|
Shunday qilib, qishloq xo‘jaligida menejment foyda olish maqsadida
|
bet | 97/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Shunday qilib, qishloq xo‘jaligida menejment foyda olish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini uzoq va qisqa muddatga rejalashtirish, oldindan bashorat qilish, tashkil etish, xizmat va mahsulotlarni sotish tizimidir.
Qishloq xo‘jaligida menejer ma’lum darajada ma’muriy-xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lgan ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha mutaxassisdir.
Qishloq xo‘jaligida menejerning vazifasi – qo‘l ostidagi xodimga uning oldiga qo‘yilgan maqsadlarni tushuntirish, ularga erishishga yordam berish, qishloq xo‘jaligi korxonasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga, jumladan, qishloq xo‘jaligi korxonasi faoliyatini rejalashtirish, rejani amalga oshirish va bajarilishini nazorat qilishga faol ta’sir o‘tkazishdir.Qishloq xo‘jaligida menejment, avvalo, ishlovchilarni boshqarish ilmidir. Odamning xususiyatlarini bilmasdan turib, menejerning muvaffaqiyat qozonishi haqida o‘ylash mumkin emas.
Odam resurslarini boshqarish qishloq xo‘jaligida menejmentning eng asosiy qismidir. Xodimlarni tanlash juda muhim vazifa hisoblanadi. Yangi ishni tashkil etishda korxonada ishlaydigan ishlovchilar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni chuqur o‘ylab chiqish kerak, ya’ni mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojni hisob-kitob qilish, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning ro‘yxatini
tuzish, ishning har bir uchastkasida ishlaydigan kishilarning sonini aniqlash, ishning har bir uchastkasi uchun strategik va tanglik omillarini aniqlash, ishning tashkiliy tuzilishini belgilash, xizmatchi va aksionerlarning sonini aniqlash va shtatlarni saqlashga sarflanadigan xarajatlarni aniqlash zarur. Moliya sohasidagi bilimlar menejer uchun asosiy bilimlardan biridir. Chunki moliyaviy hisob-kitoblarsiz biror qarorga kelib bo‘lmaydi. Shuning uchun menejerning moliyani boshqarishdagi o‘rni benihoya kattadir. Qishloq xo‘jaligida menejerdan ishni samarali, ya’ni foydali olib borishni bilish talab etiladi. Foydani ko‘paytirishning ikkita asosiy imkoniyati ma’lum: birinchisi, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmlarini oshirish hamda sotishni ko‘paytirish, ikkinchisi, sarf-xarajatlarni kamaytirish.
Boshqarish bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishni boshqarishni
ishning ko‘zini biladigan kishilarga, ishbilarmonlarga, tadbirkorlarga, ayniqsa, boshqarish mutaxassislari – menejerga bo‘lgan talabni keskin oshirib yubordi. Qishloq xo‘jaligida menejer qabul qilayotgan texnik, texnologik va boshqa qarorlar aniq iqtisodiy hisob-kitoblarga asoslangan bo‘lishi kerak. Mahsulotdan olingan daromad yuqori darajada bo‘lishi, uni ishlab chiqarish uchun ketgan sarf-xarajatlar past bo‘lishiga erishishdan iborat. Menejer raqobatga chidamli fan-texnika yangiliklarini qo‘llashni va sarf xarajatlarni kamaytirishga erishishni bilishi kerak. Qishloq xo‘jaligida menejmentning marketing sohasidagi faoliyati, xo‘jalikning imkoniyatlarini faqat uning resurs imko- niyatlari hajmi bilan emas, balki ko‘proq atrof-muhitdagi ahvol bilan belgi- lanadi. Bozorda ehtiyojlarni qondirish uchun iste’molchilarning istaklarini o‘rganish, talab va ehtiyojga qarab mahsulot ishlab chiqarish kerak. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida marketing xizmati, sotishni, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatishni doimo o‘rganib borish maqsadida tashkil etiladi. Bunda iste’mol- chilarning ehtiyojlarini o‘rganish marketingni boshqarishning bosh vazifasidir. Shunday qilib, qishloq xo‘jaligida menejment dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarida hosildorlikdan va mahsuldorlikdan foyda olish, muvaffaqiyat- larga erishish uchun ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, texnologik jarayonlarni
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni talab etadi.
|
| |