Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish
Respublikada chorvachilikni rivojlantirish uchun tuproq, iqlim sharoitlari, unumdor sug‘oriladigan yerlar, bepoyon qir-adirlar, dasht-cho‘l va tog‘ oldi yaylovlari mavjud. Sug‘oriladigan yerlarda asosan, qoramolchilik, parrandachilik, pillachilik, asalarichilik, qo‘ychilik va suv havzalarida baliqchilik rivojlangan.
Chorvachilik xalq iste’mol mollari tayyorlab beruvchi soha bo‘lib, aholi uchun yuqori kaloriyali oziq-ovqat (sut-go‘sht, yog‘, pishloq, v. b) yetkazib beradi. Insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan sutkalik ovqatning 30 %dan ortig‘i va ozuqa resurslaridagi oqsilning 60 %dan ortig‘i chorva mahsulotlari zimmasiga to‘g‘ri keladi.
Chorvachilik yengil va oziq-ovqat sanoatini xomashyo bilan (jun, teri, go‘sht, sut, yog‘, qorako‘l teri va b.) ta’minlab kelmoqda.
Respublikada mulkchilik munosabatlari shakllanib, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishning turli usullari qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, chorvachilikni fermer xo‘jaliklari asosida rivojlantirish har tomonlama o‘z samarasini bermoqda. 2004-yilda respublika bo‘yicha yirik shoxli qoramollar soni 6232,6 ming bosh, qo‘y va echkilar -10560,3, cho‘chqa -83,8 va parranda 18726,9 ming boshni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2003-yilga nisbatan o‘sganligini ko‘rsatmoqda. Respublika qishloq xo‘jaliklarida mavjud mollarning soni va uning o‘sish dinamikasi quyidagi jadvalda keltirilgan.
Tahlillardan ma’lumki, 2000-2005- yillarda yirik shoxli qoramollar soni- 122,1 foizga, qo‘y va echkilar 112,8 foizga, parranda esa – 142,4 foizga oshdi. Chunki chorvachilikka berilgan imkoniyatlar, huquqiy asoslar va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar asosida shu soha rivojlantirilmoqda. Ayniqsa, dehqon xo‘jaligining hissasi yuqori bo‘lmoqda. Qishloq xo‘jaliklariga berilayotgan davlat e’tibori chorvachilikni rivojlantirishga katta imkoniyat tug‘dirmoqda.
Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning chorvachilikdagi hissasi va mahsulot yetishtirishdagi ulushi yildan yilga o‘zgarib, asosan dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi ortib bormoqda. Asosan, dehqon xo‘jaliklarida chorva bosh soni va undan olingan mahsulot hajmi yuqoriligini hisobga olib, ularga barcha sharoitlarni, avvalo, moddiy ta’minot, servis xizmatlari, zooveterinariya, naslchilik va pul-kredit baho mexanizmlarini soddalashtirib, uni ishlab chiqarishga tezkor joriy qilishni ta’minlashdan iborat.
13.3.1-jadval
|