|
Respublikasi oliy va
|
bet | 75/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Qisqacha xulosalar
R
espublika agrar sohasida mahsulotni yetishtirish bozor munosabatlarida shakllangan bo‘lib, uning samarasi
bozor munosabatlariga asoslangan. Mahsulotlarni yetishtirishda turli usullardan foydalanilmoqda. Asosan, davlat buyurtmasi, fyuchers shartnomasi, kontraktatsiya shartnomasi hamda erkin savdoga chiqib o‘z mahsulotlari tovarlilik darajasini oshirishga harakat qilmoqda. Ayniqsa, paxtaning, g‘alla va sholining bir qismi tadbirkorning o‘z ixtiyori bilan kelishilgan bahoda sotilishi ham moddiy manfaatdorlikni oshirmoqda.
Tayyorlov va chet el kompaniyalari bilan investitsiya hamkorligi asosida shartnoma usulida mahsulot yetishtirish dehqonga katta iqtisodiy ishonch tug‘diradi. Chunki o‘z mahsulotini oluvchi xaridor borligi, mahsulot hajmini ko‘paytirish isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasligi, hamkorlik talabi bo‘yicha mahsulotni sifatli yetkazib berish manfaatdorligi oshmoqda. Fermer xo‘jaligida mahsulot yetishtirish va uni sotish marketing xizmati
bo‘lib, uni tashkil etish har bir rahbarning asosiy maqsadi bo‘lishi kerak.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Xalqxo‘jaligidaqishloqxo‘jalikmahsulotlariniyetishtirishzaruriyatini tushuntiribbering.
Qishloqxo‘jalikmahsulotlarinisotishyo‘l ariniayting. 3.Mahsulotxaridorgirliginioshirishdagichora-tadbirlarniizohlang. 4.Qishloqxo‘jalikmahsulotlariniqaytaishlash,saqlashvasotishning
zamonaviyusul arinimada?
Marketing tushunchasi nima?
Marketingxizmatiga nimalar kiradi? 7.Marketingxizmatiqandaytashkiletiladi?
FERMER XO‘JALIGINING IQTISODIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA UNING
IQTISODIY ALOQALARI
Iqtisodiy aloqalar tushunchasi. Shartnoma va uni tuzish yo‘llari
Iqtisodiy aloqalar fermer xo‘jaligi faoliyatida ishlab chiqarish, iqtisodiy, huquqiy munosabatlar asosida shakllanadi va bunda yuqori samaradorlikka erishiladi. Moddiy ta’minot, servis xizmatlari bilan fermer xo‘jaligi o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar zamirida iqtisodiy manfaat shakllanib, xo‘jalik yuritishning iqtisodiy mexanizmlari orqali tartibga solinadi. Xo‘jalik yuritishning iqtisodiy mexanizmlariga rejalashtirish, baho, soliq, moliyalashtirish hamda kreditlash, shartnoma munosabatlari va hokazolar kiradi.
Fermer xo‘jaliklarining boshqa tarmoqlar (sanoat, ayniqsa, qayta ishlash, urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, texnika bilan ta’minlovchi tarmoqlar korxonalari va h.k.) bilan iqtisodiy aloqalari shartnoma asosida olib boriladi. Shartnomada shartnoma shartlari to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lib, har ikkala tomon manfaatlari yo‘lida amalga oshiriladi.
Fermer xo‘jaliklari yollanma ishchi xodimlari bilan iqtisodiy aloqalarini mehnat shartnomasi asosida olib boradi. Soliq, nafaqa ta’minoti, ekologiya, bank, moliya, sug‘urta tizimlari bilan iqtisodiy aloqalar olib boradi.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tishi munosabati bilan turli mulkchilik shakllarida faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlar o‘rtasidagi munosabatlar qonuniy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. Chunki huquqiy yoki jismoniy shaxslar (subyektlar) o‘rtasida tuziladigan barcha turdagi shartnomalar ularning moliyaviy faoliyatini qonunchilik yo‘li bilan muvofiqlashtiradi, haq -huquqlarini belgilaydi va himoya qiladi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 29-avgustdagi
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topdi va o‘zaro iqtisodiy munosabatlar qonun yo‘li bilan himoyalandi.
