• Organik o‘g‘it tarkibidagi azot, fosfor va kaliy miqdori, me’yori.
  • 2005-yilda Respublika qishloq xo‘jaligi bo‘yicha organik o‘g‘it hajmining aniqlanishi.
  • Ko‘kat o‘g‘itlar yoki sideratlar
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet44/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Yangi go‘ngning tarkibi, % da.



    Tarkibi

    Somonli to‘shama

    Torfli to‘shama

    aralash

    sigir

    ot

    qo‘y

    cho‘chqa

    sigir

    Ot

    Suv

    75

    77,3

    71,3

    64,6

    72,4

    77,5

    67,0

    Organik moddalar

    21

    20,3

    25,4

    31,8

    25,0

    -

    -

    Umumiy azot

    0,50

    0,45

    0,58

    0,83

    0,45

    0,60

    0,80

    Ammiakli azot

    0,15

    0,14

    0,19

    -

    0,20

    0,18

    0,28

    Fosfor (P2O5)

    0,25

    0,23

    0,28

    0,23

    0,19

    0,22

    0,25

    Kaliy (K2O)

    0,60

    0,50

    0,63

    0,67

    0,60

    0,48

    0,53

    Kalsiy (CaO)

    0,35

    0,40

    0,21

    0,33

    0,18

    0,45

    0,44

    Magniy (MgO)

    0,15

    0,11

    0,14

    0,18

    0,09

    -

    -




    Kuniga 30-40 tonna go‘ngning parchalanishidan 35 dan 65 kggacha CO2 karbonat angidrid ajralib chiqadi. Bu esa o‘simlikning uglerod bilan oziqlanishini ancha yaxshilaydi. O‘simliklar birinchi yili go‘ng tarkibidagi umumiy fosforning taxminan 30-40 foizini va kaliyning esa 60-70 foizini o‘zlashtiradi.


    Parranda go‘ng o‘simliklar tomonidan oson o‘zlashtiriladigan tarkibida azot, fosfor va kaliy bo‘lgan tez ta’sir etuvchi o‘g‘itlardan hisoblanadi. U hamma
    ekinlar uchun asosiy o‘g‘it sifatida beriladi. Bu xildagi o‘g‘it yerni asosiy ishlash vaqtida tuproqqa plug yordamida ko‘mib ketiladi. Respublika qishloq xo‘jaligida organik o‘g‘itlardan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki organik o‘g‘it tuproqning unumdorligini oshirib qolmay, ekin hosildorligini ham oshiradi. Mahsulot sifatini yaxshilaydi, undan tashqari, sovet tuzumi parchalanib ketishi bilan mineral o‘g‘itlarni talab bo‘yicha yetkazib berish imkoniyati bo‘lmay qolmoqda. Chunki ayrim ma’dan o‘g‘itlarini hamdo‘stlik davlatlaridan olib kelishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa o‘g‘it tannarxini keskin oshirib yubormoqda. Shuning uchun organik o‘g‘itlardan kompost tayyorlab, sug‘orish orqali shimdirilgan holatda ekinga berish yaxshi natija bermoqda. Paxta hosildorligini 3-4 s/ga oshirishga imkon yaratib, gektaridan 78–104 ming so‘m qo‘shimcha daromad keltirmoqda. Don ekinlarida esa 6–7 s/ga yoki 54–63 ming so‘mni tashkil etmoqda. Oldimizda turgan asosiy muammo organik o‘g‘itlarni o‘z vaqtida to‘plab, undan sifatli kompost tayyorlab qishloq xo‘jaligiga yetkazishdan iboratdir. Biz, avvalo, respublikadagi mavjud organik o‘g‘it hajmini aniqlab olishimiz kerak. Shunda uni talab va taklifga asosan, ta’minlab berish va undan kompost tayyolash imkoniyati yaratiladi. Organik o‘g‘it hajmini ikki xil usul bilan hisoblash mumkin. Birinchidan statistik ma’lumotlar orqali, ikkinchidan me’yoriy hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Me’yoriy ko‘rsatkichlar asosida organik o‘g‘itni har bir hayvonot turi bo‘yicha bir kunlik go‘ng va uni tarkibidagi NPK miqdori asosida belgilanishini 7.3.4 -jadvaldan ko‘rib chiqamiz.


