|
Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari
|
bet | 100/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash usullari
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda uning faoliyatiga baho bermasdan iqtisodiy samaradorligini ta’minlab bo‘lmaydi. Iqtisodiy samaradorlikning asosiy mezoni to‘la va aniq jarayon hamda ishlab chiqarishni hisob-kitob qilishdan iborat.
Fermer xo‘jaligining yalpi daromadi yetishtirilgan mahsulotni puldagi ifodasi bo‘lib, yildan yilga o‘sib bormoqda. Bu xo‘jalik faoliyati ijobiy yo‘nalishda borayotganligini ko‘rsatadi. Shuning uchun xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etuvchi har bir omil harakatini ifoda etuvchi o‘ziga xos ko‘rsatkichlarni bilish kerak. Fermer xo‘jaliklari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini kompleks tahlil qilish va ishonchli xulosalar chiqarish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Fermer xo‘jaligi faoliyati va ishlab chiqarishiga biologik jarayon va iqlim sharoitlari turlicha ta’sir etadi. Fermer xo‘jaliklari bir xil mehnat sarf qilingan holda turli shakllarda va turli yillarda turli natijalarga erishishi mumkin. Fermer xo‘jaliklari faoliyatiga baho berishda hamma ko‘rsatkichlarni ikki guruhga: natura va qiymat ko‘rsatkichlariga bo‘lish mumkin.
Natura ko‘rsatkichlari iqtisodiy samaradorlikni bevosita ifoda qilmasa- da, bu ko‘rsatkichlarsiz tadbirga to‘la baho berib bo‘lmaydi. Chunki natura ko‘rsatkichlari jarayonning intensivligini ifodalaydi. Qishloq xo‘jaligida yer asosiy vosita bo‘lganligi, inson uni xohlaganicha ko‘paytira olmasligi bois, bu qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni intensiv bo‘lishini zaruriyat qilib qo‘yadi. Shuning uchun 1 gektar yerdan olingan mahsulot, ya’ni hosilni, chorva mahsuldorligini oshirish, har bir fermer xo‘jaligining asosiy vazifasi hisoblanadi. Fermer xo‘jaligida olingan mahsulot va daromad turli ishlab chiqarish omillarining o‘zaro integral (fnuksional) aloqasi natijasi bo‘lganligi uchun qiymat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Mehnat unumdorligi. Bu ko‘rsatkich fermer xo‘jaligida mehnatning samaradorligini ko‘rsatadi. Fermer xo‘jaligida o‘rtacha yillik xodim,
-195-
12.1-jadval.
|
| |