Fermer xo‘jaliklarning boshqa korxona va tashkilotlar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlari shartnoma asosida amalga oshirilmoqda.
Fermer xo‘jaliklari paxta, g‘alla, meva, sabzavot, poliz, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishdan iste’molchiga yetkazib berish jarayonlarida turli tayyorlovchi, qayta ishlovchi va servis xizmat
ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Aksariyat fermer xo‘jaliklari mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha tegishli xo‘jalik subyektlari bilan shartnomalar tuzishda mahsulotlarni himoyalash, ya’ni sug‘urtalash, iqtisodiy hamda huquqiy maslahat markazlari xizmatlaridan, chet el investitsiyalari yoki mikrokreditlarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish ishlarida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Fermer xo‘jaliklarining tayyorlovchi, xizmat ko‘rsatuvchi va qayta ishlash korxonalari bilan tuzayotgan shartnomalarida tomonlarning huquq va majburiyatlari bir tomonlama, ya’ni tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar foydasiga hal bo‘lmoqda.
Shu sababli, ko‘plab fermer xo‘jaliklari asossiz ravishda zarar ko‘rmoqdalar. Chunki fermer xo‘jaliklari rahbarlari shartnoma tuzish bo‘yicha yetarli iqtisodiy- huquqiy bilim va malakalarga ega emas.
Respublikada fermer xo‘jaliklarining rivojlanayotganini hisobga olib, shartnoma munosabatlari va ularning mohiyati haqida tushuncha berish ularning faoliyatini takomillashtirishga katta yordam beradi. Tomonlar o‘rtasida shartnomaning kelishuv shartlariga O‘zbekiston Respublikasi «Fuqoralik kodeksi»da: «Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi» - deb izoh berilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslar ham o‘zaro kelishgan holda qonunchilik hujjatlari asosida bir-birlari bilan shartnoma tuzishlari mumkin.
Tomonlar shartnoma tuzishdan oldin, uning mohiyati, oqibati tomonlarning moliyaviy holatiga ta’siri qanday bo‘lishini to‘la o‘rganib chiqishlari kerak.
Shartnomani tuzish ikki bosqichni: birinchi tomon taklif etishi (oferta deyiladi) va ikkinchi tomon ushbu taklifni qabul qilishi yoki qabul qilmasligi (aksept deyiladi) bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Shartnomalar erkin tuziladi. Uni majburiy tarzda tuzish qonunchilik hujjatlariga asosan taqiqlanadi va jinoyat hisoblanadi.
Shartnoma bitta mahsulot yoki xizmat turiga tuzilishi mumkin. Shuningdek, ayrim hollarda bir necha mahsulot yoki xizmat turlariga shartnomalar tuzishga to‘g‘ri keladi. Bunday shartnomalar aralash shartnomalar turiga kiradi.
Tuzilayotgan shartnomalar beshta muhim va bitta qo‘shimcha bo‘limdan iborat bo‘lib, unda kirish, shartnoma mazmuni, tomonlarning huquq va majburiyatlari, tomonlarning javobgarligi va qo‘shimcha shartlari bor. Shartnoma tuzishda tomonlarning roziliklari bilan ularga qo‘shimchalar qilinishi yoki ilova taqdim etilishi mumkin. Bunday hollarda fermer xo‘jaliklari rahbarlari shartnomaning
qaysi asosiy shartlari qonunchilikda bevosita belgilab qo‘yilganligini va qaysi shartlar o‘zaro kelishish yo‘li bilan tuzilishini bilish kerak.
«Fuqarolik kodeksi»ning 364-moddasiga muvofiq, tomonlarning o‘zaro kelishuv asosida shartnomaning barcha asosiy va qo‘shimcha shartlari bo‘yicha imzolangan shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
|
| |