|
Respublikasi oliy va
|
bet | 111/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Yerni tekislash. Paxta, beda, makkajo‘xori ekilgan yerlar tekis
bo‘lganligidan, bu yerlarni tekislashda zanjirli traktorlarga o‘rnatilgan GN-4 yoki g‘ildirakli traktorga tirkaladigan GN-2,8 rusumli mexanizmlar bilan ish olib boriladi. Bu tadbirlar kuzgi nam to‘plash uchun sug‘orilgandan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
Tekislangan yerlar chimqirqarli pluglar bilan 22-25 sm chuqurlikda haydalishi lozim. Buning uchun PVR-3,5, PVR-2,3 moslamali Q-5-35 va PLN- 6-35 markali ish unumi ancha yuqori bo‘lgan bilan, og‘ir mexanik tarkibli, begona o‘t bosgan dalalarni esa ikki yarusli PYA-3-35 rusumli pluglar bilan 27-30 sm chuqurlikda haydash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu bilan birga, ba’zi qator oralariga ishlov berilgan o‘tmishdosh ekinlar (paxta, makkajo‘xori, sabzavot va boshqalar)dan so‘ng tuproqning namligiga qarab, asosiy haydashni CHKU-4 KRXU-4 paxta kultivatorlari bilan yoki og‘ir vaznli BDT-3 diskali boronalar bilan o‘tkazish ham mumkin. Bunda ish unumi ancha yuqori bo‘ladi, g‘allani maqbul muddatlarda ekishga imkon tug‘iladi. Ekish oldidan
haydalgan, o‘g‘itlangan ochiq maydonlarga CHKU-4 markali chizel kultivator, so‘ngra mola bilan ikki yo‘nalishda ishlov beriladi.
Don ekishda tayyorlangan maydon fosforli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlanib, so‘ngra S3-3,6 markali g‘alla ekish seyalkasi bilan bir tomonlama suv yo‘nalishiga qarab ekiladi. Ikki tomonlama ekish yaxshi natija bermaydi. Ekib bo‘lingan maydonda GX-4 eki KXU –4 markali jo‘yak oluvchi va kultivator yordamida sug‘orish jo‘yaklari olinadi.
Nam yetarli maydonlarda ekishning maqbul chuqurligi 3-4 sm, tuprog‘i yengil, qumoq, namlik tezda so‘rilib qoladigan tuproqlarda, ayniqsa, cho‘l tumanlarda ekish chuqurligi 4-5 sm qilib belgilanadi.
O‘sib turgan g‘o‘za qatori orasiga kuzgi g‘alla ekish texnologiyasi bo‘yicha g‘o‘zapoyadan tozalangan maydonlarni haydab, tekislab g‘alla 10-15 oktabrgacha ekilsa, hosili mo‘ljaldagi gektaridan 50-60 s tashkil qiladi.
O‘sib turgan qator orasiga g‘alla ekish texnologiyasi quyidagicha: g‘o‘za qator orasiga g‘alla ekiladigan maydonlar avvaldan aniqlanib, bunday dalalarga g‘o‘zaning ertapishar navlarini ekish lozim, barcha agrotexnik chora-tadbirlar (sug‘orish, oziqlantirish, defoliatsiya va boshqalar) paxtaning ertaroq pishib yetilib, hosilni tezroq yig‘ib olinishiga qaratilishi lozim. Paxta oktabrning birinchi yarmigacha bo‘lgan muddatda mashina yordamida 2 marta terib olingandan keyin podbordan tozalanadi, shundan so‘ng g‘o‘za qator orasiga ekiladi.
G‘o‘za qator orasiga g‘alla ekish agregati T28x4 yoki MTZ-80 traktoriga tirkaladigan paxta kultivatori (KRX-4) ustiga o‘rnatilgan S3-3,6 markali don seyalkasining urug‘ va o‘g‘it soladigan qutisidan iborat. Bunda qator oralig‘iga kultivator ishchi organlari (KKO ishchi organlar) yordamida tuproq yumshatilib, bir paytning o‘zida g‘alla ekinlari urug‘i ekib boriladi. Urug‘ni ekish chuqurligi 3-4 sm. ekishdan keyin yugurtirib sug‘oriladi. Nam tuproq qatlami 50-60 sm gacha yetishi zarur.
Boshoqli don ekinlaridan gektariga 50-60 s hosil yetishtirish uchun gektariga 25-30 tonna chirigan go‘ng, sof ozuqa modda hisobida 160-180 kg azot, 90 kg fosfor, 60 kg kaliyli o‘g‘itlar berilishi zarur. Mahalliy, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar ekin ekish oldidan berilishi lozim. Kuzda ekish oldidan yoki ekish bilan birga, tuproq unumdorligiga qarab, 25-30 kg azotli (sof holda) o‘g‘itlar berilishi zarur. Ekish oldidan ishlovlarda ammofos o‘g‘iti yoki go‘ng berilgan dalalarga kuzda azotli o‘g‘itlar solinmaydi. Azotli o‘g‘itlarning qolgan qismi (135-150 kg) bahorda tabaqalashtirilgan holda gektariga 65-75 kg dan beriladi. Birinchi azotli oziqlantirish o‘simlikning qishdan chiqishi bilan to‘plash davrida (fevral-mart), ikkinchi oziqlantirish boshoqli don ekinlarning naychalash davrida (mart-aprel) o‘tkaziladi. Tuprog‘i chirindi va ozuqa
moddalarga boy bo‘lgan yoki beda va boshqa dukkakli don ekinlaridan so‘ng ekilgan g‘alla maydonlarni o‘g‘itlashda yuqorida ko‘rsatilgan o‘g‘itlarning yillik me’yori 10-15% ga kamaytirilishi mumkin. Aksincha, tuprog‘i unumsiz va sho‘ri yuvilgan yerlarda bu ko‘rsatkichlar 15-20% oshirilishi zarur. Shuni unutmaslik kerakki, azotli o‘g‘itlarning me’yordan ortiq berilishi g‘alla o‘simligining haddan tashqari g‘ovlab ketishiga olib keladi. Bu holatda o‘simlikning yoppasiga yotib qolishi natijasida hosil kamayadi.
|
| |