• Kirish
  • Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi




    Download 40.52 Kb.
    bet1/6
    Sana06.02.2024
    Hajmi40.52 Kb.
    #152365
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    MATN TAHLILI USTIDA ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARDA O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTRISH
    Документ Microsoft Word (2), Amaliy matematika, Access dasturida ma’lumotlar bazasini yaratish, 2-mavzu. Axborot o‘lchov birliklari va ularni hisoblash. Sanoq s-fayllar.org, Uslubiy ko'rsatma Amaliy1, Ovqatlanish ratsionini tuzish, OZBEK TILI DARSLARIDA OQUVCHILAR NUTQINI OSTIRISHDA XALQ OGZAKI IJODINING ORNI , 5-grade cw, 1. Inklyuziv ta’lim va uning o’ziga xos xususiyatlari Tarbiyachi, portal.guldu.uz-biologiyani o`qitishda pedagogokik texnologiyalar, 1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja, modals test and answers, Bir milion dasturchi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI

    SAMARQAND VILOYAT PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI




    MATN TAHLILI USTIDA ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARDA O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTRISH


    (umumiy o‘rta ta’lim maktablariningboshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma)



    1
    Samarqand 2023






    J.Xudoyqulov - Matn tahlili ustida ishlash orqali o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantrish. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma. Samarqand VPYAMO‘MM, 2023- yil 24 bet


    Muharrir: F.Abdullayev - Samarqand VPYaMO‘MM o‘qituvchisi
    Taqrizchilar:
    M.Hazratqulov - SamDU “Boshlangich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchi.
    H.Qoraboyev- Samarqand VPYaMO‘MM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi katta o‘qituvchisi

    Ushbu uslubiy ko‘rsatma umumiy o‘rta ta’lim maktablariningboshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, boshlang‘ich ta’lim yonalishida ta’lim olayotgan bakalavr va magistrantlar foydalanishlari mumkin. Ushbu uslubiy ko‘rsatmada boshlang‘ich sinflarda didaktikmateriallarni tayyorlash va uardan foydalanishning shakl, metod va vositalari sharhlangan va metodik tavsiyalar berilgan.





    2
    Ushbu uslubiy ko‘rsatma pedagogika markazi Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil 23-iyundagi 3/3.6-sonli yig‘ilish qarori bilan nashr etishgaruxsat berilgan.



    Kirish


    Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo‘g`ini hisoblangan xalq ta’limida ham tub islohotlar ro‘y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bormoqda. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “...Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkurdasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag` va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko‘zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”.
    Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish vositalaridan biri to‘g‘ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktabtajribasida to‘liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matnni to‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esanisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o‘qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o‘qituvchining savoli o‘quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o‘rtasidagi bog‘lanishning sabab-natijalarihaqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o‘ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar.
    O‘qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari qayerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so‘zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o‘zaro bog‘liqlikni yoritishga yo‘naltirilishi lozim. O‘quvchi o‘qilgan asar mazmunini o‘qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o‘zaro bog‘laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko‘pincha boshang‘ich sinf o‘quvchilari
    qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto‘g‘ri yoki yuzasi tushunishlari natijasida asar mazmunini angla betmaydilar. Shuning uchun ham o‘qituvchi savolni juda o‘ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o‘ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog‘lanishi yuzasidan muhokama yuritadigan, ularni o‘zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo‘lishi lozim. O‘quvchiasarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko‘z oldigan keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.

    Download 40.52 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 40.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

    Download 40.52 Kb.