• Manba
  • Fermer xo‘jaligida agrokimyo servis xizmati va uning vazifalari
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet36/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma ko‘rsatkichlarining tahlili

    2002

    y.

    2003

    y.

    2004

    y.

    2005

    y. 2006 y.

    Jami

    Mini banklar
    Muqobil MTPlar
    Mineral o‘g‘itlar sotish shoxobchalari
    Neft mahsulotlari sotish shoxobchalari
    Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari
    Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish shoxobchalari
    Chorva mollarini sotish va zooveterinariya xizmati ko‘rsatish shoxobchalari
    Axborot ta’minoti va konsalting xizmati ko‘rsatish shoxobchalari Transport xizmat ko‘rsatish shoxobchalari
    Tara, idishlar va qadoqlash materiallari bilan ta’minlash shoxobchasi
    Agrofirmalar

    141
    129


    128


    140


    141

    -
    -
    -



    105
    168


    135


    138


    152

    -
    -
    -



    196
    282


    208


    236


    223


    88
    91
    60

    260
    402


    168


    321


    379


    136
    116
    102

    273
    553

    243

    282

    406

    270
    130
    108

    68
    72


    195


    1041

    1826

    976

    1231

    1502

    550



    417



    310

    78

    84


    208


    Manba: O‘zbekiston Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi ma’lumotlari
    Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2002-2006- yillarda mini banklar soni 1041 taga, muqobil MTPlar 1826 donaga, Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi 1502 donaga oshdi. Ushbu infratuzilma fermer xo‘jaliklar faoliyatini yaxshilashga zamin yaratadi. Mahsulot hajmi ortadi. Sarf-xarajatlar keskin kamayib, mahsulot hajmi ortadi. Fermer xo‘jaliklarimizni rivojlantirish infratuzilma, ya’ni xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy ish usullaridan foydalanish, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishdan iborat bo‘ladi.
    2006-yilda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklariga turli servis xizmatlari ko‘rsatuvchi 273 ta mini banklar, 282 ta yonilg‘i, 243 ta mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar sotish shoxobchalari, 553 ta muqobil MTPlar, 406 ta suvdan foydalanuvchilar uyushmalari, 270 ta qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish, 130 ta chorva mollarini sotish va zooveterinariya xizmati ko‘rsatish va 108 ta axborot ta’minoti hamda konsalting xizmati ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etildi. 2000-yilga nisbatan bir necha barobarga servis xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar sonini oshganligini ko‘rsatmoqda. Bu fermer xo‘jaligini rivojlantirish uchun infratuzilmani rivojlantirishga asosiy e’tibor berilayotganligini ko‘rsatadi. Fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatayotgan korxonalar barchasi to‘liq talab darajasida faoliyat ko‘rsatmayapti. 2004-yilda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiya dasturida belgilanganiga nisbatan 8 ta neft mahsulotlari sotish, 10 ta mineral o‘g‘it sotish, 10 ta muqobil MTP, 33 ta SFU, 11 ta qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish, 1 ta konsalting va axborot xizmati ko‘rsatuvchi shoxobchalar tashkil etilmasdan qoldi. Fermer xo‘jaliklari bilan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari to‘liq bajarilmasdan qolmoqda. Masalan, 2004-yil yakunida fermer xo‘jaliklari yonilg‘isi 10,3 ming tonna, mineral o‘g‘itlar 14,1 ming tonna, paxta shroti va 16,8 ming tonna sheluxa sotib olingan bo‘lsa, fermerlar birjalar orqali sotib olgan yonilg‘i va moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar ta’minot bozorlari tomonidan o‘z vaqtida bajarilmay qoldi. Oqibatda bu birja xizmati uchun to‘langan mablag‘larga, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilmasligiga olib kelib, fermerlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2004-yilda 9000 dan ortiq fermer xo‘jaliklari davlatga don sotish bo‘yicha shartnoma rejasini bajara olmadi. Ular tomonidan 90,7 ming tonna don topshirilmasdan qolgan. Shartnomani bajarmagan fermerlardan xo‘jalik sudlari orqali 3 mlrd. 274 mln. so‘mlik zarar undirildi. Fermerlar tomonidan ixtiyoriy ravishda 20 ming tonna don va 632 mln. so‘m mablag‘lar topshirildi. Umuman, don topshirmagan 289 ta fermerning yer ijara shartnomasi bekor
    qilindi. Joriy yil hosili uchun 62 mingga yaqin fermerlar 1805 ming tonna paxta xomashyosini sotish uchun shartnoma tuzgan bo‘lsalar, ular shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardilar. Ular tomonidan sotilgan mahsulot xomashyo miqdori 1773 ming tonnani tashkil etgan. Ammo, 13,5 mingta fermer shartnoma rejasini bajara olmagan. 333 ta fermerning 11 ming gektar yer ijara shartnomasi o‘z arizalariga asosan, bekor qilindi. Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari (SFU) moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida fermer va dehqon xo‘jaliklariga ko‘rsatadigan xizmatlari uchun mablag‘ shakllanishi ko‘zda tutilgan. 2004-yilda SFU lar tomonidan 17788 ta, 4848 mln. so‘mlik shartnomalar xizmat ko‘rsatish uchun tuzilgan bo‘lib, ularning 15208 tasiga 1576 mln. so‘mlik yoki 48 foiz xizmat ko‘rsatilgan. Shartnomalarning bajarilmasligiga asosiy sabab, SFUlarning moddiy texnika bazasi shakllanmaganligi va malakali mutaxassislar jalb etilmaganligidir. Fermer xo‘jaliklari faoliyatidagi infratuzilmalarni rivojlantirish fermer xo‘jaliklarining rivojlanish konsepsiyasiga binoan olib borilishini tashkil etishdan iborat.

