|
Respublikasi oliy va
|
bet | 60/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha konsalting xizmati: ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; asbob-uskunalarni ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish; ishlab chiqarish injineringi; xomashyoni qayta ishlash; mahsulotlarni qadoqlash; sifatni nazorat qilish; ishlab chiqarishni boshqarish; korxonalar ishlarini tahlil qilish va sxemasini tuzish; ishlab chiqarishni rejalashtirish; ishlab chiqarish jarayoni uchun texnologiyani tanlash; mahsulotlarni takomillashtirish; xomashyo va asbob- uskunalarni ishlatish; ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilish; mahsulot sifatini baholash va nazorat qilish.
Bu yerda maslahatchining vazifasi — fermer maqsadlariga erishishida optimal yo‘llarni izlash. Ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha maslahatchi quyidagi vazifalarni tahlil qilishi zarur:
mahsulotning o‘zi. Mahsulot sifatini aniqlash, uning ishlab chiqarish samaradorligini belgilashda maslahatchi quyidagilarni aniqlashi shart: mahsulot qanday qismlardan iborat; uning qismlarini takomillashtirish yoki standartlash mumkinmi? ba’zi bir qismlarini arzonroqlariga almashtirish mumkinmi? mahsulot ishlab chiqarayotgan asbob-uskunani takomillashtirish mumkinmi?
ishlab chiqarishni tashkil qilish usullari. Maslahatchi asbob-uskunalarni joylashtirish sxemasini takomillashtira borib, quyidagi masalalarga yechimlar izlaydi: ish joyini tashkil qilish sifatiga o‘rnatilgan mashina va uskunalar ta’sir
ko‘rsatadimi? ishlab chiqarish jarayonlari to‘g‘ri ishlayapdimi? mashina va asbob-uskunalarni ishlatish bo‘yicha kerakli ma’lumotni yig‘ish va boshqalar. Hozirgi kunda konsalting xizmatining aniq yo‘nalishlari to‘liq yoritib berilmagan, chunki u tez o‘zgartirilib, aniqliklar kiritib borilmoqda. Tashkil etilayotgan konsalting huquq idoralari, savdo va moliya iqtisodiy muassasa- lariga ixtisoslashgan edi. Konsalting firmalari fermerlarga yangi yo‘nalish yo‘llarini ko‘rsatish, bozorni o‘rganish va ularga kerakli bo‘lgan maslahatlar
berib boradi.
«Konsalting» so‘zining tarjimasi yo‘q bo‘lib, uning ma’nosi «maslahat»,
«maslahat berish»dir.
Hozirda fermer xo‘jaliklari faoliyati juda tez, bozorga qarab o‘zgarib turishni talab etmoqda, oldingi ish uslublari to‘g‘ri kelmay qoldi. Bu esa konsalting xizmati faoliyatini yanada oshiradi va keng sohalarga xizmat etishni talab etadi.
Shunday qilib, fermer xo‘jaliklarini har tomonlama rivojlantirishda konsalting xizmatini, yani, maslahat markazlarini tashkil etish va ular xizmatlaridan foydalanish orqali katta samaradorlikka erishiladi.
F
Qisqacha xulosalar
ermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi Infratuzilmani rivojlantirish uchun hukumat tomonidan fermer xo‘jalik-
larini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilgan bo‘lib infratuzilma obyektlari bilan fermer xo‘jaligi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar takomillashib, mahsulot yetishtirishda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
|
| |