|
Respublikasi oliy va
|
bet | 48/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1ILDIZ QURTI – 160 turdan ko‘proq o‘simliklarni, jumladan, makkajo‘xori, g‘o‘za, ildiz mevali va kuzgi g‘alla ekinlarini kuchli zararlaydi. Ildiz qurti respublikada keng tarqalgan. Ildiz qurti kapalagining qanotlari yozilganda, 4 smgacha yetadi. Oldingi qanotlari qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish rangda tovlanib turadi. Oldingi qanotining qoramtir yuraksimon dog‘i bor, keyingi qanotlari oq. Tuxumi gumbazsimon, oqish, sirti qovurg‘achali, rivojlangan sari qoraya boradi. Qurtning uzunligi 5 sm gacha yetadi. Ekilgan chigitni yoki endi unib chiqayotgan g‘o‘za ildizini shikastlab, nihollarni siyraklashtirib yuboradi. Ildiz qurtini aniqlash uchun, ertalab dalalar ko‘zdan kechirilsa, yangi
yiqilgan yoki so‘ligan ko‘chatlarning tagi 5-10 sm qazilsa, rangsiz yoki yer osti rangiga o‘xshagan kichkina, bir- ikki yoshli yoki kulrang uch-besh yoshli qurtlarni ko‘rish mumkin. Ildiz qurtining boshqa qurtlardan farqi shuki, uni qo‘lga olish bilan darrov kulcha ko‘rinishida o‘ralib oladi. Ildiz qurti bir yilda uch marta avlod beradi. Paxtachilikda, asosan, birinchi avlodi o‘ta zararli hisoblanadi. Kapalaklar mart oyining oxiri, aprel oyining boshida ucha boshlashadi. Har bir kapalak o‘rtacha 500-600 tadan tuxum qo‘yadi.
Agrotexnik tadbirlar – ekindan bo‘shagan yerlarni kuzda chuqur shudgorlash, yaxob suv berish, dala chetlaridagi ildiz qurtlari qishlaydigan begona o‘tlarni olib tashlash, ekin maydonlarining atrofidagi tut daraxtlarini butash va ostini yumshatish zararkunanda tarqalishining oldini oluvchi asosiy omillardir. Mart oyining oxiri, aprel oyining boshlarida ildiz qurtining kapalaklariga qarshi zararlangan maydonlarda yagona va o‘toq qilish ma’lum muddatga kechiktirilib turiladi.
Biologik usul – bunga uch marta trixogramma tarqatiladi. Dastlab ildiz qurti tuxum qo‘yishi boshlanishi bilan har gektar hisobiga 60 ming, ikkinchi marta 80 ming dona, uchinchi marta 60 ming dona trixogramma tarqatiladi.
Kimyoviy usul – tunda ildiz qurtiga qarshi har gektar maydon hisobiga 60 kg kunjara, Karate 0,5 l, Siperfos 1,5 l yoki NRU – 0,5 agregatlari yordamida g‘o‘za ekilgan maydonlarga tunda sepiladi.
|
| |