• Respublikada
  • Qo‘ychilikdan
  • Pillachilikdan
  • Asalarichilikda
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet114/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Barcha xo‘jalik shakllari bo‘yicha chorvachilik mahsulotlarini
    ishlab chiqarish






    O‘lchov birligi



    2003

    2005

    Barcha mulk
    shakllarida

    Qishloq xo‘jalik
    korxonalari

    Fermer xo‘jaliklari

    Dehqon xo‘jaliklari



    Barcha mulk shakllarida

    Qishloq xo‘jalik
    korxonalari

    Fermer xo‘jaliklari

    Dehqon xo‘jaliklari






    Qoramol va parranda



    936,7

    40,0

    18,7

    878,0

    1060,4

    21,0

    22,6

    1001,3

    4031,1


    81,9


    83,5


    3865,7


    4554,7


    50,3


    94,8


    4409,1


    1632,4


    699,1


    60,2


    873,1


    1966,4


    729,3


    71,5


    1165,6


    17,8


    3,9


    0,3


    13,6


    20,1


    3,5


    0,6


    16,0


    690,8


    401,9


    14,3


    247,6


    675,2


    259,9


    24,8


    390,5


    16,7


    14,9


    1,8


    x


    16,2


    9,3


    6,9


    -




    Ming. t

    Sut Ming. t


    Tuxum Ming dona


    Jun Ming. t


    Qorako‘l Ming


    dona

    Pilla Ming. t







    Ozuqa birligi asosida chorvani boqish natijasida yuqori mahsuldorlikka erishish mumkin. Chorva mollari yem-xashagiga har xil moddalar qo‘shilib ham mahsuldorlikni oshirish mumkin. Yem-xashakka qo‘shilgan 1 tonna karbalit qo‘shimcha 10 tonna sut, 500 kg go‘sht beradi va 2,5 tonna tabiiy oqsil o‘rnini qoplaydi.
    O‘zbekiston Respublikasining 1998-yilda qabul qilingan «Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga kamida 30 shartli bosh chorva mollari, har bir shartli qoramol va otlar uchun - 1,0, yosh qoramollar uchun 0,6, qo‘y-echkilar uchun 0,1, cho‘chqalar uchun 0,3, parranda uchun 0,025 gektar, fermer xo‘jaliklariga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga kamida 0,30-0,45 gektar, sug‘orilmaydigan namlik kam yerlarda kamida 2 gektarni tashkil etadi.
    Chorvachilikni rivojlantirish uchun iqtisodiy qonunlar qabul qilinishiga, nodavlat sektorini, mulkdorlar sinfining yanada ko‘payishiga va mahsulot hajmining ortishiga e’tibor qaratilmoqda. Chorvachilik tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida past foizli kredit berish, chet el investitsiyasini kiritish, ikki yilgacha soliq olmaslik kabi chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
    Qoramolchilik asosiy tarmoq bo‘lib, aholiga go‘sht, sut, yog‘, pishloq, qatiq, suzma mahsulotlari yetkazib beradi. Inson normal rivojlanishi uchun yiliga 405 kg sut mahsulotlari, shu jumladan, 128 l. sut, 18 kg yog‘i olingan sut, 9,1 kg suzma, 6,6 kg pishloq, 6,6 kg qaymoq va 5,5 kg saryog‘ iste’mol qilish kerak. Jon boshiga 82 kg go‘sht, 36 kg mol go‘shti iste’mol qilinishi lozim.
    Bir qoramoldan 1 yilda 5-9 t sut olish mumkin. O‘rtacha bir sigirdan sutkasiga 25-40 kg sut sog‘ ib olish mumkin. Chorvachilikdagi yetishtiriladigan go‘shtning 43 %i, sutning 98,5 %i qoramoldan olinadi. Respublikada 120 ta qorako‘lchilikka ixtisoslangan xo‘jalik bo‘lib,
    18 tasi naslchilik zavodlari, 9 tasi naslchilik xo‘jaliklaridir. Naslchilik zavodlari turli rangdagi qo‘ylarni ko‘paytirish va qorako‘l teri yetishtirishni yo‘lga qo‘ymoqda. Qo‘ylarning go‘shtdor-serjun qo‘y zoti yarim mayin jun va go‘shti uchun boqiladi.
