|
Davlat va nodavlat korxonalariga mahsulot sotish va uni takomillashtirish
|
bet | 67/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Davlat va nodavlat korxonalariga mahsulot sotish va uni takomillashtirish
Fermer xo‘jaliklari o‘zlari yetishtirgan chorvachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlaridan o‘z xohishicha foydalanmoqda.
Davlat buyurtmasi faqat paxta va dongagina saqlanib qolgan bo‘lib, uning miqdorlari 1995-yilda paxta va don bo‘yicha 30 foizgacha qisqartirildi1.
Paxta xomashyosini tayyorlash, uni qayta ishlab, tolasini sotish markazlashtirilgan holda «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi va uning hududiy aksiyadorlik birlashmalari orqali amalga oshirilmoqda. Davlat buyurtmasini bajargan xo‘jaliklar ixtiyorida hosilning 70 foizi qoladi. Paxta yetishtiruvchilar bu paxtani erkin sota olmaydilar, uning xaridori «Paxtasanoat» uyushmasining
1 I.A.Karimov. «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida». T.:
«O‘zbekiston», 1995 y, 71 b.
hududiy aksionerlik birlashmalaridir. Paxta yetishtirish rejasini bajargan xo‘jaliklarga zavod ishlab chiqarish narxlarida yog‘, sheluxa va kunjara sotilmoqda. Paxta xomashyosini yetishtirish rejasini bajarmaganlarga bu mahsulotlar berilmaydi. Davlat buyurtmasidan ortiqcha paxta yetishtirgan (davlat buyurtmalari narxidan yuqori narxlarda) xo‘jaliklar «Paxtasanoat» hududiy birlashmalariga paxtani shartnoma bahosida sotadi. Chunki respublikada paxta davlat monopoliyasi bo‘lib, uning erkin bozori shakllanmagan, shu bois buyurtmadan ortiqcha paxta xomashyosini erkin sota olmaydilar. Fermer ishlovchilarga ish haqini pul va natura (yog‘, sheluxa va kunjara kabi mahsulotlar)da to‘laydi.
Paxta xomashyosini tayyorlash tizimida ichki bozorni erkinlashtirish zarur. Chunki fermer o‘zlari yetishtirgan paxta hisobiga sheluxa, kunjara, yog‘ va chigitni qayta ishlash zavodidan sotib olmoqdalar. Tayyorlov tashkilotlariga fermerning mahsuloti kerak bo‘lsa, chigitni qayta ishlash xarajatlari (hamda ularning foydalari)ni to‘lashlari kerak. Yog‘ zavodlari yog‘ (sheluxa, kunjara) narxidan, chigitning narxini chegirib tashlagan holda, hisob-kitob qilishlari lozim.
Shunday qilib, fermer xo‘jaliklari davlat buyurtmasidan ortiqcha paxta xomashyosini erkin bahoda sotish orqali o‘z faoliyatini integratsiyalashtiradi.
Fermer xo‘jaligida marketing xizmatini tashkil etish
Fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ikki guruhga: ishlab chiqarish va bozor munosabatlariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish omillariga yer, suv, mehnat resurslari, asosiy va aylanma vositalardan foydalanishning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish kabi omillar kiradi.
|
| |