|
Respublikasi oliy va
|
bet | 50/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Biologik usul bilan kurashishda oltinko‘zdan foydalaniladi. Bunda maydonning zararlanish darajasiga qarab, har gektar maydonga 200 donadan 1000 donagacha oltinko‘z tuxumi yoki lichinkasi tarqatiladi.
Kimyoviy usul ipak qurti uchun tut bargi kesib olingandan keyin boshlash kerak. Bunda har bir gektariga karbofos – 0,2 l/ga, siraks – 2,0 l/ga, karate-0,5 l/ ga miqdorida OVX –28 agregati va qo‘l apparatlari yordamida sepiladi.
O‘RGIMCHAKKANA – g‘o‘zaning eng xavfli zararkunandalaridan biri bo‘lib, o‘simlik shirasini so‘rib oziqlanadi. Erta bahordan to kech kuzga qadar hosilga zarar yetkazadi. O‘rgimchakkanani aniqlash uchun, g‘o‘za bargining orqa tomoni oq qog‘ozga qoqib ko‘riladi, agar qog‘ozda harakatlanayotgan mayda sarg‘ish, och qizil rangli nuqtalar ko‘rinsa, demak shu o‘simlikni o‘rgimchakkana zararlayotgan bo‘ladi. O‘rgimchakkananing zararini oddiy ko‘z bilan qaralganda, barglar va yosh hosil nishonalari to‘kilib ketganda aniqlash mumkin. O‘rgimchakkana bilan zararlangan maydonlardagi g‘o‘za nihollari o‘sishdan orqada qoladi, kuchli zararlangan maydonlarda 40-60% gacha hosil nobud bo‘lishi mumkin. Zararkunanda, asosan, agrotexnik tadbirlar buzilgan, rivojdan qolgan, atrofida tut daraxtlari va dala yo‘llari bo‘lgan maydonlarda tez tarqalib, hosilga sezilarli zarar yetkazadi.
O‘rgimchakkana mavsumda 18-22 martagacha avlod berib, bitta urg‘ochi o‘rgimchakkana 100-160 tagacha tuxumni barg orqasidagi o‘zi hosil qilgan o‘rgimchak iplari bilan o‘ralgan qismiga to‘p-to‘p qilib qo‘yadi. Yoz oylarida har 7-8 kunda bitta avlod beradi.
Agrotexnik tadbirlar – erta bahorda dala betlaridagi tut daraxtlari va uvatlarga ohak – oltingugurt qaynatmasi (ISO) hamda o‘rgimchakkana bilan zararlangan maydonlarga oltingugurt kukuni bilan ishlov berish, to‘liq zararlangan g‘o‘za nihollarini yulib olib, dala tashqarisiga ko‘mib tashlash, kultivatorlarga oltingugurt xaltachalarini o‘rnatish zararkunandaning tarqalish xavfini kamaytiradi.
O‘rgimchakkana ko‘llatib sug‘orilgan, kultivatsiya muddatlari o‘tkazib yuborilgan va o‘ta chanqatib qo‘yilgan maydonlarda tez tarqaladi. Shuning uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida o‘tkazish lozim.
|
| |