    Qo‘ychilikdan jun, teri, qorako‘l teri olinadi. Qo‘yning asosiy mahsuloti jundir. Shuning uchun junning 98 %i qo‘ychilikka to‘g‘ri keladi. Tivitli va yarim tivitli qo‘y juni yengil sanoat uchun eng qimmatbaho xomashyodir. Qorako‘l terisidan eng qimmatbaho palto, po‘stin va boshqalar tayyorlanadi.
    Parrandadan tuxum va go‘sht olinadi. Parrandachilik paridan yostiq va ko‘rpa tayyorlanadi. Tuxum eng kaloriyali mahsulot bo‘lib, uning tarkibida oqsil, vitamin, moylar mavjud. Parranda tez ko‘payuvchi bo‘lib, 6-7 oydan so‘ng tuxum bera boshlaydi. Bir tovuqdan 1 yilda 300 ta tuxum olish mumkin.
    Pillachilikdan qimmatbaho ipak tolasi olinadi. Mustaqillikdan keyin pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni sotish erkin kelishilgan narxlarda olib boriladi. Har yili 30 ming tonna atrofida pilla yetishtiriladi.
    Baliqchilik bilan suv havzalarida shug‘ullanib kelingan. Respublika ko‘l suvlarida 62 xil baliq turi yashaydi. Hozir «O‘zbaliq» korxonasi tizimida 8 birlashma, 7 kombinat, 10 baliqchilik xo‘jaligi va Chinoz baliq aralash yem ishlab chiqish korxonasi va ulgurji savdo omborlari mavjud. Korporatsiya tizimidagi xo‘jaliklarda 12 ming ga sun’iy ko‘l va hovuzlar bo‘lib, ularda yiliga 104 mln. dona baliq sovoqlari va 22 ming t
    baliq mahsulotlari yetishtirish imkoniyatiga ega.
    Asalarichilikda, asosan, qimmatbaho asal, asalari mumi, propolis (asalari yelimi) asalari suti, zahari olinadi. O‘zbekistonda 48 asalarichilik xo‘jaligi mavjud. «Asal» ishlab chiqarish uyushmasi tarkibida 22 asalarichilik xo‘jaligi (88 ming asalari oilasi) mavjud. Respublika bo‘yicha 154 ming asalari oilasi (qutisi) bor. Asalarichilik bilan 20-50 (90%), yoki 50-150 (10%) quti asalari bo‘lgan xususiy asalarichilar ham shug‘ullanadi. Asal 2 marta may-iyun (bahorgi) va avgust-sentabr (yozgi) oylarida olinadi. Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini baholash ham o‘simlikchilik mahsulotlarini yetishtirish kabi natural va pul ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlardan iborat. Chorvachilik mahsulotlari
    samaradorligi asosan, pul ko‘rinishida hisoblanadi.
    Yalpi mahsulot qiymati, yalpi daromad va foydani ishlovchiga 7 odam- soatiga, 1 shartli qoramolga 100 so‘m, asosiy ishlab chiqarish fondlariga nisbati bilan; ishlab chiqarish xarajatlarini 1 so‘m mahsulot bahosiga; rentabellik darajasi; foyda.
    Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish davomida uning samaradorligiga baho berish natural ko‘rsatkichlar bilan amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligidagi hayvonlarning mahsuldorligi yalpi mahsulot yetishtirish natura va pul ko‘rinishida hisoblanib, ular ishlovchiga, odam- soatiga va bir bosh qoramolga qarab, ishlab chiqarish xarajatlari summasining bir bosh qoramolga, 1 s mahsulotga, 1 so‘m yalpi mahsulotga,

    1. s mahsulotning sotish bahosi foydaning bir bosh qoramolga, 1 s

    mahsulotga to‘g‘ri keladi. Mahsulot yetishtirish rentabelligi bilan xarakterlanadi.
    Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va uni zooveterinariya qoidalari asosida boqish jarayonida quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi (podaning nasli, tarkibi, tipi, normativi, ovqatlantirish, ratsion va h.k.). Qoramol mahsuldorligi hamma mehnat unumdorligi, bir boshga ishlab chiqarish xarajatlari, qo‘shimcha xarajatlarni qoplash, mahsulot tannarxi, fond va rentabellik ko‘rsatkichlaridir.






    Download 1,43 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   122




    Download 1,43 Mb.