|
Respublikasi oliy va
|
bet | 73/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Qonuniy jihati – birja a’zolari birja mulkining egasi bo‘lib, qo‘yilgan kapital mablag‘lar va olingan daromadlar egasidir.
Tashkiliy jihati – xaridor va sotuvchini uchrashtiradi (ochiq birjalarda) yoki vositachi mutaxassislar (broker, diler, maklerlar) orqali xaridor va sotuvchini o‘rtasida bitim tuziladi (yopiq birjada).
Iqtisodiy jihati – tovar birjalarining faoliyati yirik ulgurji tovar bozori, shu bilan birga, real bozor baholari asosi sifatida tavsiyalanadi.
Tovar birjalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
Yopiq tovar birjalari. Bunda birja a’zolari, broker, diler, maklerlar va Nizomga ko‘ra birja a’zolari deb qabul qilingan shaxslar qatnashadi.
Ochiq tovar birjalari. Bunda birja savdosiga qatnashish xohishi bo‘lgan barcha xodimlar ishtirok etishi mumkin.
Ixtisoslashgan tovar birjalari. Ma’lum turdagi tovarlar bilan muomala xizmatini bajaradi.
Tovar birjalari a’zolari, yuridik yoki moliyaviy shaxs, jumladan, chet el fuqarosi bo‘lishi mumkin. Birja a’zosi bo‘lishi uchun brokerlik joyi sotib olinadi. Tovar birjalari broker kompaniyalari orqali faoliyat ko‘rsatadi. Broker kompaniyasi – bu alohida shaxs, shirkat, aksioner birlashmasi yoki tuzilma bo‘lib, asosiy faoliyati mijoz (tovar ishlab chiqaruvchi, xaridor, savdo vositalari)
va birja o‘rtasida aloqa bog‘lashga qaratilgan bo‘ladi.
Broker kompaniyasi mijozlardan (fermer) xarid qilish yoki birja tovarlarini sotish bo‘yicha arizalarni yig‘ish, rasmiylashtirish va operativ ravishda o‘z birja brokerlariga yetazib berdi. Broker olingan arizani bajaradi va bajarganligi to‘g‘risidagi xabarni broker kompaniyasiga va undan keyin mijozga jo‘natadi. Bundan tashqari, kompaniya o‘z brokerlarining to‘lov qobiliyatiga kafolat
ham beradi, ya’ni sug‘urta to‘lovi vazifasini bajaradi. Broker xizmat haqi broker kompaniyasi va mijoz o‘rtasidagi kelishuv orqali aniqlanadi. Broker xizmat haqi tuzilgan bitimlar qiymatining o‘ndan bir, ba’zida yuzdan bir foizini tashkil etadi. Taxminan bitim qiymatining 1-2 foizini mijozga marja (sug‘urta to‘lovi) sifatida to‘lashi kerak. Tovar birjalarining vazifalari:
xo‘jalik subyektlari yoki qatnashuvchi birja vositachilari o‘rtasida birja savdosi uchun sharoit yaratib berish;
birja savdosini o‘tkazish, tovarlar bo‘yicha talab va taklifni o‘rganish, zarurat tug‘ilganda vositachi vazifasini bajarish;
tovarlar bahosini aniqlash va uni maxsus bulletenlarda chop etish;
birja bitimlarini rasmiylashtirish;
birja operatsiyalari bo‘yicha tortishuvlarni hal etish;
tovar aylanmasini o‘rganish, tartibga solish va yengillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarish.
|
| |