Respublikasi oliy va




Download 1,43 Mb.
bet92/122
Sana25.06.2024
Hajmi1,43 Mb.
#265621
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122
Bog'liq
Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

Dasturli tizim – maqsadli tizimlarning alohida turi hisoblanadi. Boshqaruvning aniq tizimini shakllantirish ijodiy jarayondir. Biroq tizimning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan shakllari qo‘llanilsa, bu ishlarni yanada osonlashtirish imkonini beradi.
Boshqaruv tizimi xodimlari zarur ishchanlik xislatlariga ega bo‘lishi bilan birgalikda bilimdon bo‘lishlari zarur. Tashkilotchilik qobiliyati, yangilikni his qilish, yangi texnikaviy va tashkiliy g‘oyalarni munosib baholay olishi, ularni qo‘llashda mahorat, shuningdek, muhim ishchanlik xislatlaridan biri omilkorlik xodimga qo‘yiladigan asosiy talablardandir.
Boshqaruv mutaxassislari ish jarayonida boshqarishning obyekt va subyektlarini ajratib foydalanadi. Obyekt bu – rahbarlar bilan ishlash
tizimining asosiy unsurlari bo‘lib, mutaxassislar tanlash, baho berish va hokazolar bo‘lsa, subyekt bu – xodimlar bilan ishlash vazifasidir.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqaruv xodimlari faoliyatlarining vaqti-vaqti bilan baholanib borilishi ular ishidagi kamchiliklarni bartaraf qilish imkonini beradi. Baholash attestatsiyadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Rahbar ishining asosiy omillariga quyidagilar kiradi: boshqarish faoliyatining mohiyati, boshliqning rollari, boshqarish funksiyalari va muvaffaqiyatiga qaratilgan boshqaruv. Bu omillarni chuqurroq o‘rganish zarur. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarish faoliyatida rahbar-menejer olib boradigan boshqaruv ishlarining soni juda ko‘p, lekin ular ishining asosiy mohiyatini aniqlab olish lozim bo‘ladi. Ma’lumki, rahbar va ishchilarning olib boradigan ishlari bir-biridan farq qiladi. Rahbar – menejerlarning lavozimlaridan qat’i nazar, ularning ish faoliyatlari bir-biriga o‘xshash, ya’ni ular boshqaruv bilan shug‘ullanadilar. Ishchilarning bajaradigan ishlari, asosan, texnologik kartalar va biznes-rejada ko‘rsatilgan talablar yordamida olib boriladi. Lekin rahbar

  • menejerlarning kun davomida bajaradigan ishlari har xil va tez-tez o‘zgarib turadi. Boshqaruv ishlarining o‘zgarib turishiga asosiy sabab xo‘jalikda sodir bo‘layotgan holatlardir. Bunday holatlarda boshqaruv ishlarining olib borilishi, bajarish uslublari va qoidalari hamma rahbar-menejerlar uchun, asosan, bir xildir. Rahbar-menejerning ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan ishlari ma’lum. Rahbar – menejer qanday lavozimda bo‘lishidan qat’i nazar, bu rollarni o‘zgartira olmaydi, lekin o‘zi bilmaydigan usulda, o‘ziga xos ravishda bajaradi. Rahbarning rollari quyidagilardan iborat: shaxslararo, informatsion va qaror qabul qilish. Rahbarning shaxslararo roli rahbarning vazifasi va funksiyasida belgilangan. Rahbar informatsion rolni bajarish uchun ishlab chiqarish va tashqi muhitlardan ma’lumotlar olib, uning tahlili asosida qaror qabul qilish rolini ijro etadi va amalda qo‘llaydi. Masalan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida resurslarni ratsional taqsimlaydi va sodir bo‘lgan holatlarda

o‘z yechimiga ega bo‘ladi.
Boshqarish faoliyatida rahbar-menejerlar tomonidan boshqaruv funksiyasi ijro etiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish vazifalari: boshqaruvni rejalashtirish, tahlil qilish, nazoratdan iborat.
Mehnatning gorizontal taqsimoti qishloq xo‘jaligi korxonalarida (shirkat, agrouchastka, fermer, oila pudrati)ning paydo bo‘lishiga olib keladi, bu tizim va tuzilmalarning mutanosib ishlash yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Natijada boshqaruv funksiyalari paydo bo‘ladi. Ularning vertikal taqsimoti natijasida boshqaruv pog‘onalari tashkil etiladi. Boshqaruv pog‘onalari asosan uchta: yuqori, o‘rta va quyi pog‘onalarga bo‘linadi. Yuqori pog‘onaga xo‘jalik- tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, menejerlar bo‘lsa, o‘rta pog‘onaga
dehqonchilik, ta’minot, servis xizmati rahbarlari va mutaxassislar, quyi pog‘onaga oilaviy pudrat, fermer va sex rahbarlari kiradi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni boshqarish tizimida mehnat resurslarini boshqarish juda muhimdir. Biznes yoki kunlik topshiriqlarni hech kim bajarmasa, u hech narsaga arzimaydi, boshqarish va ishlab chiqarish masalalarining markazida dehqonlar, menejerlar, mutaxassislar va rahbarlar turadi. Boshqarishdagi vazifalarning o‘z vaqtida samarali bajarilishi shu rahbarning ishga bo‘lgan munosabatini belgilaydi.
Fermer – fermer xo‘jaligining muassasasi – fermer xo‘jaligining rahbari hisoblanadi, u o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli, qishloq xo‘jaligida tegishli malaka va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

Download 1,43 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122




Download 1,43 Mb.