• Marketingning vazifasi
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet68/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Bozor omillariga – bozor konyunkturasining holati, istiqboli, uning dinamikasi, raqobat sharoitlari va ko‘lami kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bozor omillariga - mahsulotning bahosi unga bo‘lgan talab va taklif, raqobatdagi mahsulotlar miqdori, raqobatchilarning bozor siyosati va boshqalar kiradi.
    Bozor munosabatlariga o‘tish bilan tijorat iqtisodni o‘rganish, mahsulot sifatini yaxshilashga erishish, marketing tushunchasining asosini tashkil etadi. Marketing (ingl. market-bozor) – bu tadbirkor muhitini, bozorini, iste’molchining aniq talabini va ular uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni ko‘zda tutishni o‘rganishga asoslangan, qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bozor konsepsiyasidir. Marketing tor ma’noda tovar ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi xizmatni, tovarni sotish jarayoni bilan bevosita bog‘liq
    bo‘lgan boshqarishni o‘z ichiga olgan tadbirkorlik faoliyatidir. AQSHda marketing keng ma’noda uzoqni ko‘ra bilish, boshqarish va tovarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, muomala vositasi orqali xizmatni tashkil etish, yangi g‘oyani hayotga tatbiq etish deb tushuniladi. Marketing faoliyati – baholar sistemasi, mahsulotlarni saqlash, joylashtirish, savdo markazlarini yaratish, mahsulotni sotish, savdo xodimlarini boshqarish, kredit berish, mahsulotni tashish, sotsial talablarni bajarish, savdo shoxobchalarini ochish uchun joy tanlash, iste’molchilarni o‘rganish, ulgurji, chakana savdoni va ko‘rgazmalarni tashkil etish, jamiyat bilan munosabatlarni yaxshilash, bozor tadqiqotlarini olib borish, tovarlarning sifatiga kafolat berish bilan shug‘ullanadi. Marketingning vazifasi – sotib olish, sotish, mahsulot tashish va uni saqlash, moliya mablag‘lari bilan ta’minlash, mahsulotni ko‘rgazmaga qo‘yish va bozor ma’lumotlarini yig‘ishdan iborat.
    Qishloq xo‘jaligi marketingining maqsadi – talabni shakllantirish va rag‘batlantirish, ishlab chiqarish rejalari, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini ta’minlash va mahsulotlar savdosi, bozor hissasi va foydasini ko‘paytirishdan iborat.
    Marketing tizimlaridan fermer xo‘jaligini rivojlantirishda foydalanish o‘ziga xos xususiyatlarga ega.


    1. Download 1,43 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122




    Download 1,43 Mb.