• Fermer xo‘jaliklariga konsalting xizmat ko‘rsatish yo‘llari.
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet55/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    4-rasm. Fermer xo‘jaliklari ta’sischilari bo‘lgan muqobil mashina- traktor parklarining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasining tavsiya
    qilinayotgan sxemasi
    Agrar siyosatning ustuvor vazifalaridan biri servis xizmatlarini rivojlantirishda davlat tomonidan moliyaviy, kredit, soliq, valuta va baho siyosati hamda zarur qonuniy hujjatlarni qabul qilish va boshqalar muhim o‘rin egallaydi. Bularni amalga oshirishda va muqobil MTPlarning rivojlanishida davlatning qo‘llab-quvvatlash siyosatini izchil yo‘naltirish lozim, bizningcha, buni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borish zarur:

    • moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish;

    • bank muassasalari bilan iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarni mustahkamlash;

    • soliqqa tortish tartibini soddalashtirish va unifikatsiyalash;

    • sug‘urtalash tizimini takomillashtirish va boshqalar.

    Fermer xo‘jaliklariga konsalting xizmat ko‘rsatish yo‘llari. Bozor tizimi faoliyatini tashkil etuvchi konsalting xizmatini tashkil etish mahsulotlar, xizmatlar, pul, qimmatli qog‘ozlar, ishchi kuchi, xizmat ko‘rsatuvchi o‘zaro bir-biriga bog‘langan tashkilotlar tizimidir.
    Bunday tashkilotlar – institutlar yoki bozor xo‘jaligi infrastrukturasi
    deyiladi.
    Bozor infratuzilmasi – mahsulot (xizmat) ishlab chiqaruvchi va iste’molchini yagona bozor makonida bog‘lovchi, institutlar va vositachi strukturalar tizimidir.
    Bozor infratuzilmasining asosiy funksiyalari: tadbirkorlik faoliyatini kreditlash; tadbirkorlik xavfini sug‘urtalash; mahsulotlarni transport tizimi orqali yetkazib berish; tadbirkorlikni ro‘yxatga olish; bitimlarni ro‘yxatga olish; tadbirkorlar huquqini yuridik himoyalash; tadbirkorlarga konsalting, injinering, auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.
    Infrastruktura quyidagi vazifani bajaruvchi asosiy 9 ta blokdan iborat: 1. Tadbirkorlarni o‘qitish va tayyorlash. 2. Xususiy tadbirkorlikni ro‘yxatga olish.
    3. Moliya-kredit tizimi. 4. Ulgurji-vositachilik strukturalari. 5. Birja bozorlari.

    1. Agroxizmatlar bozori. 7. Xizmatlar bozori. 8. Transport xizmati. 9. Tashqi iqtisodiy aloqalarni ta’minlash.

    Bunday institutlarsiz bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tasavvur qilib ham bo‘lmaydi. Hukumatimiz tomonidan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida yuqoridagi tashkilot va muassasalarni tashkil etishga katta e’tibor berildi.
    Qishloq xo‘jaligi – O‘zbekiston iqtisodiyotining asosi, qishloq xo‘jalik tarmog‘i hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida bozor infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirish qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga shart-sharoit yaratishda, qishloqni yangilash va qayta qurishda, qishloqda agrar munosabatlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Bozor infratuzilmasi subyektlaridan biri – maslahat xizmati bo‘lib, bu tadbirkorlarga, u qaysi tarmoqda xizmat qilishidan qat’i nazar mahsulotlar, moddiy-texnika resurslari bozoridagi talab va taklif, narx-navo to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib tahlil qiladi. Fermer xo‘jaligini tashkil etish, ishlab chiqarish texnologiyasi, biznes-reja tuzish va boshqarish borasida maslahatlar beradi.
    Boshqaruv masalalari bo‘yicha konsultatsiya berish fermerlar oldidagi amaliy vazifalarni yechishda va tahlil qilishda ko‘maklashuvchi, shuningdek, boshqalar tajribasini o‘rganishda yordam beruvchi muhim professional xizmat hisoblanadi. Boshqaruv bo‘yicha konsultatsiyalar berish fermerning muhim xo‘jalik bo‘yicha qarorlarini qabul qilishdagi tayyorgarligi hamda konsalting xizmati jarayonida rahbarlar, maslahatchilar bilan tajriba almashinish imkoniyati tug‘iladi.
    Konsalting xizmati shartnoma asosida va maxsus tayyorlangan malakali mutaxassislar yordamida amalga oshiriladi. Mutaxassislar fermerlar oldidagi muammolarni aniqlashda, ko‘rsatilgan muammolarni yechishda kerakli ko‘rsatmalarni taklif etadilar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda ko‘maklashadilar.
    Maslahatchi maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi, boshqaruv muammolarii yechishda ma’lum bir amaliy tajribaga ega bo‘lishi, kerakli ma’lumotlarni izlab topa olishi, muammoni chuqur tahlil qila olishi va mulohaza qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Professional maslahatchilar yangi maxsus adabiyot- larni, yangi qonunlarni va ilmiy markazdagi tadqiqotlarni kuzatib boradi.
    Bunday maslahatchilar boshqaruv sohasi bilan bir qatorda boshqa xizmatlarni – tashqi moliyaviy audit, buxgalterlik xizmati, yuridik xizmatlar, informatsion xizmatlar, investitsiyalar bo‘yicha maslahatlar beradilar va xizmatlar ko‘rsatadilar.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122




    Download 1,43 Mb.