• 1-chizma. «Fermer xo‘jaliklari kooperatsiyasi»ning namunaviy tashkiliy tuzilmasi
  • Kengash
  • Xo‘jalikda boshqarish usullari va tamoyillari
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet94/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Fermer xo‘jaliklarining kooperativ boshqaruvi
    Shirkat xo‘jaliklari negizida tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarini demokratik boshqarish tizimini yaratish, fermer xo‘jaligi faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga ishlab chiqarish va iste’mol yo‘nalishlarida o‘zaro yordam berishga qaratilgan «Fermerlar Konsepsiyasi» Nizomining maqsadi, fermer xo‘jaliklarini kooperatsiyalash jarayonini tashkil etishdan iborat.
    Kooperatsiyaning samarali faoliyati uning tarkibini tashkil etuvchi va o‘zaro bir-biriga bog‘liq subyektlarning munosabatlariga bog‘liq. Bu subyektlar quyidagilardan iborat:

    • kooperatsiya a’zolari (fermer xo‘jaliklari va ularning faoliyati bilan bog‘liq turli sohada ishlayotgan tashkilot va korxonalar);

    • boshqarishning demokratik tamoyillariga asosan, saylanadigan kooperatsiya Kengashi;

    • ijro guruhi (yollanma mutaxassislar).

    Kooperatsiyaga kiruvchi fermerlarning mustaqilligi daxlsiz bo‘lib, ular tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzadilar.



    1-chizma. «Fermer xo‘jaliklari kooperatsiyasi»ning namunaviy
    tashkiliy tuzilmasi

    Kooperatsiya Kengashi fermerlarning umumiy majlisi tomonidan bir yil muddatga tuziladi va Kengash hay’ati saylanadi. Kengash hay’ati kooperatsiyaga kirgan fermerlar soniga qarab 5-7 kishidan iborat bo‘lishi mumkin. Kengash va uning raisi jamoatchilik asosida ish yuritib, uning a’zolaridan biri bir yil muddatga Kengash raisi qilib saylanadi.


    Kengash vakolatiga quyidagilar kiradi:

    • yer, suv va boshqa resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;

    • fermerlarga mahsulot yetishtirishda ularni ixtisoslashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;

      • ekinlar navlarini tanlash va yuqori hosilli o‘simliklar urug‘larini tanlashda maslahat va tavsiyalar berish;

      • agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazishga ko‘maklashish;

      • servis xizmatidan foydalanish va servis xizmati baholarini belgilash bo‘yicha tavsiya berish;

      • tijorat banklaridan kredit olishga ko‘maklashish, kredit kooperativini tashkil qilish;

      • mahsulotlarni sotishga ko‘maklashish, fermerlar mablag‘larini birlashtirish hisobiga tayyorlov, qayta ishlash, sotish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil qilish;

      • fermerlar huquqlarini himoya qilish;

      • fermerlarni axborot ma’lumotlari bilan ta’minlab turish.

    Kooperatsiyaning tashkiliy asoslariga – kooperatsiya jarayoniga kiruvchi a’zolarning arizasi, kooperatsiyaning nizomi, uning boshqaruv kengashi va organlari, ishlab chiqarish tizimlari reja va buxgalteriya bo‘limlarini tashkil etish, texnologik jarayonni boshqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashni tashkil etish va boshqa tashkiliy omillar kiradi. Uning iqtisodiy asoslariga – moliyaviy mablag‘lar, turli shartnomalar, kooperativ to‘lovlari, badallari, soliq va boshqa to‘lovlar, kreditlar, investitsiya shu kabi iqtisodiy omillar kiradi.
    Kengash oldiga qo‘yilgan vazifalar ijro apparati orqali amalga oshiriladi.
    Ijro guruhi Kengash tomonidan tanlov asosida olingan 4-5 yollanma mutaxassislardan iborat bo‘lib, shartnoma asosida faoliyat yuritadi. Ijro guruhi mutaxassislarining maoshi fermer xo‘jaliklari daromadidan ajratma hisobiga to‘lanadi.
    Ijro guruhi mutaxassislari kooperativ Kengashiga va fermerlar umumiy yig‘ilishiga hisobot beradilar. Ijro guruhi bosh menejeri tuman hokimiyati va tashkilotlari bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi hamda fermerlar va servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar bilan munosabatlarni fermerlar bergan vakolat doirasida amalga oshiradi.
    Xullas, fermer xo‘jaliklari kooperatsiyasi qishloq xo‘jaligining quyi bo‘g‘inida boshqaruv tizimining asosiy tashkiliy va huquqiy shakli hisoblanib, sodda va demokratik tamoyillarga asoslangan bo‘lib, unda barcha kooperativ a’zolari – fermerlarni boshqaruvda qatnashishini ta’minlaydi.
    Boshqarishning bu demokratik shaklining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi va fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni samarali faoliyat yuritishi uchun kooperatsiya munosabatlarini tashkil qilish va rivojlantirishni davlat miqyosida iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘ladi. Jumladan, respublikamizda
    «Qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi to‘g‘risida» maxsus qonun qabul qilinib, unda
    qishloq xo‘jaligidagi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ixtiyoriylik asosida kooperatsiyaga a’zo bo‘lib kirishining tartibi, tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi, kooperatsiya kengashi boshqaruvini tashkil etish va uning vakolatlari doirasi, pay badallarini to‘lash miqdori, tartibi va muddatlari, kooperatsiyadan chiqish va unga a’zo bo‘lish kabi talablarning huquqiy yechimi o‘z aksini topishi zarur. Bundan tashqari, amaldagi soliqqa tortish tizimida kooperatsiya faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan imtiyozlar ko‘zda tutilishi lozim.
    Fermer xo‘jaliklarining faoliyatini o‘zaro kooperatsiya shaklida boshqarish va muvofiqlashtirib, yanada samarali ishlashlarini ta’minlashga qaratilgan ushbu uslub chet ellarda amaliy tajribalar natijasida asoslangan va dastlabki davrda fermer xo‘jaliklarining oyoqqa turishi va bosqichma-bosqich rivojlanishida muhim rol o‘ynagan.



      1. Xo‘jalikda boshqarish usullari va tamoyillari

    Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida boshqaruv usullari qishloq xo‘jaligi korxonalari oldiga qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida, yuqori sifatli qilib bajarilishini ta’minlash uchun ularga nisbatan ko‘riladigan chora-tadbirlarni va ta’sirchan usullarning qo‘llanilishini bildiradi.
    Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarishda qo‘llaniladigan barcha usullar, bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, boshqaruv usullari o‘zining tavsifiga ko‘ra iqtisodiy, ma’muriy va psixologik usullarga bo‘linadi.


    1. Download 1,43 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   122




    Download 1,43 Mb.