• Umumiy boshqaruv bo‘yicha konsalting xizmatlari
  • Administratsiya faoliyati bo‘yicha konsalting xizmatlari
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet56/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Konsalting – boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar tomonidan turli xil xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rivojlanishi, yuzaga kelgan muammolarni yechish yo‘llarini ko‘rsatuvchi birgalikda qarorlar ishlab chiqish orqali ishlab chiqarishga professional ko‘maklashishdir.
    Konsultantlar rahbarlardan quyidagi jihatlar bo‘yicha ustun turadi:

      1. Ularning mustaqilligi.

      2. Ularning dunyoqarashi kengligi, menejment va xo‘jalikning turli sohalarida keng tushunchaga ega bo‘lganligi.

      3. Ularning boshqa tashkilotlarning tajribasini o‘rganishga va qo‘llashga yo‘nalganligidir.

    Hozirgi paytda quyidagi asosiy konsalting xizmatlarining 8 guruhi mavjud.
    Bular:

    1. Umumiy boshqaruv bo‘yicha konsalting xizmatlari: boshqaruv tizimining samaradorligini aniqlash; biznesni baholash; innovatsiyalarni boshqarish; bozor konyunkturasini va raqobatbardoshligini o‘rganish; biznesda yangi tarmoqlarni tashkil qilish; boshqaruvni baholash; xususiylashtirish; proyektlarni boshqarish; tadqiq qilish va rivojlantirish; strategik rejalash.

    2. Administratsiya faoliyati bo‘yicha konsalting xizmatlari: ishchi xonalarni joylashtirish va rejalash; kanselyariya ishini tahlil qilish; ofisni boshqarish; bo‘limlarni joylashtirish; xavfsizlikni ta’minlash; xavfsizlikni boshqarish.

    3. Moliyaviy boshqaruv bo‘yicha maslahat xizmatlari: hisob tizimi; kapital xarajatlarni baholash; firmaning xo‘jalik aylanmasi; mahsulot va xizmatlar xarajatini pasaytirish; bankrotlik; daromadni oshirish; foydani oshirish; soliq va soliq qonunchiligi.

    Oxirgi paytda ko‘pchilik fermer xo‘jaliklarida paydo bo‘lgan moliyaviy muammolar ularning moliyaviy resurslarini to‘g‘ri ishlatmasligi natijasidir. Shuning uchun biznesning moliyaviy konsaltingi ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
    Moliyaviy konsultantlar fermerlarga asosiy moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahatlar beradilar: xo‘jalik va korxona faoliyatining moliyaviy tomoniga tegishli bo‘lgan qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va nazorat qilish; moliyaviy resurslarning hajmini, muddatini maqsadga muvofiq aniqlash; aylanma mablag‘ni oshirish; moliyaviy oqim harakati boshqaruvini takomillashtirish; xo‘jalik xarajatlarini optimallashtirish; korxonaning bozordagi holatini istiqbollash; biznes-rejalar tuzish va amalga oshirish.
    Biznes-reja o‘z ichiga rejaning moliyaviy balansini, sotib olish va sotish rejalarini, pul mablag‘lari harakati rejasini, foyda rejalarini oladi. Shuning uchun maksimal foydali va rentabellikka ega bo‘lgan biznes-reja tuzish juda muhimdir. Bular quyidagilar: vaqtincha bo‘sh mablag‘larni ratsional boshqarish; moliyani boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimni qo‘llash; moliyaviy-iqtisodiy maqsadlarni aniqlash; daromad, foyda, rentabellik, shaxsiy kapital bo‘yicha rejalar tuzish; moliyaviy strategiyani aniqlash; soliq sohasidagi siyosatni shakllantirish; to‘lov vositalari strukturalarini aniqlash va uni to‘lashning qulay shaklini topish; xo‘jalik budjetini tuzish.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122




    Download 1,43 Mb.