246
berishga asoslangan Internet siyosatida qator keng tarqalgan zararli xizmatlar/
hujumlardan tashqari Internet trafigining asosiy qismi ochiq bo’ladi.
Faqat ken
tarqalgan hujumlar va zararli dasturlar bloklangani uchun, administrator joriy
holatdagi zararli harakatlarga qarshi himoyani ta’minlay oladi.
Bu siyosatda har
doim yangi hujumlarni va zararli dasturiy ta’minotlarni tutish va bazaga kiritib
borish talab etiladi.
3.
Paranoid siyosati (Paranoid Policy):
Paranoid siyosatga ko’ra hamma
narsa bloklanadi va tizim yoki tarmoqdan foydalanuvchi tashkilot kompyuterlarida
qat’iy cheklovlar mavjud bo’ladi. Bu siyosatga ko’ra foydalanuvchi Internetga
umuman ulanmagan yoki qat’iy cheklovlar bilan ulangan bo’lishi mumkin. Bunday
hollarda, foydalanuvchilar odatda siyosatdagi qoidalarni aylanib o’tishga
harakat
qiladi.
4.
Ehtiyotkorlik siyosati (Prudent Policy):
Ehtiyotkorlik siyosati barcha
xizmatlar bloklangandan so’ng amalga oshirilib,
unda administator tomonidan
xavfsiz va zarur xizmatlarga individual ravishda ruxsat beriladi. Bu maksimal
xavfsizlikni ta’minlab, tizim/ tarmoq faoliyatiga oid barcha hodisalarni qayd qiladi.
Maqbul foydalanish siyosati.
Maqbul foydalanish siyosati tarmoq va veb sayt
egalari tomonidan qaror qilingan qoidalardan iborat bo’ladi va u hisoblash
resurslaridan
to’g’ri
foydalanishni
belgilaydi.
Ushbu
siyosatda
foydalanuvchilarning o’z akkauntlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlarni
himoya
qilish majburiyati ko’rsatilgan bo’lib, foydalanuvchi tarmoqdan yoki Internetdagi
kompyuterdan foydalanishida siyosat cheklovlarini qabul qilishi talab etiladi.
Ehtiyotkorlik siyosati prinsiplar,
taqiqlar, qayta ko’rib chiqish va jazo choralarini
o’z ichiga olib, foydalanuvchini shaxsiy sabablarga ko’ra
korporativ resurslardan
foydalanishini taqiqlaydi.
Maqbul foydalanish siyosati axborot xavfsizligi siyosatining ajralmas qismi
hisoblanadi. Bunda, tashkilotlar o’zlarining yangi xodimlariga axborot resurlaridan
foydalanishga ruxsat berishdan oldin maqbul foydalanish siyosati bo’yicha
tanishganligi uchun imzo olishadi. Maqbul foydalanish siyosati foydalanuvchilarni
247
axborot texnologiyalari infratuzilmasida nimalarni bajarish kerak va nimalarni
bajarmaslik kerakligi haqidagi asosiy jihatlarni o’z ichiga oladi.
Maqbul foydalanish siyosati to’g’ri amalga oshirilganiga ishonch hosil qilish
uchun administrator doimiy ravishda xavfsizlik auditini olib borishi kerak.
Masalan,
aksariyat tashkilotlar o’z saytlarida va pochtalarida siyosatga aloqador va diniy
mavzularda muzokaralar olib borilishini taqiqlaydi.
Maqbul foydalanish
siyosatlarining aksariyatida siyosatni buzganlik uchun jazolar tayinlanadi. Bunday
jazolar foydalanuvchi akkauntini vaqtincha yopib qo’yishdan tortib qonuniy jazo
choralarigacha bo’lishi mumkin.