      1. Fermer xo‘jaligida agrokimyo servis xizmati va uning vazifalari

    1979-yildan boshlab mamlakatda yagona agrokimyo xizmatini tashkil qilish maqsadida «Qishloqxo‘jaliktexnika» davlat komiteti tarkibidan barcha korxona va tashkilotlar, shuningdek, qishloq xo‘jalik vazirligiga qarashli qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatuvchi tarmoq agroximbirlashma, agroximtrest, maxsus bo‘lim, qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish loyiha tadqiqot bo‘limi, agroximiya laboratoriyalari, tuman agroximiya markazi, mexanizatsiyalashgan otryad, ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarish texnika bazasi obyektlari, «Soyuzqishloqxo‘jalikkimyo» birlashmasi tarkibiga berildi.


    «Soyuzqishloqxo‘jalikkimyo» birlashmasi tarkibiga kiruvchi «Qishloq- xo‘jalikkimyo» birlashmalari har bir viloyat, tuman va tumanlararo tashkil etilishi qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishda tub burilish yasadi.
    2004-yilga kelib kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi. Bu Qarorga ko‘ra, «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik birlashmalari «O‘zkimyosanoat» DAK tarkibiga qo‘shib berildi.
    «O‘zkimyosanoat» DAKning moddiy resurslar va jihozlar bilan ta’minlanishining bugungi kundagi faoliyati quyidagicha bo‘lib, unda 12 viloyat «Qishloqxo‘jalikkimyo» XAJ va uning 172 ta filiali, shundan 154 tasi tumanlarda va 18 tasi tumanlararo filiallari bo‘lib, 172 ta filialning 129 tasida omborxonalar mavjud. Ularning soni 519 ta bo‘lib, quvvati 1108,6 ming tonna, 115 ta filialdagi 237 ta omborxona to‘liq zarur texnik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ularda ammiakli selitra saqlanmoqda. 43 ta tuman filiallarida ixtisoslashgan agrokimyo servis xizmati tashkil etilgan. Fermerlarga samarali xizmat ko‘rsatish uchun 2005-yilgacha 513 ta shoxobchalar tashkil etilgan bo‘lib, uning quvvati 478,3 ming tonnadir. Shoxobchalar sonini 2006- yilda 741 taga yetkazish va mineral o‘g‘it sotishni 136923 mln. so‘mga, 2007-yilda 891 ta va 176959 mln. so‘mga yetkazish hamda quvvatini 827,8 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Hududiy markaziy omborxonalardan sof holda 23056 tonna azotli, 22288 tonna fosforli va 4359 tonna kaliyli o‘g‘itlarni tashish rejalashtirilgan bo‘lib, ularni tashish uchun 3207 ta traktor tirkamalari bilan, 1402 ta yuk avtomobili, shoxobchalardan 17860 tonna azotli, 20290 tonna fosforli va 2608 tonna kaliyli, o‘g‘itlarni tashib berish uchun esa 1918 ta traktor tirkamasi bilan 853 ta yuk avtomobili zarur ekanligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun kompaniya oldida turgan asosiy vazifa xo‘jaliklarga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish uchun moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Agrokimyo servis xizmatini tashkil etish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilishi va faoliyatidagi xizmatlarning samarali istiqbolli yo‘nalishlariini amaliyotga tatbiq etish zarur. Shuning uchun agrokimyo servis xizmati ko‘rsatishni jadal sur’atlarda olib borish bo‘yicha qilinayotgan tadqiqotlar va amaliy tajribalarni umumlashtirgan holatda bir butun rivojlantirish istiqbollarini belgilash zarur. Bozor munosabatlarida shakllangan respublika iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligiga agrokimyo servis xizmat ko‘rsatishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish davri boshlandi.