    7.3.4-jadval
    Organik o‘g‘it tarkibidagi azot, fosfor va kaliy miqdori, me’yori.

    Chorva va parranda turi

    1 sutkadagi chiqadi- gan go‘ng miqdori

    1 tonna go‘ngda, kg

    (N),

    (P2O5)

    (K2O)

    Qo‘y (quruq)

    1 kg

    16

    5

    14

    (nam)

    1 kg

    8

    2.5

    7

    Ot

    15 kg

    6

    3

    5

    Aralash

    -

    3.5

    2

    5

    Qoramol

    15 kg

    4

    2.5

    5

    Cho‘chqa

    1 kg

    4

    2

    6

    Parranda

    20 gramm

    34

    16

    8

    Ipak qurti (nam)

    -

    25

    5

    -

    (quruq)

    -

    50

    10

    -

    Fekalli (o‘rada)

    -

    4,5

    1,5

    1,5

    (kompost qilingan)

    -

    6

    2

    2

    Berilgan me’yor orqali respublikadagi mavjud mollar sonini kunlik go‘ng chiqarish me’yoriga ko‘paytiriladi va bu yig‘indini 365 kunga ko‘paytirilsa, yillik me’yoriy organik o‘g‘it hajmini azot, fosfor va kaliy me’yorik ko‘rsatkichiga ko‘paytirish yo‘li bilan uning tarkibidagi mineral o‘g‘itlar salmog‘i aniqlanadi.
    7.3.5-jadval
    2005-yilda Respublika qishloq xo‘jaligi bo‘yicha organik o‘g‘it hajmining aniqlanishi.






    1 sutkada chiqadigan go‘ng miqdori, kg

    1 yilda chiqadigan go‘ng miqdori, kg



    Respublikada mavjud chorva soni, ming bosh

    Respublikada chiqadigan jami organik o‘g‘it hajmi, ming tonna

    1 tonna go‘ngda mineral o‘g‘it me’yori, kg



    Respublika bo‘yicha go‘ngdagi mineral o‘g‘it hajmi, tonna

    N

    P

    K

    N

    P

    K


    15

    5,475

    6543,9

    35778,5

    4

    2,5

    5

    143114,0

    89446,3

    178892,5

    1

    0,365

    11248,4

    4105,7

    8

    2,5

    7

    32845,6

    10264,3

    28739,9

    1

    0,365

    87,6

    32

    4

    2

    6

    128,0

    64,0

    192,0

    0,02

    0,0073

    20670,6

    150,9

    34

    16

    8

    5130,6

    2414,4

    1207,2










    40067,1










    181218,2

    102189,
    0

    209031,6



    Yirik shoxli qoramol Qo‘y va echkilar Cho‘chqalar Parrandalar Jami

    Respublika qishloq xo‘jaligidagi mavjud qoramollar sonini bir sutkalik yoki bir yilda chorvadan chiqadigan go‘ng miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan yillik shartli organik o‘g‘it miqdori aniqlanadi. Masalan, 2005-yilda respublika bo‘yicha yirik shoxli qoramollar soni 6534,9 ming bosh bo‘lib, yillik go‘ng miqdori 35778,5 ming tonnani yoki undan chiqadigan azot miqdori 143114 tonna, fosfor 89446,3 tonna, kaliy esa 178892,5 tonnani tashkil etadi. Respublika bo‘yicha chorva mollarining go‘ng miqdori 40067.1 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, undagi azot – 181218,2 tonnani, fosfor – 102189,0 tonnani,


