|
Respublikasi oliy va
|
bet | 47/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda pestitsidlardan foydalanish yo‘llari. Zararli hasharotlar qarshi kurashish kimyoviy vositalari (o‘simlik zararkunandalari va kasalliklari, ildizni zararlovchilar, qishloq xo‘jaligi mahsulotini buzuvchi zararkunandalar va mikroorganizmlar, insonlar va hayvonlarga kasallik tashuvchilar va zarurkunandalar) yagona nom bilan ifodalanadi – pestitsid (lotinchadan olingan Pests – zararkunanda va cide– o‘ldirish).
Pestitsidlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
insektitsidlar – zararli hasharotlarga qarshi kurashish uchun, uning turlari: afitsidlar va isektoalaritsidlar;
fungitsidlar – o‘simliklarning zamburug‘li kasalliklariga qarshi;
gerbitsidlar – o‘simlik ildiz kasalliklariga qarshi va boshqalar.
Pestitsidlarning, shuningdek, o‘simlik o‘sishini tezlashtirishga va sekinlashtirishga, bargni to‘kishga ishlatiladigan aralashmalar (defoliantlari); o‘simliklarni qurituvchi (desikentlar), davolovchi (attraktantlar) va sterlovchi (xemostreriyantlar) turlari mavjud.
Gerbitsidlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: anorganik va organik gerbitsidlar. Anorganik gerbitsidlar: natriy xlorit, natriy rodaniy, ammoniy sulfat, kaliy siyenid, kalsiy sianamid, sulfat kislota, natriy nitrat.
Xalqaro shartnomalarga muvofiq, nihoyatda xavfli zararkunandalarga qarshi kurash boshqa davlatlar bilan amalga oshiriladi. Gerbitsidning tanlab ta’sir etuvchi turi foydali o‘simliklarga ta’sir o‘tkazmay, yovvoyi o‘simliklarni yo‘qotadi. Yalpi qiruvchi gerbitsidlar esa barcha o‘simliklarni nobud qiladi. Gerbitsidlar eritmalar, suspenziyalar, kukun, donador holatda ishlatiladi.
Mamlakat hududida, 1500 turdan ortiq zararkunandalar bor, ulardan 70 tasi xavfli va 25 tasi o‘ta xavflidir. Dunyoda ularning soni 200 dan ortiq – xavfli va 80 dan ortiq – o‘ta xavflisi mavjud.
O‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashish bo‘yicha fungitsidlar 2 ta asosiy guruhga bo‘linadi:
O‘simlik kasalliklarini davolash (tarqalish) yoki oldini olish maqsadidagi himoya aralashmalari (preparat) mis va simobning noorganik aralashmasi, sineb, polikarbatsin, kaptan, ftalen va boshqalar. Himoyalovchi fungitsidlar kaptangli yoki sistemali ta’sir etuvchi turlar bo‘lishi mumkin.
Davolovchi aralashmalar (preparatlar), temir kuporosi, nigroaralashma, figon, polisulfad.
Jahonda fungitsidlarning 100 dan ortiq turi mavjud.
Urug‘larni profilaktik dorilash – qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi kimyoviy kurashning samarali bir turidir. Dorilar zararli mikrofloralarni neytrallashtiradi, kombinatsiyalashgan dorilar esa tuproq kasalliklariga qarshi kurashishi kerak. Rtutorganik dorilar universal zamburuqqa qarshi va bakteriyalarga qarshi ta’sir etuvchi xarakterga ega. Kimyoviy urug‘larni dorilashdan tashqari ayrim o‘simlik urug‘larini dorilashga (sholi, sabzavot, g‘alladan) biopreparatlar (antibiologiklar) qo‘llaniladi.
Respublikada agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish takomillashib bormoqda. Bu esa qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l hosil olish, uni to‘la saqlash va erta yetiltirishda muhim rol o‘ynamoqda. Qishloq xo‘jaligi ekinlari va hosilni ekologik usulda himoya qilishda zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurashish ham davom ettirilmoqda. Chunki ekinlar va ular hosilining 1 mln. tonnasi zararkunandalar va kasalliklar evaziga nobud bo‘ladi. Hasharotlarga qarshi o‘z vaqtida, ta’sirchan chora–tadbirlar ko‘rilmasa, fermerning yil davomida qilgan mehnatlari behuda ketishi mumkin.
Fermerlar ko‘sak qurti keltiradigan ofatni yaxshi biladilar. Har yili ko‘sak qurti 50-60% hosilni nobud qilishi mumkin.
Kemiruvchi zararkunandalar, ildiz qurti va ko‘sak qurtlari hosilni zararlayotganligini bevosita kuzatish mumkin. Shira va o‘rgimchakkana keltirgan zarar hosil yig‘ishtirib olingandan keyin ma’lum bo‘ladi. Bu zararkunandalardan zaiflashgan ko‘chat kam hosil beradi va to‘liq pishib yetilmaydi.
Zararkunandalarga qarshi kurashni va profilaktika ishlarini to‘g‘ri tashkil etish zarur. Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashni to‘g‘ri tashkil qilish uchun zararkunandalarning paydo bo‘lish paytini, tarqalgan ko‘lamini va zarar keltirish davrini aniq bilish lozim. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar yetkazayotgan asosiy zararkunandalarning turlari, hayoti, tarqalishi, hosilga yetkazayotgan zararini o‘rganamiz.
|
| |