    Qishloq xo‘jalik ekinlariga mineral, organik o‘g‘it berish va zaharli ximikatlardan foydalanish hamda agrokimyoservis xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida bir qator olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borib, ko‘pgina masalalarni ijobiy hal etgan. Rossiyalik olimlardan L.M. Derjavin, V.A. Zaxarenko, V.V. Tokarev, N.N. Baronov, A.M. Artyushin, A.S. Mishelova, M.M. Alibekov, N.A. Dorofeyeva; O‘zbekistonlik olimlardan K.A. Xasanjonov, K.A. Choriyev, X.J. Xo‘jaqulov, A.J. Toshboyev, A.Mamadaliyev, A.Boymuhammedov, M.A. Sagatova, B.O. Mo‘minovlar shu borada tadqiqotlar olib borishgan.
    Respublika qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishning iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy asoslari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasi bugungi kunda ham o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
    Bizning fikrimiz bo‘yicha respublikada mulkchilik munosabatlari shakllanib, xo‘jaliklar soni bir necha barobarga ortib borishi, azotli o‘g‘itlardan qat’iy nazorat orqali foydalanish sababli mineral o‘g‘itlar va ximikatlardan foydalanishning ustivor yo‘nalishlarini izlab topib, amaliyotga tatbiq etishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, fermer xo‘jaliklari ustivor yo‘nalish bo‘lib, uning soni yildan yilga ko‘payib, mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalarning xarid bahosining keskin ortib borishi hamda me’yor bo‘yicha yetishmasligi sababli xo‘jaliklarda va hududlarda raqobatbardosh agrokimyo servis xizmatlarini shakllantirish zarur. Unda kimyoviy ishlov berish, mineral va organik o‘g‘itlarni tashish, ishlatish, ilmiy asoslangan me’yorlar bo‘yicha agroximkartogramma asosida ishlov berish, monitoring olib borish, dilerlik konsalting xizmatlarini tashkil etish, kimyoviy vositalarni saqlash va ishlatish orqali hosilni oshirish bo‘yicha servis xizmatlari tashkil etilmoqda.
    Qishloq xo‘jalik korxonalarida agrokimyo servis xizmat ko‘rsatishning zaruriyati agrokimyo servis xizmat ko‘rsatish korxonasi qishloq xo‘jalik subyektlariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishdan iborat. Qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqarishning natijasi unga juda bog‘liq.
    Qishloq xo‘jaligining bozor iqtisodiyotiga o‘tishida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish darajasiga e’tibor beriladi. Yangi shakldagi qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish bevosita yerlarni rejali unumdorligini oshirish bilan bog‘liq. Mineral o‘g‘itlarning iste’molchisi bo‘lgan o‘simlikchilik tarmog‘ining asosiy turi – paxtachilikdir. Paxta ko‘p mineral o‘g‘it talab etuvchi o‘simlikdir. O‘zbekiston Respublikasida bu ko‘rsatkich 1965-yilda paxta bo‘yicha–2072,5 ming tonna fizik og‘irlikda bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib azotli o‘g‘itlar– 303,0, fosforli o‘g‘itlar–88,0, kaliyli o‘g‘itlar–37,0 ni tashkil etadi.
    Yerga ishlov berish va pestitsidlarni ishlatish xususiyati qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish yo‘nalish tartibini asoslab beradi. Bu jarayon barcha ko‘riladigan choralarga bog‘liq. Rivojlangan davlatlarning ilmiy agrokimyoviy ta’minoti ilmiy-tekshirish tashkilotlari, xususiy tashkilotlar, davlat budjeti va fermerlar tomonidan moliyalashtiriladi. Agrokimyoviy ishlab chiqarish xizmatiga ixtisoslashgan kimyoviy kompaniya va tashkilotlar qishloq xo‘jalik korxonalari va bevosita fermerlarga xizmat ko‘rsatadi.
    MDH davlatlarida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish davlat va kooperativ agrokimyoviy markaz rivojlanishiga bog‘liq. Davlatimizning katta e’tibori
    asosida kimyolashtirish, kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish oxirgi ikki o‘n yillikda yetarli darajada rivojlandi.
