Sotilgan mahsulot rentabelligi (RSM) yoki yalpi foyda bo‘yicha rentabellik (RYAF)
RSM
YaF SST ;
Bunda: RSM – sotilgan mahsulot rentabelligi.
Sotilgan mahsulot rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so‘mi qancha yalpi foyda keltirganini ko‘rsatadi.
Sof foyda bo‘yicha rentabellik (RSF).
RSF
SF SST ;
Bunda: RSF – sof foyda bo‘yicha rentabellik.
Sof foyda bo‘yicha rentabellik har bir sotilgan mahsulot korxona uchun qancha sof foyda keltirishini yoki sotilgan mahsulot tarkibida qancha sof foyda keltirishini yoki sotilgan mahsulot tarkibida qancha sof foyda borligini ifoda qiladi.
Yuqorida keltirilgan moliyaviy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari korxona faoliyatini tahlil qilish, tadbirkorlikni maqbul va samarali yo‘llarini belgilash, investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi.
Qisqacha xulosalar
F
ermer xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish, avvalo, uning samarador-ligini oshirishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorlik fermer ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni qo‘llash orqali olingan foydali natija yoki jami resurslar birligiga olingan pirovard natijadir. Xo‘jalikning ishlab chiqarish faoliyatiga baho berganda iqtisodiy ko‘rsatkichlar, yalpi mahsulot va yalpi daromad (foyda)ni nazarda tutamiz. Shu iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida fermerning iqtisodiy samaradorligi aniqlanib uni oshirish yo‘llari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Qishloqxo‘jaligidaiqtisodiysamaradorliktushunchasiniayting. 2.Iqtisodiyko‘rsatkichlarganimalarkiradi?
3.Iqtisodiyko‘rsatkichlarnianiqlashdaqandayusullarnibilasiz? 4.Fermerxo‘jaliginingiqtisodiysamaradorliginioshirishdaqandaytartib
qo‘llaniladi?
FERMER XO‘JALIGIDA DON VA PAXTA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI HAMDA CHORVACHILIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Paxta yetishtirish va uning agrotexnologiyasi
G‘o‘za, asosan, tola uchun ekiladi. Undan 150 dan ortiq mahsulot olinadi. Ayniqsa, paxtadan to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoatiga xomashyo, chorva mollariga ozuqa tayyorlanadi. 1 tonna paxtadan 320-380 kg tola, 10-14 kg momiq, 10-12 kg o‘luk va 600-640 kg chigit olinadi. Chigitdan esa, inson iste’mol qiladigan 100-120 kg yog‘, chorvaga 210-230 kg kunjara, 170-180 kg sheluxa chiqadi. Tolasidan esa 300 m mato, 8000 m polotno, 1200 m chit, 2000 m batist yoki 140000tagacha g‘altak ip olish mumkin. Bundan tashqari, sovun, spirt, margarin, glitserin, moy mahsulotlari, limon va olma kislotalari, atir-upalar, selluloza, selofan, karton, qog‘oz, glukoza, lak, bo‘yoq, alif, dorivor preparatlar, oqsil, achitqi va boshqa narsalar tayyorlanadi. 1 t sheluxadan 85 l spirt, 20 kg karbon kislota, 20 kg sirka kislota, 3-4 kg yelim, 55 kg xamirturush olish mumkin.
13.1.1-jadval.
|