• Marketingning asosiy vazifasi
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet71/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Marketing subyekti – tovar ishlab chiqarishni va xizmatni tashkil etishni, ulgurji va chakana savdo tashkilotlarini marketing sohasi mutaxassislarini va har xil iste’molchilarni o‘z ichiga oladi.
    Marketing mahsulotni yetishtirish va sotishning aniq dasturini tuzish, bozordagi o‘zgarishlarga tezda o‘rganish va raqobatda ma’lum afzalliklarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Marketing konsepsiyasi xohlagan tovar ishlab chiqaruvchilar yoki xo‘jaliklar (shirkat, dehqon, fermer xo‘jaliklari va boshqalar) tomonidan ular yetishtirigan mahsulot turidan qat’i nazar, keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
    Mahsulot turlaridagi farq, mahsulotni bozorda sotishning o‘ziga xos xususiyatlari savdo operatsiyalarini amalga oshirishda universal marketingdan foydalanish mumkin.
    Marketing faoliyatining doirasi keng bo‘lib, unda baholar sistemasi, mahsulotni saqlash, joylashtirish, savdo markazlarini yaratish, mahsulotni sotish, savdo xodimlarini boshqarish, kredit berish, mahsulotni tashish, ijtimoiy talablarni bajarish, savdo shoxobchalari ochish uchun joy tanlash, iste’molchilarni o‘rganish, ulgurji, chakana savdoni va ko‘rgazmalarni tashkil etish, jamiyat bilan munosabatlarni yaxshilash, bozor tadqiqotlarini olib borish, tovarlarning sifatiga kafolat berish va hokazolar bilan shug‘ullanadi.
    Marketingning asosiy vazifasi – funksiyasiga sotib olish, sotish, mahsulot tashish va uni saqlash, saralash, moliya mablag‘i bilan ta’minlash, mahsulotni ko‘rgazmaga qo‘yish va bozor ma’lumotlarini yig‘ishdan iborat.
    Marketing bozor holati to‘g‘risida doimiy ma’lumotga ega bo‘lib, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab dinamikasi va bahosiga oid ma’lumotlar o‘rganish, dasturni ishlab chiqish uchun jahon bozori holati va dinamikasi to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
    Bunday ma’lumotlarni olish har xil yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin. Birinchidan, mamlakat miqyosida dehqonchilik mahsuloti bahosi va unga bo‘lgan talab tegishli axborot organlari tomonidan ta’minlanadi. Ikkinchidan, amaldagi marketing bo‘linmalari xizmatiga murojaat qilish yoki bir necha tovar ishlab chiqaruvchilar kooperativini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tashqi bozor holati bilan tanishish uchun dehqonchilik bozori holatini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi eksport tashkilotlariga murojaat qilish lozim. Tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ko‘rgazma muhim o‘rin tutadi.
    Ko‘rgazma tor ma’noda mahsulotga bo‘lgan talabni yanada oshirish uchun xizmat qiladi.
    Mahsulot ko‘rgazmasini tashkil etish yo‘llari har xil. Axborot organlari orqali ko‘rgazmalar tashkil etish, katologlar, shiorlar, bukletlar ishlab chiqish va hokazo. Mahsulot turlari (sabzavot, meva, zotli mollar va qo‘ylar) bo‘yicha umumiy va ixtisoslashgan ko‘rgazmalar va mahsulotni sotish bo‘yicha
    yarmarkalar tashkil etish. Yarmarka va ko‘rgazmalar savdo bitimlari tuzish joyi bo‘lib ham xizmat qiladi.
    Marketing vazifalari orasida bozorni har tomonlama o‘rganish muhim
    ahamiyatga ega. Turli guruhdagi iste’molchilar talabi va ehtiyojini qondirish uchun ishlab chiqarishga va mahsulotlarni realizatsiya qilishga bog‘liq tadbirlarni ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘z navbatida bozor iqtisodiyotini o‘rganuvchi mutaxassislar va marketinglar tomonidan tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning ilmiy va amaliy faoliyatiga tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks ishlarni bajarishdir.
    Tovarning raqobat qobiliyatini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu bir xil tovar ishlab chiqaruvchilar tovarlarini taqqoslash yo‘li bilan, ya’ni tovarning sifati, bahosi va unga sarf qilingan xarajatlar bilan aniqlanadi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish tovarning raqobat qobiliyatini oshiradi.
    Mahsulot sifati muhim iqtisodiy kategoriya bo‘lib, mahsulot sifatini yaxshilash aholini oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini to‘la-to‘kis qondirishga xizmat qiladi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish imkonini beradi. Mahsulot sifatiga talab, iste’molchilar va davlat organlari tomonidan shakllanadi. Mahsulot sifatini aniqlovchi omil-iste’molchining talabi, bozor va raqobatdir.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122




    Download 1,43 Mb.