|
O‘simliklar zararkunandalariga
|
bet | 46/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1O‘simliklar zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashish zaruriyati. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifati va salmog‘ini oshirishda turli tashkiliy tadbirlar amalga oshiriladi. Ayniqsa, agrokimyoviy tadbirlarni amalga oshirish hosilni oshirib qolmay, uning sifatini ham yaxshilaydi. Shuning uchun kimyoviy vositalardan samarali foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Mineral o‘g‘itlar ekinning hosildorligini, tuproq unumdorligini va mahsulot sifatini yaxshilaydi. Zaharli ximikatlar esa, zarurkunanda hasharot va kasalliklarga qarshi kurashishda qo‘llaniladi. Har yili o‘rtacha 1 mln. tonna paxta, 1 mln. tonna g‘alla qurt, zararkunandalar tomonidan nobud bo‘ladi. Bunga qarshi kurashish uchun oxirgi yillarda zaharli ximikatlarning 35000 xili sinovdan o‘tkazilib, 300 dan ortiq xili amalda samarali qo‘llanilib kelinmoqda. Sobiq sovet tuzumi davrida zaharli ximikatlardan foydalanish me’yorga nisbatan, ba’zan 2-3 barobar ko‘p ishlatilardi. Bu ximikatlar atrof- muhitga hamda inson organizmiga salbiy ta’sir o‘tkazardi.
O‘simliklarga, asosan, xonqizi, kuya, oqpashsha, ko‘sak qurti va boshqa
hasharotlar zarar yetkazardi. Ularga qarshi kurashishda turli usullardan foydalanilardi. Asosan, zararkunandalarga qarshi kurashish samolyotda, qisman texnikada olib borilardi. Endilikda batamom samolyotda pestitsidlarni sepish to‘xtatildi. O‘simliklarga ishlov berish faqat texnika yordamida amalga oshirilmoqda. Inson salomatligi, atrof-muhitni muhofaza etish maqsadida turli usullardan foydalanilmoqda. Ayniqsa, biologik usul bilan kurashish yaxshi natija bermoqda. Zararkunandalarga qarshi trixogramma, gabrabrakon va biomateriallardan keng foydalanilmoqda. Bu atrof-muhitni tozalashdan tashqari sarf-xarajatlarni kamaytirish manbayidir.
G‘o‘zaning asosiy kasalliklari – ildiz chirishi, gommoz va vilt hisoblanadi. O‘simlik zararkunandasi – tiris, ishralar, oqkanop, tunlanlar, ko‘sak qurtidir.
Qishloq xo‘jaligi amaliyotida ma’lum bo‘lgan 30 mingdan ortiq zarar yetkazuvchi kasalliklar, 100 mingdan ortiq xavfli hasharotlar mavjud.
Ushbu kasallik va hasharotlarga qarshi samarali himoya amalga oshirilganda, g‘alla ekinlari-25 %ga, paxta-27,5 %ga, qand lavlagi-25,5 %ga, kartoshka-31,5 %ga, sabzavot ekinlari-27,0 %ga, bog‘ ekinlari-29 %ga va uzumlarni-32 %ga oshirish imkonini beradi. Natijada o‘simliklarni himoya qilishni kuchaytirish orqali mamlakatda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 25 %gacha ortadi.
Bu kasallik va hasharotlarga qarshi kurashda ko‘plab preparatlar kashf qilingan va ular amaliyotda keng foydalanilmoqda. Lekin bu zararli hasharot
va kasalliklarning ayrim turlarini preparatlarga tez moslashayotganligi yangi preparatlarni kashf qilishni talab qiladi. Chunki bu qishloq xo‘jaligining doimiy zaruriyati bo‘lib qoladi.
|
| |