|
Respublikasi oliy va
|
bet | 91/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Qisqacha xulosalar
B
ozor munosabatida turli mulkchilik shakllari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular o‘rtasida o‘zaro ishlab chiqarish
va iqtisodiy aloqalar orqali faoliyat yuritib hamkorlik qilinmoqda. Ayniqsa, fermer xo‘jaligi bilan ta’minot va servis xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida bo‘ladigan iqtisodiy aloqalar, uni takomillashtirish to‘g‘risida barcha qonuniy asoslar yaratildi hamda xo‘jalik yuritish faoliyatida shartnoma va shartnoma munosabatlari, xo‘jalik yillik faoliyat yuritishining biznes-rejasi, fermerga xizmat ko‘rsatish banklari va kreditlash mexanizmi, baxtsiz voqealarni inobatga olib mulkni sug‘urtalash xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadidan yagona yer solig‘i to‘lash yo‘llari, xo‘jalikda olib boriladigan hisob-kitob ishlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoblar to‘liq yangi tartibda ishlab chiqildi. Unga qonuniy asos yaratilib, iqtisodiy mexanizmlari me’yoriy hujjatlar asosida qayta amaliyotga joriy etilmoqda.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Iqtisodiyaloqalartushunchasivauningmohiyatinitushuntiribbering.
Xo‘jalikdashartnomaningzarurligivauningtuzilishinimadaniborat?
Biznes-rejanimavaunituzishyo‘llariniayting? 4.Bankishivakreditlashmexanizminitushuntiring.
Sug‘urtaturlari vasug‘urtalashmexanizmio‘z ichiganimaniasos qiliboladi?
Yagona yer solig‘inima vau qanday undiriladi? 7.Buxgalteriyahisobiningmaqsadivamoliyaviyhisobotlarningvazifasi
nimadan iborat?
8.Iqtisodiyfaoliyattizimidegandanimanitushunasiz?
FERMER XO‘JALIKLARINI BOSHQARISHDA MENEJMENT
Xo‘jalik faoliyatini boshqarish tizimi
Qishloq xo‘jaligini boshqarishning asosiy maqsadi yuqori darajada foyda olishdir. Qishloq xo‘jaligi boshqaruv apparatining tuzilishi deganda boshqaruv apparati va uning tarkibidagi bog‘lanish tushuniladi. Boshqaruv apparatining tarkibi bir-biri bilan bog‘langan birikmalar va bo‘g‘inlar bilan to‘ldirilishi uni ng tashkiliy tizimi deyiladi.
Tashkiliy tizim boshqaruv tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, boshqaruvchi tizim, boshqaruv subyekti tashkiliy tuzilish shakli demakdir. Boshqaruv tizimida ishchi va xodimlarni boshqarishni tashkil qilishning rasmiy qoidalari tartibga solinadi.
Idoralar bu tizimning tarkibiy qismlari, bo‘g‘inlaridir. Har bir idora o‘z harakat doirasiga ega. U mazkur idoraga ma’qul bo‘lgan masalalar doirasini, uning faoliyati chegaralarini, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi. Boshqaruv tizimi tashqi va ichki omillarning ta’siri ostida tarkib topadi. Tashqi omillar orasida eng muhimi ishlab chiqarishdir.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqaruv idoralari o‘rtasidagi aloqalarning turiga qarab tizimlarni 3 ta asosiy turga ajratish mumkin, ya’ni lavozimli, vazifaviy va aralash, ya’ni kombinatsiyali muntazam tizimlardir. Ularda bitta lavozimda idoralarning har bir guruhi idora qilish qo‘llanmalariga asosan, yuqori darajada o‘zining rahbarlik idorasiga ega bo‘ladi.
Muntazam tizimda boshqaruvning barcha masalalari bitta kanal orqali hal etiladi.
|
| |