|
Respublikasi oliy va
|
bet | 109/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Naychalash. Bu bosqichda poyaning eng pastki qismi bo‘rtib, shish hosil bo‘lishi bilan belgilanadi. Bu shish tuproqning ustidan 3-5 sm balandlikda rivojlanib, o‘sish davri 12-15 kun davom etadi. Birinchi bo‘g‘in o‘sishdan to‘xtagach, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va hokazo bo‘g‘inlar paydo bo‘ladi. Tuproqda namlik, harorat va ozuqa moddalari qancha yetarli bo‘lsa, naychalash davri shuncha tez o‘tadi. Poyaning o‘sishi g‘alla ekinlarining gullash davrigacha, ayrim navlarda donning shakllanishigacha davom etadi. Bu davrda g‘alla o‘simligi gektariga 600 m3 suv, 4000 C samarali harorat talab qiladi.
Boshoqlash. Boshoqli don ekinlari naychalash davriga o‘tgandan so‘ng tezda poyadagi oxirgi barg qinidan tashqariga boshoq chiqara boshlaydi. Shu paytdan boshlab, ularning boshoqlash davri belgilanadi.
Bug‘doy boshog‘i boshoq o‘zagidan va boshoqchalardan iborat bo‘ladi. Har bir boshoqcha qobig‘ida guldonlar joylashgan. Guldon bug‘doyda 2-5 tani, arpada esa bittani tashkil etadi. Ko‘pchilik g‘alla ekinlari boshog‘idagi guldon qiltiqlar bilan tugaydi. Bu davrda 3200 C foydali harorat va gektariga 800-900 kub.m suv talab etiladi. Shu tufayli bu davr eng mas’uliyatli hosil taqdirini hal qiladigan davr hisoblanadi.
Gullash. G‘alla ekinlarida gullash boshoq paydo bo‘lgandan so‘ng 2-3 kun ichida sodir bo‘ladi. Arpada bu davr gullashdan 2-3 kun oldin ro‘y beradi. Bug‘doy va arpa o‘z-o‘zidan changlanuvchi ekin hisoblanadi. Qattiq bug‘doy bundan mustasno. Chunki qattiq bug‘doy ochiq gullaganligidan chetdan ham changlanishi mumkin. Bu davrda 2350 C foydali harorat va gektariga 800 kub.m suv talab qilinadi.
Pishish davri. G‘alla ekinlarida pishish davri sut pishishi, mum pishish va to‘la pishishdan iboratdir. Bu uchala pishish davridan tashqari, urug‘lik
don uchun fiziologik pishish davri ham mavjud. Yetilmagan urug‘ni ekish fiziologik jihatdan tavsiya etilmaydi. G‘alla ekinlari pishish davrida 6620 C foydali harorat, gektariga 900 kub.m suv talab etiladi. Bu davrda o‘simlikni chanqatib qo‘yish hosildorligini 40-50% ga pasayishiga olib keladi.
Bug‘doy va arpa o‘simliklari pishib yetilishi uchun 2340-23500 C foydali harorat talab etiladi. Suv miqdori 40-45 s/ga hosil uchun gektariga 3800- 4000 m3, 50-60 s va undan yuqori hosildorlikka 4500-5000 m3 tashkil etishi kerak.
Urug‘lik sifati va uni ekishga tayyorlashda eng avval urug‘lik uchun ajratilgan va maxsus urug‘lik texnologiyasiga rioya qilib o‘stirilgan dalalardan urug‘ olish kerak.
G‘alla ekinlari urug‘i sifatini belgilashda urug‘ining tozaligi, unuvchanligi, namligi, 1000 donasining og‘irligi va boshqalar hisobga olinadi. Davlat andazasiga asosan, g‘alla urug‘i uch sinfga bo‘linadi.
|
| |