|
Respublikasi oliy va
|
bet | 105/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1G‘o‘za 5 ta rivojlanish davrida quyidagi muddatlarni talab qiladi:
Unib chiqish uchun – 8-12 kun.
Birinchi haqiqiy barg ko‘rsatish uchun – 8-12 kun.
Shonalash uchun – 25-30 kun.
Gullash uchun – 25-28 kun.
Pishib yetilish, ya’ni ko‘sakning ochilishi uchun 50-60 kun.
Paxtaning vegetatsiya davri quyidagicha bo‘ladi:
o‘rta tolali oddiy paxta navlari uchun 125-150 kun;
ingichka tolali paxta navlari uchun 145-150 kun.
G‘o‘za quyoshli yorug‘likni yoqtiradi. Shunday bo‘lganda, fotosintez yaxshi o‘tadi. Yoki 1 soatda 1 m2 barg yuzasida 1,46 g quruq modda hosil qiladi. Havo bulut bo‘lganda esa assimilatsiya mahsuli juda kamayib, 0,0073 g ni tashkil qiladi. Shuning uchun g‘o‘za qalinligi me’yorida, begona o‘tlardan holi bo‘lishi va salqinda qolmasligi kerak.
G‘o‘za qurg‘oqchilikka ancha chidamli bo‘lib, suvni yoqtiradi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 600-1400 ga to‘g‘ri keladi. U transpiratsiyaga birinchi haqiqiy barg chiqarish davrida bir sutkada gektariga 10-12 m3, shonalashda 30-35 m3, gullash va pishish oldidan (iyul-avgust) 80-120 m3 va pishish davrida 30-40 m3 suv sarflaydi. Hamma vegetatsiya davrida esa o‘rtacha 5-6 ming m3 suv sarflaydi.
Paxtaning Oqdaryo-6, Buxoro-6, Termiz-31, Namangan-77, Denov, Yulduz, S-6524 kabi navlari mavjud.
Don yetishtirish va uning agrotexnologiyasi
Respublika mustaqil bo‘lgan kundan boshlab, hukumatimiz aholini ijtimoiy muhofaza qilishga asosiy e’tiborni qaratdi. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish orqali un va un mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish asosiy yo‘nalish ekanligi belgilab olindi. Boshoqli don yetishtirish uchun maxsus sug‘oriladigan ekin maydonlari ajratilib, yuqori sifatli xorijiy davlatlar urug‘lari olib kelinib rasmiylashtirildi. Don ishlab chiqarish hajmi yildan yilga ortib, aholini don bilan ta’minlashga erishildi. Hech qanday davlatdan don olinmasdan, balki eksport qilinmoqda. Respublikada don yetishtirish ko‘rsatkichlarini quyidagi jadvalda ko‘rib chiqamiz.
13.2.1-jadval.
|
| |