). 
Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan 
taqiqlangan kontentlarni voyaga yetmaganlar tomonidan foydalanish doim axloqiy 
munozaralarga sabab bo’lgan. Ayrim davlatlarda bunday kontentlardan foydalanish 
qattiq taqiqlansa, ayrim davlatlarda bunga ruxsat berilgan. 
Qimor o’yinlari.
Bu muammo ham etik masaladagi munozaralardan biri 
bo’lib, uni kimlardir zarar deb hisoblasa, yana kimlardir ularga qonun aralashuvini 
yoqtirmaydigan. O’z navbatida tomonlar orasida “Qaysi turdagi o’yinlarga ruxsat 
berish kerak? Ular qayerda o’tkazilishi kerak?” degan savollar keng munozaralarga 
sabab bo’lmoqda. Hozirda aksariyat davlatlarda bu turdagi o’yinlarga qonuniy 
ruxsat berilgan bo’lsa, qolganlariga qat’iy cheklovlar mavjud. 


264 
Kompyuterlan foydalanish etikalari. 
Kompyuter etikasi instituti notijoriy 
tashkilot bo’lib, vazifasi texnologiyani axloqiy nuqta nazardan targ’ib qilish 
hisoblanadi. Ushbu tashkilot tomonidan quyidagi 10 ta etika qoidalari keltirib 
o’tilgan: 
-
shaxsiy kompyuteringizdan boshqalarning zarariga foydalanmang; 
-
boshqa foydalanuvchilarning kompyuter ishlariga xalaqit bermang; 
-
boshqa odamlarning kompyuter fayllariga qaramang; 
-
o’g’irlik uchun kompyuterdan foydalanmang; 
-
yomonlik uchun kompyuterdan foydalanmang; 
-
o’z pulingizga sotib olmagan dasturdan foydalanmang va nusxa 
ko’chirmang; 
-
birovni kompyuterini ruxsatsiz foydalanmang; 
-
birovlarni intellektual mehnati samarasiga zarar yetkazmang; 
-
siz yaratgan dasturni ijtimoiy oqibati haqida o’ylang; 
-
o’z kompyuteringizdan boshqalarga nisbatan ongli va hurmat bilan 
foydalaning. 
Axborotdan oqilona foydalinish kodeksi. 
Axborotdan oqilona foydalanish 
kodeksi buxgalteriya tizimiga qo’yiladigan talablarni ta’kidlaydigan besh tamoilga 
asoslanadi. Ushbu talablar AQSh sog’liqni saqlash va insonlarga xizmat ko’rsatish 
vazirligin tomonidan 1973 yilda kiritilgan: 
-
shaxsiy ma’lumotlarni to’playdigan tizimlar bo’lmasligi kerak;
-
har bir kishi tizimda u to’g’risida qanday ma’lumotlar saqlanishini va 
undan qanday foydalanilishini boshqarishi kerak; 
-
har bir kishi o’zi to’g’risida to’plangan ma’lumotlardan bitta maqsadda 
foydalanilishini nazoratlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak; 
-
har kim o’zi haqidagi ma’lumotlarni to’g’rilashi kerak;
-
shaxsiy ma’lumotlar sirasiga kiruvchi ma’lumotlar to’plamini yaratish, 
saqlash, ishlatish yoki tarqatish bilan shug’ullanadigan har bir tashkilot ushbu 
ma’lumotlardan faqat ular belgilangan maqsadlar uchun foydalanilishini ta’minlash 
va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanilishiga qarshi choralar ko’rishi kerak. 


265 

Download 4,35 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish