|
Respublikasi oliy va
|
bet | 99/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1-(SH2-SH1),
Bunda:
P – qishloq xo‘jaligida menejment tizimining joriy qilinishi va faoliyatidan keladigan yillik daromad – iqtisodiy samara;
P1, P2 – bir dona mahsulotning sotuvidan keladigan daromad, ya’ni eksportdan, yuqori sifat hisobidan va hokazolar, so‘m;
A1, A2 – mahsulotning yillik hajmi, natural hajmda;
S1, S2 – bir dona mahsulotga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarishdan tashqari yo‘qotishlar, so‘m;
a1, a2 – har bir dona mahsulot uchun o‘rnatilgan ishlab chiqarishdan tashqari yo‘qotishlar;
F1, F2 – korxonaning ishlab chiqarish fondlari, ya’ni asosiy va aylanuvchi fondlarning o‘rtacha yillik qiymati, so‘m;
Yef – korxonaning ishlab chiqarish fondlari uchun to‘lanadigan to‘lovning me’yoriy koeffitsiyenti;
R1, R2 – budjetga to‘lanadigan belgili to‘lovlar, so‘m;
SH1, SH2 – atrof-muhit ifloslangani uchun to‘lanadigan jarimalar, so‘m.
Eslatma: «1» va «2» indekslari qishloq xo‘jaligida menejment tizimini kiritishdan oldingi va keyingi faoliyatini ko‘rsatadi.
Yillik daromad – iqtisodiy samaradorlikni yuqoridagi formula bilan hisoblaganda, deyarli, qishloq xo‘jaligida menejment tizimining joriy qilinishi va faoliyat natijalarini to‘la aks ettiradi. U iqtisodiyot zaxiralarini aniqlash bilan cheklanmasdan, balki ularga har tomonlama iqtisodiy baho beradi, sarf- xarajatlarni pirovard natija bilan taqqoslash imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligida menejment faoliyatining iqtisodiy samaradorligi oshishi yetishtirilgan mahsulot sifatining yaxshilanishiga, mahsulot hajmining ortishi va sarf-xarajatlarning kamayishiga olib keladi.
X
Qisqacha xulosalar
o‘jalik faoliyatini byurokratik boshqarish usulidan batamom voz kechib, demokratik boshqarish, ko‘p ukladli mulkchilikkka asoslangan iqtisodiyotni bozor iqtisodiyotiga moslashtirilmoqda. Fermer xo‘jaligini zamonaviy usullar asosida boshqarish, menejment faoliyati va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Xo‘jalikda menejment faoliyatini nazariy va iqtisodiy asoslari to‘liq yaratilgan bo‘lib, uni
amaliyotda boshqarish jarayonida qo‘llash ishlari amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, moddiy ta’minot, tayyor mahsulotlarni saqlash, sotish ishlarini marketing xizmati boshqaradi. Marketing va menejment xizmatini yaxshilash va amaliyotga tezkor joriy etish katta samara manbayi hisoblanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Qishloqxo‘jaligidaboshqarishusullaridanqaysilarinibilasiz?
Fermerxo‘jaligidamenejmentningvazifasinimadaniborat? 3.Menejmentfaoliyatiningiqtisodiysamaradorligiqaysiko‘rsatkichlar
bilananiqlanadi?
4.Marketingvazifasinimavaboshqarishdagifaoliyatinitushuntirib bering?
FERMER XO‘JALIGI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA UNING TAHLILI
Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati va mezoni
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fermer xo‘jaligi samarali ishlashi uchun cheklangan resurslardan oqilona foydalanish orqali yuqori natijaga erishishga harakat qilinadi. Ishlab chiqarish samaradorligi – juda murakkab iqtisodiy kategoriyadir. U obyektiv iqtisodiy qonunlar, ijtimoiy ishlab chiqarishning asosini ifoda etuvchi – natijani, aks ettiradi. Natija har qanday faoliyatning maqsadidir. Samara tushunchasi bilan iqtisodiy samara tushunchasini farqlash kerak.
Samara bu keng tushuncha bo‘lib, har qanday tadbir yoki faoliyatning oshishida, yem-xashak samarasi, chorva mahsuldorligi oshishida ifodalanadi. Ammo bu samara, ya’ni hosildorlikning va mahsuldorlikning oshishi bu tadbirlarning qanchalik foydaliligini ko‘rsatmaydi. O‘g‘it va yem-xashaklardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanganlik darajasi shu xarajatlar bilan olingan natija daromad bilan taqqoslangandagina ma’lum bo‘ladi. O‘g‘it va yem-xashakdan foydalanish natijasida ekinlar hosildorligi, chorva mollarining mahsuldorligining oshishi bu tadbirning texnik samaradorligini ifoda qilsa, tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar bilan buning natijasida olingan daromadni taqqoslash iqtisodiy samaradorlikni ifodalaydi.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni
qo‘llash orqali olingan foydali natijani yoki jami resurslar birligiga olingan natijani ifoda etadi.
Har qanday faoliyat va ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi xo‘jalikni, shu jumladan, fermer xo‘jaliklari daromadini orttiradi, ijtimoiy xarajatlarni yaxshilashga olib keladi. Bu jarayon nafaqat korxonalarga manfaatli, davlatga ham foydalidir. U yoki bu tadbirga baho berishda yoki uning o‘lchamlarini aniqlashda iqtisodiy samaradorlik mezonini bilish kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona to‘la iqtisodiy va huquqiy mustaqillikka ega bo‘lganligi uchun asosiy maqsadi o‘ziga biriktirilgan resurslardan to‘la va samarali foydalanishga qaratilgan bo‘lib, shu resurslar birligiga qancha ko‘p daromad va foyda olsa, raqobat kurashida shuncha ustunlikka ega bo‘ladi. Fermer va dehqon xo‘jaligi mohiyatiga ko‘ra, ular faoliyatini baholashda iqtisodiy samaradorlikning asosiy mezoni sifatida xo‘jalik resurslari birligiga olingan yalpi daromadni qo‘llash maqsadga muvofiq. Yalpi daromad kategoriyasining afzalligi shundaki, bunda ham
mahsulot miqdori, sifati, qanday bozorda va qanday bahoda sotilganligi moddiy xarajatlar qanchalik tejalganligi o‘z aksini topadi. Korxona, fermer xo‘jaligi qancha ko‘p yalpi daromad olishga erishsa, turli to‘lovlarni (soliq va yig‘imlar) to‘lagandan keyin o‘z ehtiyojlarini ko‘proq qondirishga, korxonani kengaytirishga imkon beradigan mablag‘ga ega bo‘ladi.
|
| |