    kaliy – 209031,6 tonnani tashkil etmoqda. Respublika qishloq xo‘jaligi uchun yillik o‘g‘it sarfi azot – 619 ming tonna, fosfor – 121 ming tonna, kaliy – 26 ming tonnani tapshkil etmoqda. Demak, azotning 79 foizi, fosforning 86,9 foizi, kaliyning 85,6 foizini organik o‘g‘it hisobiga qoplash mumkin. Shuning uchun, avvalo, chorva bosh sonini ko‘paytirib ixtisoslashtirilgan holatda boqishni, yig‘ilgan go‘nglarni o‘z vaqtida dalaga yoki o‘ralarga, maxsus belgilangan joylarda kompost tayyorlash yo‘lga qo‘yilsa, o‘g‘it miqdoriga hosil miqdori ortib uning sarf-xarajatlari keskin kamayadi.
    Kompost tayyorlashni xo‘jaliklarda amalga oshirish mumkin. Chorva- chilikdan olinadigan organik o‘g‘itlarni dala boshida yoki maxsus transheya- larda tashilib, unga talabga qarab mineral o‘g‘it aralashtirilib, ustini yopiq holda bir yil muddatda saqlanadi. Ekinlarni oziqlantirish muddatlarida har bir konturdagi kartogramma ma’lumotlari bo‘yicha organik o‘g‘it beriladi. Kompost traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari yordamida tirkama usulida dalaga sepiladi. Tayyor kompost sharbat usulida ham ishlatiladi. Kompost tayyor moslama yoki suv yo‘llari uyumlariga shimdirilib, suv orqali egatlarga yuborilib, o‘simlik oziqlantiriladi. Suv orqali oziqlantirish samarasi yuqori bo‘lib, sarf- xarajatlar tejaladi va ekologiya buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mineral o‘g‘itlarga nisbatan arzon bo‘lib, u kompostni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin.
    Respublika bo‘yicha 2006-yil 1-yanvar holatiga kompost tayyorlash hajmi
    1170 ming tonna bo‘lib, amalda 315,7 ming tonna tayyorlandi. 1 tonna kompostning qiymati 2005-yilda 1826,30 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2006- yilda 3679,80 so‘mni tashkil etdi. Organik o‘g‘it tayyorlash reja bo‘yicha 167,7 ming tonna bo‘lsa, amalda 173,2 ming tonna yoki 103,4 foizga yetgan. 1 tonna organik o‘g‘itning o‘rtacha bahosi 2286.4 so‘mni tashkil etdi.
    Ko‘kat o‘g‘itlar yoki sideratlar – dalalarda ayrim dukkakli o‘simliklarni o‘stirib, tuproqni azot va organik moddalar bilan boyitish uchun tuproqqa qo‘shib yuboriladi. Dukkakli o‘simliklar havodagi azotni o‘ziga tez o‘zlashtiradi. Ko‘kat o‘g‘itlar yig‘uvchi dukkakli sideratlar tarkibida 150 – 200 kg azot bo‘lgan gektariga 40 – 50 tonna ko‘k massa to‘planadi. Tarkibida azot tutishi bo‘yicha 1 tonna ko‘kat o‘g‘it 1 tonna go‘ngga teng keladi. Lekin o‘simlik ko‘kat o‘g‘it tarkibidagi azotdan foydalanish koeffitsiyenti go‘ngnikidan ikki marta yuqori (7.3.6-jadval).
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jalik ekinlarining hajmi va sifatini yaxshilashda turli tadbirlar o‘tkazilib, amaliyot sinovidan o‘tmoqda. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chorva mollari kam bo‘lgan hududlarda ko‘kat o‘g‘itlardan organik o‘g‘it sifatida foydalanib kelinmoqda. U joylarda o‘z samarasini bermoqda. Shuning uchun respublikamizda g‘alla mustaqilligiga
    erishilgan bir paytda, fermer xo‘jaliklari 850 ming gektar yerga dehqonchilik qilmoqda. Shu g‘alla maydonlarida ko‘plab somon va boshqa ko‘kat o‘tlar bo‘lib, uni o‘g‘itga aylantirish va o‘z vaqtida shudgorlash orqali ham tuproqni organik o‘g‘it bilan boyitishimiz mumkin. Biz g‘alladan bo‘shagan yerlar va tarkibida mineral oziqlar ko‘p bo‘lgan o‘simliklarni ekib ularni o‘g‘itga aylantirishni tavsiya etamiz.

    7.3.6-jadval.




    Download 1,43 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122




    Download 1,43 Mb.