• Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
  • Eng muhim
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet70/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Bir xil tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, bozorda ularning har biriga to‘g‘ri keladigan ulushi kichik bo‘ladi. Shu bilan marketing tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan zaruriy shartlar bo‘lishi kerak.

    1. ishlab chiqarish hajmining bozorga ta’sir etishi, talabning oshib borishi, xarajatlarni qoplash qobiliyati va boshqalar katta mablag‘ni talab qiladi.

    2. normal ish jarayoni – bozorga moslashish, tovar ishlab chiqaruvchining u yoki bu mahsulot yetishtirishga qodirligi, ishlab chiqarishdagi xavf-xatar va boshqalarga tovar ishlab chiqaruvchi mas’ul hisoblanadi.

    Yuqoridan ko‘rinadiki, marketing, eng avvalo, keyingi mahsulotni qayta ishlab chiqaruvchilar (oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari)ga yetkazib beradi. Har xil tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini gorizontal integratsiya, qayta ishlovchi korxonalar va savdoni esa vertikal integratsiya asosida birlashtiradi. Tovar ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarning birgalikdagi faoliyati (hamkorlik formasi) mezomarketing (mezo-o‘rta, oraliq) bo‘lib, agrar iqtisodiyotda hukmron mavqega ega. Shu bilan birga, sanoatning boshqa sohalarida bu shakl mikromarketing (kichik korxona va tovar ishlab
    chiqaruvchi) deb ataladi.

    1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, asosan, shahar aholisini iste’mol qilishi ham har xil vositachilar mahsulotni sotish zaruriyatini tug‘diradi. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar oladigan daromadning kamayishiga olib keladi, chunki mahsulot qiymatining ma’lum qismi vositachilarda qoladi.

    2. Eng muhim sotsial jihatlardan biri, qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarning bozordagi faoliyatini davlat tomonidan tartibga solib turish va uni sotsial himoya qilishdir. Rejalashtirish iqtisodidan bozor munosabat- lariga o‘tish davrida bozordagi vaziyat sezilarli darajada o‘zgaradi, bu esa har xil qishloq xo‘jalik mahsulotlarining bozordagi holatining o‘zgartirishiga ta’sir etadi.

    Agar rejali iqtisodiyotda qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun davlat tayyorlov bahosi amal qilib, mahsulot sifatidan qat’i nazar, qabul qilish kafolati ta’minlangan bo‘lsa, bozor iqtisodiyotida baho talab va taklifga qarab o‘zgarib turadi.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122




    Download 1,43 Mb.