|
«O‘zqishloqxo‘jalikkimyo» XAJning huquqiy asoslari
|
bet | 39/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1«O‘zqishloqxo‘jalikkimyo» XAJning huquqiy asoslari. Qishloq xo‘jalik korxonalariga mineral o‘g‘it, organik o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini yetkazib berish va servis xizmatlari ko‘rsatish 2004- yilgacha «O‘zqishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik kompaniyasi va ularning viloyat, tuman va tumanlararo birlashmalari zimmasida edi.
Mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish, kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish va sotilishini yaxlit tuzilmasini yaratish, ularning qishloq xo‘jaligiga yetkazib berilganligi uchun hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash, hududiy agrokimyo xizmatlarining mas’uliyatini oshirish, ular va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilash maqsadida, 2004-yil 23-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.
Bu Qarorga ko‘ra, «Qishloqxo‘jalikkimyo» DAK tugatildi. «Qishloq-
xo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik birlashmalari «O‘zkimyosanoat» DAK tarkibiga berilib, «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining vazifasi qilib quyidagilar belgilab berildi:
o‘z tumanlararo va tuman filiallari orqali tegishli hudud bo‘yicha haqiqiy talabni o‘rganishni buyurtmanomalarda umumlashtirish hamda pirovard iste’molchilar – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarining aniq turlarini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzish;
har yili 1-oktabrdan kechiktirmay, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi- larining buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida respublika viloyatlari bo‘yicha mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalariga bo‘lgan ehtiyoj bashoratini shakllantirishni hamda mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarida ishlab chiqarish bo‘yicha kelgusi yil dasturini o‘z vaqtida tayyorlash uchun «O‘zkimyosanoat» DAKga taqdim etadi;
2004-yildan boshlab ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mineral o‘g‘itlarning asosiy turlarini va defoliyentlarni ulgurji sotish yuzasidan tashkil etiladigan yarmarka savdolarida «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik jamiyatlari ulgurji xaridorlar sifatida ishtirok etadilar.
«O‘zkimyosanoat» DAKning mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan vositachilik shartnomalari bo‘yicha va
«Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining omborlarida javobgarlik ostida saqlash uchun mineral o‘g‘itlar jo‘natish taqiqlangani uchun,
«O‘zkimyosanoat» DAK tarkibiga kiruvchi mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi korxonalarga maxsus jihozlangan omborxonalar ajratib berildi. Shuningdek, yuqoridagi qarorga binoan «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining chakana savdo tarmog‘i orqali dehqon va fermer xo‘jaliklariga sotiladigan mineral o‘g‘itlar va kimyoviy preparatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining olib tashlanishi «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik jamiyatining huquqiy asosini kuchaytirdi.
|
| |