|
Respublikasi oliy va
|
bet | 40/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Mineral o‘g‘itlardan foydalanish yo‘llari. O‘simlik uchun yorug‘lik, issiqlik, havo, suv va oziq moddalari talab darajasida bo‘lsa, uning rivojlanishi va hosil to‘plashi yuqori bo‘ladi. Shulardan biri mineral oziq moddalariga azot, fosfor, kaliy, magniy, kalsiy, oltingugurt, temir moddalari kiradi. Mikroelement oziq moddalariga bo‘r, marganets, rux, mis, molibden, kobalt va boshqalar kiradi.
O‘simliklarning asosiy oziq elementi azot, fosfor va kaliy bo‘lib, o‘simlik ildizlari orqali mineral o‘g‘it holida, ba’zan esa organik holida oziq moddalarini tuproq orqali oladi. Dehqonchilikda foydalanilayotgan oziq moddalar mineral va mahalliy o‘g‘itlardan iborat bo‘lib, qattiq va suyuq holda ishlatiladi.
Azotli o‘g‘itlar. «Azot» so‘zi grekcha bo‘lib, aslida «hayotni to‘xtatmoq» yoki «hayot to‘sig‘i» ma’nosini beradi. Azot birinchi marta 1774-yilda havodan olingan. U o‘simlik hujayrasining protoplazma tarkibini tashkil etuvchi modda bo‘lib, oqsil moddalar asosini tashkil etadi. Bundan tashqari, u o‘simlik hayoti uchun zarur bo‘lgan organik moddalar birikmasining hosil bo‘lishida ham faol ishtirok etadi. Bunday organik birikmalar , alkaloid, fosforid, xlorofill va shu kabi ferment molekulalari tarkibida ham bo‘ladi. Akademik D.N. Pryanishnikovning aniqlashicha, azot ishtirokisiz oziq moddalari hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun ham azot boshqa oziq moddalari qatori o‘simlik hayotida katta ahamiyatga egadir. Azot me’yori yetarli bo‘lmasa, o‘simlik sust rivojlanadi, hosil kamayadi. Olingan hosil sifatsiz bo‘ladi. Azot me’yoridan ko‘p solinsa ham, hosil sifatsiz bo‘ladi. Demak, unga belgilangan me’yorda azot solish kerak.
Tuproq tarkibida mavjud bo‘lgan azot va fosfor hisobiga dehqonchilik madaniyatini rivojlantirib bo‘lmaydi. Chunki uning umumiy miqdorida 1-2 foizgina mineral birikmalarni tashkil etadi. Shuning uchun madaniy o‘simliklar mineral o‘g‘itlar bilan belgilangan agrotexnika qoidalari asosida muddatidagina oziqlantiriladi.
Azotli o‘g‘it turlaridan eng ko‘p ishlab chiqarilayotgani ammiakli selitra bo‘lib, uning tarkibida 34,5 foiz oziq moddasi bor. Bu o‘g‘itdan barcha ekinlarni oziqlantirishda foydalaniladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlariga mineral o‘g‘it berish fizik va ta’sir etish birligida beriladi. Unda o‘g‘itning natural ko‘rinishi fizik birligi bo‘lib, uning tarkibiy elementlarining o‘simlikka bevosita ta’sir etishi oziq moddasi bilan belgilanadi. O‘simliklarga, asosan, ta’sir etish ozuqa birligida hisob-kitob va o‘g‘itlar taqsimoti orqali olib boriladi. Shunga asosan o‘g‘itlarning tarkibiy tuzilishi jadval(7.3.1.)da keltiriladi.
|
| |