• Jahonda bug‘doyning 24 ta turi mavjud bo‘lib, ulardan 2 turi ekiladi
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet106/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Respublikada don yetishtirish ko‘rsatkichlari.





    Ko‘rsatkichlar

    2004
    y.

    2005
    y.

    2006
    y.

    2006-yilda 2004-
    yilga nisbatan %

    1. Don ekin maydoni, ming ga

    1666,5

    1616,1

    1616,5

    96,7

    2. Hosildorlik, s/ga

    35,4

    40,3

    41,9

    118,4

    3. Yalpi hosil, t

    6017,1

    6540,9

    6639,0

    110,3




    2004-yilda 1666,5 ming gektar yerga don ekilgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib 1616,5 ming gektarga yoki 3,3 foizga kam ekildi. Lekin hosildorlik 18,4 foizga ortishi bilan yalpi hosil 110,3 foizga oshdi.





    2004 й. 2005 й. 2006 й.

    Don ek in m ay doni, m ing ga Y alpi hos il, t




    1. rasm. Fermer xo‘jaliklarida don yetishtirish ko‘rsatkichlari

    Don yetishtirish, asosan, fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Fermer xo‘jaliklari yil boshida tayyolov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida bug‘doy yetishtirib kelishmoqda. Fermerlar asosiy e’tiborni g‘alla agrotexnikasiga qaratgan. O‘z vaqtida moddiy resurslar bilan ta’minlab, servis xizmatlarini belgilangan muddatlarda o‘tkazmoqda. Don yetishtirish bo‘yicha tuzilgan shartnomadan ortiqchasi fermer xo‘jaligi ixtiyorida qoldirilishi ham mahsulot hajmining ortishiga olib kelmoqda. Fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan don miqdori quyidagi diagrammada o‘z aksini topgan.


    Diagrammadan ma’lumki, 2004-2006-yillarda don yetishtirish hajmi 169,6 foizga, hosildorlik esa 7,7 sentnerga oshgan. Fermerlar sarf-xarajatlarni tejashga hamda ko‘proq daromad olishga harakat qilmoqda.
    Bug‘doy asosiy oziq-ovqat ekini bo‘lib, nonini jahondagi 70 foiz aholi iste’mol qiladi. Bug‘doydan un, yorma, makaron, konditer mahsulotlari, spirt va boshqalar olinadi. Don chiqindilaridan chorva uchun mahsulot tayyorlanadi.
    Don tarkibida 13,9-16, % oqsil, 77,4-79,8% uglevodlar, 2,0-2,1 % yog‘, 1,9% kul va 2,3-2,4% to‘qima bor. Bug‘doy somonida 0,22 ozuqa birligi mavjud. Jahonda bug‘doyning 24 ta turi mavjud bo‘lib, ulardan 2 turi ekiladi:

      • yumshoq bug‘doy;

      • qattiq bug‘doy.

    Yumshoq bug‘doy kuzgi va bahorgi bo‘ladi. Doni oq va qizil rangda. Qattiq bug‘doy deyarli bahorgi hisoblanadi. Oq rangli bo‘ladi.
    Ekin maydonlarda yumshoq bug‘doyning: Sanzar–4, Sanzar–8, Yonbosh, Marjon, Unumli bug‘doy, Intensiv, Bezostoya –1, Spartanka, Skifyanka, Yuna: qattiq bug‘doyning: Aleksandrovka, Marvarid, Baxt; Arpaning: Oykor, Bolg‘ali, Zafar, Qarshi navlari ekib kelinmoqda.
    Ularning qisqacha tavsifi quyidagicha:
    «Sanzar-4» navi bo‘lgan yumshoq bug‘doy 1990-yilda respublikaning barcha sug‘oriladigan yerlariga rayonlashtirilgan. Boshog‘ining uzunligi 9- 11 sm qizil, qiltiqli, doni qizil, 1000 dona donning vazni 41-45 g. O‘simlikning bo‘yi 95-110 sm bo‘lib, yotib qolishlikka chidamli. Ertapishar, hosildorligi gektaridan 50-60 sentner, don sifati yaxshi.
    Ekish muddati oktabrning birinchi o‘n kunligi, ekish me’yori gektariga 4 mln. dona unuvchi urug‘ hisobiga belgilanadi. Nav sovuqqa chidamli bo‘lib, erta bahorda eksa ham hosil beradi. Lekin kuzda ekilgan maydonlarda hosildorlik yuqori bo‘ladi.
    «Sanzar-8» navi kuzgi yumshoq bug‘doy. Boshog‘i oq, qiltiqli, doni oq. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli. Bu navni avgust oyining oxirida, cho‘l hududlarida sentabr oyining boshida ekilsa ham, naychalab qolmaydi. Aksincha, hosildorligi yuqori bo‘ladi. Bitta boshoqda 60 tadan 110 tagacha don bo‘ladi. 1000 dona donning vazni 41-44 g. Doni tarkibida oqsil 14-14
    %, kleykovina 29-32 %dan iborat. Sug‘oriladigan yerlarda hosildorligi gektaridan 60-75 sentner. Suvga, o‘g‘itga talabchan. Ekish me’yori erta ekilganda gektariga 3,0-3,5 mln. dona, oktabr oyida ekilganda esa 4,0-4,5 mln. dona. Nav noyob navlar ro‘yxatiga kiritilgan.
    «Intensiv» navi yumshoq bug‘doy. Bu nav buhorgi bo‘lgani uchun ekilsa, naychalab va boshoqlab ketadi. Boshog‘i qiltiqli, qizil rangda. Doni qizil, tuxumsimon. 1000 dona donining vazni 40-43 g. O‘simlikning bo‘yi 100-115 sm bo‘lib, yotib qolishga moyil. Sifat jihatdan qimmatli bug‘doy turiga mansub. Ekish muddati oktabrning ikkinchi o‘n kunligi bo‘lib, ekish me’yori gektariga 4 mln. dona.
    «Bezostoya-1» kuzgi yumshoq bug‘doy navi hisoblanadi. Uning boshog‘i oq, qiltiqsiz. Doni qizil, o‘rtacha kattalikda, 1000 dona donining og‘irligi 40-
    44 g. Ekish muddati avgust oyining oxiridan boshlab, oktabrning birinchi o‘n kunligigacha, sovuqqa chidamli va yotib qolmaydi. Hosildorligi gektaridan 50-60 s, sifat jihatdan kuchli bug‘doy turiga mansub.
    «Yonbosh» navi yumshoq kuzgi bug‘doy. Boshog‘i qizil, qiltiqli, uzunligi 9-11 sm 1000 dona donning og‘irligi 41-43 g, doni ko‘p to‘kilmaydi. O‘rtapishar, sovuqqa va kasalliklarga chidamli. O‘simlikning bo‘yi 105-115 sm, ekish me’yori kuzgi bo‘lganligi uchun avgust oxiri, sentabrda gektariga 3,0-3,5 mln. dona, sentabr oxiri oktabrda 4,0-4,5 mln. dona.
    «Marjon» kuzgi bug‘doy, boshog‘ining uzunligi 9-10 sm. Doni qizil va yirik. 1000 donasining og‘irligi 46-49 g. O‘rtapishar, sovuqqa chidamli. O‘simlikning bo‘yi 115-120 sm. Kasalliklarga bardoshli. Ekish muddati oktabrning birinchi o‘n kunligi, hosildorligi gektaridan 65-70 s.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122




    Download 1,43 Mb.