phpmyadmin nomli admin panel. Pochta xizmatlari bilan ishlovchi sendmail




Download 2,49 Mb.
bet8/10
Sana07.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#131418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Onlain dokon Muhriddin
10-mavzu, 9-mavzu, 7-mavzu, test mega group, тест 10 синф 27.02.2018, 7-9 Ganiyev Alisher Nasimovich, QOZON QURILMАLАRINING ISSIQLIK YO, NWK2, Mustaqil ish mavzu matn muharrirlari va word matn protsessori-fayllar.org, Xolmatjonov Asadbek 166-21 ATT falsafa mustaqil ish, IKP test.lotincha, imkoniyaticheklangan-ko-ziojiz-yoshlarni-ijtimoiy-hayotga-moslashtirish-yo-llari, Mustaqil ish Sonli sistemalar 2-kurs, 0573635c-3e4a-4dd9-9248-03c44b2fa206
phpmyadmin nomli admin panel.

DENWER dasturi Freeware hisoblanadi. Bu degani uni ko‘chirish va o‘rnatish bepuldir. Faqatgina bu dasturni o‘rnatib, yaxshilab sozlab olish lozim. Boshlovchi veb dasturchilar sozlashda biroz qiynalishlari mumkin, tajriba to‘plab olganlaridan so‘ng, bu ishdan oson ish bo‘lmay qoladi.


Denwerning quyidagi imkoniyatlari mavjud:

  1. O’rnatish juda sodda.

  2. Veb server va ma’lumotlar bazasini birgina klik orqali ishga tushirib,

to‘xtatishingiz mumkin.

  1. Dastur hajmi ham kichik(10 mb dan kam).

  2. Dastur o‘rnatilganda, tizimda faqat bitta papka hosil bo‘ladi va barcha ishlar shuni ichida amalga oshiriladi.

  3. Virtul xostlar yaratadi va uni avtomat boshqaradi.

  4. Ma’lumotlar bazasi uchun veb interfeys mavjudligi(phpmyadmin).

  5. Elektron xatlar jo‘natish uchun sendmail emulyatori mavjudligi.

  6. Dasturni bir marotaba o‘rnatsangiz bo‘ldi, keyinchalik shu o‘rnatilgan fayllarni

ko‘chirib boshqa yerda ham ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.
Hullas, agar siz veb dasturlash bilan shug‘ullanishni endi boshlagan bo‘lsangiz, bu dastur siz uchun juda muhim. Keyinchalik Apache, php, Mysql larni o‘zingiz bittama bitta o‘rnatib, o‘rganib chiqishingiz mumkin bo‘ladi.
Bunday kompleks dasturlar yig‘indisi WAMP deyiladi. Bular o‘rnatilib, birdaniga dasturlash imkonini beradi. WAMP bu – Windows, Apache, MySql, PHP deganidir. Denwerdan boshqa yana quyidagi WAMP dasturlari mavjud: XAMPP; EasyPHP; VertrigoServ; WampServer; MoWeS Portable; AppServ; Open Server; Endels; Uniform Server; Usbwebserver.
Denwern distributivni o‘rnatish uchun dastlab oxirgi versiyasini http://denwer.ru/ saytidan ko‘chirib olamiz va uni ishga tushiramiz.

DA” tugmasini bosib, o‘rnatilishni boshlaymiz. Keyin brauzer avtomat ochilib, Denwer to‘g‘risida ma’lumot chiqadi. Bu oynani yopamiz.

Keyingi oyna o‘rnatilishni to‘xtatish mumkinligi haqida habar bermoqda. ENTER tugmasini bosamiz..



So‘ng operatsion tizimning dastur uchun mosligi tekshiriladi. Oxirida, veb serverni qaysi adresga o‘rnatish kerakligini so‘raydi, to‘liq adres yoziladi(E:\Serv).

Keyin, direktoriyani tasdiqlash kerakligi so‘raladi.

Virtul disk haqida sizga ma’lumot chiqadi. Bu disk avtomat yaratiladi va yaratilgan yangi virtul diskka siz bergan adresdagi papka(E:\Serv) birlashtiriladi. ENTER


Davom etish uchun yana ENTER bosish lozim.



Yaratiladigan virtual disk uchun harf tanlash kerakligi eslatiladi va sizdan biror harf tanlash kerakligi so‘raladi (Z). ENTER


Fayllar ko‘chirilish boshlanishi haqida ma’lumot chiqadi. ENTER


1 yoki 2 tanlash kerakligi so‘raladi. 1 tanlasangiz virtul disk kompyuter yoqilganda paydo bo‘ladi, agar 2 tanlasangiz virtul disk qachonki serverni ishga tushirganingizda paydo bo‘ladi. Biz uchun 1 yaxshiroq variant(rus tilida shu hodisa tushuntirilib o‘tilgan). ENTER


Ish stolida denwerni boshqaradigan “yarlik”lar hosil qilish kerakligi so‘raladi (start, stop, restart). Y

Oxirida dastur xatosiz o‘rnatganligi haqida ma’lumot chiqadi.

Va ish stolida quyidagi “yarlik” lar paydo bo‘ladi.


Dastur to‘g‘ri o‘rnatilganini tekshiramiz. Uning uchun, ish stolidagi Start Denwer “yarliki”ini ishga tushiramiz va barcha xizmatlar(php, mysql, apache) ishga tushayotganini ko‘ramiz.


Undan so‘ng biror bir brouzerni ishga tushirib (opera, Mozilla, IE, Chrome), adres yoziladigan joyga localhost deb yozamiz.


Download 2,49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



phpmyadmin nomli admin panel. Pochta xizmatlari bilan ishlovchi sendmail

Download 2,49 Mb.