    AQSHda o‘g‘it ishlab chiqarish darajasi MDH davlatlariga nisbatan 15 yil ko‘proq tajribaga ega. 1972-yilda MDH davlatlari jahonda o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq birinchi o‘ringa chiqib oldi. MDH davlatlaridagi kimyolashtirishning katta qismi qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishni ixtisoslashtirish va biriktirishni talab qildi. Bu davlat chiqargan qishloq xo‘jalik texnika tizimining birinchi bosqichi qishloq xo‘jalik korxonalarini kimyolashtirish vositalari va ta’minot funksiyasi bilan shug‘ullanuvchi uncha katta bo‘lmagan agrokimyoviy ishlarni ta’minlaydi. Davlat qishloq xo‘jalik texnika ishlari tizimida agrokimyoviy xizmat xodimlari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish natijasidan manfaatdor. Kimyolashtirish ishlari sifati, muddatlarning buzilishi, kuchi, o‘g‘itlarni tashish imkoniyati, uni saqlash va joylashtirish muammolari hal etilmasa o‘g‘itni ishlatish samaradorligi (qaytimi)ga ta’sir etadi.
    Yana bir katta yetishmovchilik bor va bu o‘g‘itning yo‘qolishiga olib
    kela-digan ombor hajmining yetishmovchiligidir.
    Davlat qishloq xo‘jalik texnika tizimi faoliyatida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish natijasiga bo‘lgan qiziqishni shakllantira olmadi. Bular agrokimyoviy xizmatlarni past daraja- ga olib keldi. Muddatlarning buzilishi, kuchining pastligi, o‘g‘itlarni yetka- zib berish, ularni saqlash va yetkazish sharoitlari davomida vositalarni qabul qilingandan keyingi qaytimining unchalik katta emasligi, bundan tashqari, kimyoviy vositalarni yetkazib berish hajmi va ulardan foydalanish uchun ba- zaga yetkazib berish o‘zaro mos kelmadi. Kimyoviy o‘g‘itlarni solish ishlari- ni mexanizatsiyalash muammosi sekin hal qilinmoqda. O‘g‘itning aralash- masini to‘liq yetkazib berish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.
    Kimyolashtirishning material texnikaviy bazasini shakllantirishdagi
    yetishmovchilikdan tashqari, uning samarasiz ishlatilishi ko‘proq o‘simlikchilikda agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning kuchsi- zligiga bog‘liq.
    Agrokimyoviy xizmat ko‘rsatuvchi tizimdagi uzoq bo‘lmagan vaqtga amal qiluvchi o‘zaro idoralararo aloqa boshqarishda qiyinchilik tug‘diradi, vosi- talarni sotish vazifasini bajarish va qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishning barcha jarayonida oxirgi natija samarasini pasaytirishga olib keladi.
    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi islohotlar sharoitida agrokimyoviy xiz- matning roli pasaymadi. Regional kimyoviy vositalardan foydalanish javob- garligining barchasi agrokimyoviy ta’minotga yuklandi.
    Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan ta’minlash qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishning ilmiy-uslubiy ta’minoti bilan birikishi asosida amalga oshirila- di, ishning sezilarli qismi qishloq xo‘jalik korxonalariga agrokimyoviy ishlab chiqarish xizmatini amalga oshiruvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ko‘p shakl- dagi funksiyani bajaruvchi o‘simlikchilik o‘sishida bevosita ishtirok etuvchi texnologik operatsiyalarni bajarishda «Agrokimyota’minot» bilan qishloq xo‘jalik korxonalari o‘rtasidagi alohida ishlab chiqarish iqtisodiy munosabat- lar orqali amalga oshiriladi. «Agrokimyota’minot» birlashmasi qishloq xo‘jalik korxonasiga ilmiy ishlab chiqarish va ishlab chiqarish agrokimyoviy xizmatini ko‘rsatadi.
    Ishlab chiqarish, yetishtirish operatsiyalari ichidagi eng muhimlari qu-
    yidagilar:
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   122




    Download 1,43 Mb.