• Feromon tutqichlardan foydalanish
  • Muqobil mashina-traktor parklarining tashkiliy va huquqiy asoslari
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet52/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Ko‘sak qurti bilan zararlanish darajasini aniqlashda har gektar maydondan 1 tadan namuna olinadi. Namunada 100 ta o‘simlik bo‘lib, ularning nechtasida qurti va tuxumi borligi, qurtlarning yoshlari va shu o‘simlikdagi foydali hasharotlar oltin ko‘z va xonqizi soni alohida hisobga olinadi. Dala nazoratchisi shu asosda tayyorlangan ma’lumotlarni zararkunandalarga qarshi kurash shtabiga yetkazishi va ana shu ma’lumotlar asosida biologik yoki kimyoviy usulda kurash olib borilishi kerak.
    Feromon tutqichlardan foydalanish – fermer xo‘jaliklarda feromon tutqichlar bilan ishlash agronom – entomolog va nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda har bir feromon tutqich belgilangan raqamga ega bo‘lishi va uning natijalari nazoratchilar tomonidan maxsus daftarchaga yozib borilishi shart. Feromon tutqich bir necha asosiy qismlar: uyacha, maxsus entomologik kley, kley surtiladigan qog‘oz va jinsiy feromon shimdirilgan 1,5 smli rezinka naychadan iborat bo‘ladi. Feromon tutqich oldindan yig‘ilib, nazorat uchun avvaliga 10 gektariga bitta, kapalaklar ucha boshlagandan so‘ng bir gektarga 2 donadan o‘rnatiladi. Uni shamol yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dastavval, uch kunda bir, kapalaklar ucha boshlagandan so‘ng esa har kuni nazorat qilinib, unga tushgan kapalaklar soni alohida daftarga yozib boriladi, eskirib qolgan yelimli qog‘oz yangisi bilan almashtirib turiladi. Ko‘sak qurtining kapalaklari, asosan, kechki paytda va tunda uchadi. Shuning uchun ularni kechki salqinda o‘rnatib, ertalab nazorat qilgach, yana yig‘ishtirib olib qo‘yish yaxshi natija beradi, chunki jinsiy feromon kapsulasini jazirama issiqdan saqlash hisobiga uni 10 kun emas, balki 15-20 kun ishlatish imkoniyati tug‘iladi. Jinsiy feromon kapsulasini sovutgichda yopiq shisha idishlarda bir yilgacha saqlaganda ham o‘z faolligini yo‘qotmaydi.

      1. Muqobil mashina-traktor parklarining tashkiliy va huquqiy asoslari

    Islohotlarni chuqurlashtirishning texnologik omillaridan: texnik servis ko‘rsatish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, qishloqda texnika vositalaridan samarali foydalanish va agrotexservis xizmati tizimida raqobat muhitini vujudga keltirish maqsadida texnik servis xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat mulk shaklidagi muqobil MTPlarni tuzish obyektiv zaruratdir.


    Respublika Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi № PF-3342 sonli
    «2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan mamlakatimiz bo‘yicha 2002-yilda 129 ta muqobil MTPlar tashkil etilgan bo‘lsa, 2007-yilda 292 ta yoki 2002-yildan to shu kungacha 976 ta muqobil MTPlar faoliyat yuritmoqda.
    Muqobil MTPlarning huquqiy asoslari deganda, agrotexservis tizimidagi bu yangi xo‘jalik subyektini tashkil etishda va faoliyat turini belgilab berishda mavjud qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa bir qator, me’yoriy hujjatlarni tushunish lozim.
    MTPlarning tashkiliy asoslariga qanday va qaysi mulk shakli asosida tuzish, ularning moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash hamda boshqa bir qator tashkiliy masalalar ham kiradi.
    Tashkiliy tomondan bu korxonalar aksioner jamiyatning, ya’ni texnika ishlab chiqaruvchi zavodning ikkilamchi tuzilmasidir (ustav kapitalining 20% aksioner jamiyatga tegishlidir). Texnik markazlar u yoki bu hududda mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlarning vakili sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Shu sababli ularning vazifalariga mashinalar, uskunalar, ehtiyot qismlarni sotish, ularni sotishga tayyorlash, montaj va ishlatish, kafolat muddati davomida va undan keyingi texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kabi vazifalar kiradi.
    Muqobil MTPlarning yana bir shakli, bu fermerlarning texnikadan birgalikda foydalanish kooperativlaridir, texnikadan foydalanishning bu usuli qo‘shni mamlakatlarda qo‘llanilib, ijobiy natijalar bermoqda. Muqobil MTPlarning yana bir shakli, bu xususiy tartibda tashkil etilgan MTPlardir.
    Shirkat xo‘jaliklari ustaxonalari negizida (MTPlari) muqobillik asosida tashkil etiladigan mashina-traktor parklari qishloq ishlab chiqarish infratuzilmalarining yangi subyekti sifatida mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, qishloq xo‘jalik korxonalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar va aholiga texnik servis xizmat ko‘rsatadi. Shirkat
    tarkibidagi mashina-traktor parki o‘z tasarrufidagi hamda uning xizmatidan foydalanuvchi o‘zga subyektlar texnika va boshqa asosiy vositalari bazasida kafolatli servis xizmatini tashkil qiladi.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122




    Download 1,43 Mb.