Respublikasi oliy va




Download 1,43 Mb.
bet37/122
Sana25.06.2024
Hajmi1,43 Mb.
#265621
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122
Bog'liq
Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

organik va mineral o‘g‘itlarni, o‘simliklarni himoyalash vositalarini tashish va yetkazib berish;

  • yem ishlab chiqarishni kimyolashtirish;

  • omborxona, fermalarni dezinfeksiyalash;

  • zavod yetkazib beruvchidan kimyoviy vositalarni qabul qilib olish, nazorat qilash va saqlashni ta’minlash;

  • yetkazib beruvchi xo‘jaliklardan shartnoma bo‘yicha franko shartli asosida kimyoviy vositalarni temir yo‘l vagonlaridan o‘zining transportigacha yetkazib berish.

    Haydaladigan yer va boshqa qishloq xo‘jaligiga foydali bo‘lgan tuproqni ekishning loyiha-smeta hujjatlarini, me’yor va mineral hamda organik ishlar- ning qabul qilingan me’yorlari «Agrokimyota’minot»ning kimyolashtirish va agrokimyo laboratoriyasidagi loyiha qidiruv stansiyasida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida kimyoviy loyiha qidiruv stansiyalari va laboro- toriyalarida amalga oshiriladigan agrokimyoviy ilmiy- ishlab chiqarish xiz- matlari davlat budjeti hisobidan shakllanadi.
    Shuning uchun Agrokimyo ta’minot xo‘jaliklari bilan maydonning tarki- biy kafolatining yaxshilanishi, berilgan tuproq unumdorligi ko‘rsatkichiga erishish bo‘yicha shartnoma tuzadi. Agrokimyo ta’minot birlashmasi shart- nomaga asosan, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha kompleks choralar amalga oshiriluvchi aniq maydonga xizmat qilishga biriktiriladi. Mutaxas- sislar o‘simliklarni yuqori aniqlikdagi programmalashtirish imkonini bera- digan o‘g‘itli aralashmaning ratsionalroq bo‘lgan me’yorini har bir may- don bo‘yicha agrokimyoviy kartaga va maydon pasportiga tayanib asoslab beradi.
    Agrokimyoviy ta’minot birlashmasi qishloq xo‘jalik korxonalariga agrokimyoviy xizmat ko‘rsatuvchi tuman (tumanlararo) ishlab chiqarish birlashmasini va xo‘jalik xizmat bazasidagi kimyolashtirish punktlarini tu- zishga javobgarlikni oladi.
    Agrokimyoviy xizmat ko‘rsatuvchi pastki (quyi) ishlab chiqarish bo‘g‘ini bu – xo‘jalik kimyolashtirish punkitidir. Ular o‘zlarida qishloq xo‘jalik kor- xonalarida kimyoviy vositalarni ishlatishda kerak bo‘lgan asosiy va aylanma vositalar, ishchi kuchi bilan ta’minlangan ixtisoslashtirilgan ajratilgan bo‘limni ifodalaydi. Kimyolashtirish punkti ishlab chiqarish punkti yoki sexlari kabi yaratiladi. U hozirgi vaqtda davlatning agrokimyoviy xizmat takliflarini asosiy ishlab chiqaruvchi bo‘g‘inidir. Shuningdek, hozirgi vaqtda yirik xo‘jaliklarda kimyolashtirish bo‘limi mavjud, boshqalari faqat hosildorlikka ajratish uchun tashkil qilinadi, asosan uchastka va bo‘linmalar soniga bog‘liq bir bo‘linmaning o‘zi har doim barcha ishlab chiqarish brigadalarida xizmatni sifatli tashkil etishga qodir.
    O‘zbekistondagi qishloq xo‘jalik korxonalarida tuzilgan kimyolashtirish punkti ishlab chiqarishga kimyolashtirish vositalarini qo‘llash xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Mamlakatimizning bir qancha tumanlarida xo‘jaliklararo kimyolashtirish punktlariga va o‘z faoliyatini to‘liq xo‘jalik hisobi asosida tashkil qilgan «Agrokimyota’minot» aksiyadorlik jamiyatining tuman (tumanlararo) filiallarining rivojlanishiga ega bo‘ldi. Kimyolashtirish punktlariga asosiy vositalar, omborxonalar, o‘lchash qurilmalari, shiyponlar, texnika, qishloq xo‘jalik aviatsiyasi uchun uchish-qo‘nish yo‘lakchalari, jihozlar, texnik xizmat ko‘rsatish uchun yuvish joyi va boshqalar biriktiriladi. Xo‘jaliklararo kimyolashtirish punkti tarkibida bir yoki bir necha mexanizatsiyalashgan bo‘linmalar tashkil qilinadi, ulardan har biri
    komplekslashgan va ixtisoslashgan bo‘limlardir:

      • kimyoviy vositalar omborlarida tayyorlash va ortish-tushirish ishlari bo‘yicha bo‘lim;

      • organik o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘limi;

      • mineral o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘limi;

      • o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash bo‘limi;

      • traktorlarga, avtomobil va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish punktlari.

    Agrokimyota’minot aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini yaratadi, ya’ni viloyat va tuman darajasida kimyoviy vositalardan samarali foydalanishga muhim zamin yaratadi.
    Yagona ixtisoslashgan agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish maqsadida bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmat
    ko‘rsatishning xo‘jalik hisobiga o‘tishi hamda samara va sifatni oshirishga yo‘naltirilishi, yuqori yakuniy natijaga erishishdan iqtisodiy manfaatdorlikni oshirish, kimyoviy vositalarni yo‘qolishini kamaytirishni tashkil qilish. Buning barchasi qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining keyinchalik ham o‘sishini va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish mahsulotlari hajmini oshirishni ta’minlashi shart.
    Agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish turli shakllarining rivojlanishi uning xo‘jalik bilan o‘zaro aloqasining o‘ziga xos xususiyatini, ya’ni yer usti va aviatsiya agrokimyoviy ishlar va ularni agrokimyoviy vositalar bilan ta’minlovchi tomonlar bilan tuzilgan shartnomalarni boshqarishni yaratdi. Shartnomada birgalikda bajariladigan barcha turdagi ishlab chiqarish va qidiruv ishlari, ularning hajmi va qiymati, moliyalashtirish manbalari ko‘rsatiladi (ohak bilan o‘g‘itlash, fosforlash va texnikaviy ishlar budjet mablag‘lari hisobidan bajariladi).
    U yoki bu xo‘jalikdagi ishlarning bajarilish muddati grafik bo‘yicha amalga oshiriladi. Odatda, har bir xo‘jalikda bo‘limning ish muddati 2-3 haftadan oshmaydi. Agrokimyota’minotni saqlab turgan vositalar manbayi, uning shartnoma bo‘yicha bajargan ish va xizmatlaridan olingan daromad hisoblanadi. Ish natijasi shartnoma bo‘yicha olingan pul vositalari va agrokimyoviy xizmat va faoliyatni ta’minlash xarajatlari farqi sifatida aks ettiriladi. Agrokimyoviy ishlardan olingan daromad va foydani tuman birlashmalarining asosiy fondlarini shakllantirishning yagona manbayi bo‘lib xizmat qiladi, shuning uchun o‘z vaqtidagi o‘zaro hisob-kitob hamda birlashma oladigan bajarilgan ish va foyda hajmiga bahoni asoslash tizimini boshqarish asosida shartnomalarning sifatli yakunlanishi mumkin.
    Rejali iqtisodiyot davrida qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish bo‘limlari yirik qishloq xo‘jalik tarkibida tuzilgan va kimyolashtirish xizmatlari ichki xo‘jalik tizimi asosida amalga oshirilgan. Agroximservis korxonalari esa
    «ta’minotchi» sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Endilikda agroximservis xizmatlari turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik shakllari talabidan kelib chiqqan holda quyidagicha ta’riflanadi.

    Download 1,43 Mb.
  • 1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122




    Download 1,43 Mb.