|
Respublikasi oliy va
|
bet | 69/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish ko‘p jihatdan ob-havo sharoitiga bog‘liq. Bu qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulot sifati va hajmi (miqdori) ustidan nazorat olib borish imkoniyatini ma’lum darajada cheklab qo‘yadi. Fermer xo‘jaligi faoliyatida 3 model mavjud: Birinchi model tovar ishlab chiqaruvchining qulay iqlim sharoitidagi faoliyati bilan aniqlanadi. Bu chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari
umumiy hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq.
Ikkinchi model iqlim sharoiti noqulay bo‘lgan vaziyatga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunga hosilni saqlab qolish uchun qo‘shimcha mehnat va boshqa resurslarni jalb etib, hosilni yig‘ishtirib olishni jadallashtirish, hosilni saqlab qolishning boshqa tadbirlarini amalga oshirish kiradi. Nihoyat, uchinchi model, baxtsiz hodisalar ehtimoli bo‘lganda, tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘llaniladigan tadbirlardan iborat bo‘ladi.
Aholini oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish kafolatini bera oladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish.
Bu xususiyat sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruv- chilari uchun ma’lum afzalliklar yaratadi, chunki qishloq xo‘jaligida mahsulot sotishning noqulay sharoiti yo‘q. Keltirilgan ma’lumotlar dehqonchilik sektorida ma’lum darajada zikr etilgan oldingi xususiyatlarning mavjudligi bilan qoplanadi.
Tez buziladigan, katta hajmdagi mahsulotlar, birinchidan omborlarning (sabzavot, poliz, meva saqlashga mo‘ljallangan) mavjudligi, ikkinchidan, tovar ishlab chiqaruvchilarning qisqa vaqt ichida bu mahsulotlarni realizatsiya qilishini taqozo etadi.
|
| |