• 11.1.1. Fermer xo‘jaliklarini boshqarish faoliyati
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet93/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Fermer xo‘jaligining rahbari:

    • fermer xo‘jaligi ustavini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda o‘zgarishlar kiritadi;

    • fermer xo‘jaligi faoliyatining biznes-rejasini tasdiqlaydi;

    • fermer xo‘jaligi faoliyatini tashkil qiladi;

    • yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda fermer xo‘jaligi nomidan ish ko‘radi;

    • ishonchnomalar beradi, shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek, fermer xo‘jaligi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini imzolaydi;

    • fermer xo‘jaligi xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

    • ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilaydi;

    • daromadni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi;

    • xodimlarning xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratib beradi;

    • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mexnat daftarchalari yuritilishini tashkil etadi, ish haqi to‘lashni ta’minlaydi, mehnatga haq to‘lash miqdorini va moddiy rag‘batlantirish usullari va intizomiy jazo choralarini belgilaydi;

    • fermer xo‘jaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi;

    • fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish va tugatish masalalarini hal etadi.

    11.1.1. Fermer xo‘jaliklarini boshqarish faoliyati




    O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi va uning hududiy vakilliklari nodavlat va notijorat tashkilot sifatida faqatgina ixtiyoriylik va ko‘ngilli ravishda a’zo bo‘lgan fermer xo‘jaliklarining manfaatlarini huquqiy himoya qiladi. Fermer xo‘jaliklari uyushmasi hamda uning hududiy vakilliklari
    nodavlat va notijorat jamoa tashkiloti bo‘lib, ular fermer xo‘jaliklarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan. Uyushmaning asosiy vazifasi:

      • fermer va dehqon xo‘jaliklarining huquq va manfaatlarini davlat tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar oldida himoya qilish;

      • fermer va dehqon xo‘jaliklarining faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, joriy etish va davr talabidan kelib chiqqan holda, ularga o‘zgartirish va to‘ldirishlar kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish yoki ularning tayyorlanishida ishtirok etish;

      • qishloq xo‘jaligida yer munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

      • fermer xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti, shuningdek, xorijda ishlab chiqarilgan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash;

      • fermer xo‘jaliklari rahbarlari va a’zolarining kasbiy malakalarini oshirishga qaratilgan seminarlar, konferensiyalar yoki ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;

      • fermer xo‘jaliklari uchun iqtisodiy, huquqiy va boshqa turli yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar va axborotnomalar tayyorlab chop etish;

      • konsalting va marketing xizmatlarini tashkil qilish, fermerlarni o‘qitish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishi zarur.

    Uyushma o‘z-o‘zini moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatib, quyidagi moliyaviy mablag‘lar uning asosiy daromad manbayi hisoblanishi mumkin:

      • o‘z a’zolarining badallari;

      • seminar, konferensiya va ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;

      • chet el grantlari va turli homiylik yordam mablag‘lari;

      • fermer xo‘jaliklari uchun turli yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar va axborotnomalar tayyorlab chop etish va boshqa tadbirlar.

    Fermer xo‘jaliklari uyushmasi o‘z a’zolarining huquqiy manfaatlarini himoya qilish, yangi texnologiya va ilg‘or tajribalarni joriy qilishda hamkorlik ko‘rsatish, turli xil konsultativ-axborot markazlarini tashkil etib, ular orqali dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari va a’zolarining iqtisodiy-huquqiy bilimlarini oshirishga yordam beradi.
    Fermer xo‘jaliklari uyushmasining raisi va uning o‘rinbosarlari uyushmaning oliy organi bo‘lgan syezd tomonidan saylanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlansalar- da, uyushmaning hududiy vakilliklari rahbarlari tegishli (viloyat, tuman)
    hokimliklarning tavsiyasiga binoan, Uyushma raisi tomonidan tayin- lanadilar.
    Fermer xo‘jaliklari uyushmasining viloyat filiallari ajratilgan shtatlar, tashkil etilgan bo‘limlar, qo‘yilgan maqsad va vazifalari jihatidan Respublika fermer xo‘jaliklari uyushmasining markaziy ijro boshqaruvini takrorlaydi. Viloyat vakilligi xodimlarining asosiy vazifasi Respublika uyushmasi va viloyat hokimligidan olingan topshiriq va vazifalarni, taqsimlangan moddiy-texnika fondlarini tuman vakilliklariga yetkazish va uni bajarilishini nazorat qilishdan iborat. Uyushmaning viloyat va tuman vakilliklari yuqorida belgilangan vazifalarni bajarib, joylarda fermer xo‘jaliklarining muammolarini hal qilish yoki ularga muayyan bir xizmat turini ko‘rsatishda bevosita qatnashadilar.
    Uyushmaning tuman filiallari fermer xo‘jaliklari bilan ish olib borgani holda, ular ham barcha topshiriq va vazifalarni viloyat vakilligi va tuman hokimiyatidan olib, o‘z navbatida, viloyat vakilligi faoliyatini takrorlaydi. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning huquqlarini himoya qilish, dolzarb muammolarni hal qilishda tashabbus ko‘rsatib, fermer xo‘jaliklariga bevosita amaliy yordam beradi. Tuman vakilliklarining asosiy vazifasi viloyat vakilligi va mahalliy hokimiyatlar buyrug‘iga binoan, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish va fond bo‘yicha markazlashgan moddiy-texnika resurslarini bevosita fermer xo‘jaliklariga yetkazishdan iborat.
    Yangidan tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari «majburiy-ixtiyoriy»
    ravishda bir vaqtning o‘zida «fermerlar birlashmasi (uyushmasi)»ga, shuningdek, dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi tuman vakilligiga yoki qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limiga a’zo bo‘lmoqda. Amaliyot tajribalarining ko‘rsatishicha, mazkur birlashmalar(uyushma) hozirgi kunda ko‘proq fermer xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va huquqiy himoya qiluvchi emas, balki nazorat organiga aylanib qolmoqda.
    Bundan tashqari, dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasining tuman vakilligi va mahalliy organlari tomonidan har yili fermer xo‘jaliklari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish amaliyoti qo‘llanilib, attestatsiyadan o‘tish uchun fermerlar birlashmasi (yoki uyushmasi) raisi fermer xo‘jaligining faoliyati bo‘yicha yozma xulosa bermoqda. Ana shu xulosalarga asosan, fermer xo‘jaligining rahbari attestatsiyadan o‘tkaziladi. Bizning fikrimizcha, ushbu holat fermer xo‘jaliklari faoliyatiga noqonuniy aralashish va ular erkinliklarini cheklash hisoblanib, qonun tomonidan qat’iy man etilgan. O‘tkazilayotgan attestatsiyani olib borish tartibi, tashkiliy va boshqa jihatlarining saviyasi juda past bo‘lib, ko‘p hollarda bosh mezon sifatida fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish rejasining bajarilganligi yoki bajarilmaganligi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlari olinadi.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   122




    Download 1,43 Mb.