• Ikki tomonlama bitimlar tuzishda (forvard-bitim)
  • Fyuchers yoki shoshilinch bitim
  • Tovarlarni birjada savdo qilish




    Download 1,43 Mb.
    bet74/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Tovarlarni birjada savdo qilish – bozorda olib boriladigan savdo singari amalga oshiriladi. Xaridor tovarni ko‘rgandan keyin, sifati, sertifikatiga qarab baho qo‘yiladi. Bundan tashqari, tovarlarning namunasini yarmarkaga yoki ulgurji bozorga qo‘yish orqali ham savdo qilinadi.
    Ikki tomonlama bitimlar tuzishda (forvard-bitim) – sotuvchi va xaridor mahsulotni yetkazib berish, qabul qilish, uning sifati, yetkazib berish muddati, bahosi, uni aniqlash uslubi va bajarilgan bitimga haq to‘lash qoidasi to‘g‘risida majburiyat oladilar.
    Ikki tomonlama forvard bitim barcha tovarga tuzilishi mumkin. Bozorda sotiladigan tovardan farqi, shartnomada mahsulotlarning standart ko‘rsat- kichlari ko‘rsatiladi.
    Fyuchers yoki shoshilinch bitim – tovar ishlab chiqaruvchi birja xizmatchisi brokerga hali yetishtirmagan mahsulotini, ba’zida ekilmagan ekin uchun bitim tuzishda vositachilik qilgani uchun, ma’lum miqdordagi pulni beradi. Broker olinadigan mahsulot hajmini mo‘ljallab, u bilan uzoq muddatli bitim tuzadi.
    Fermer yuqori hosil olgandan keyin, hosilning ma’lum qismini o‘zida qoldirib, brokerga ham belgilangan ulushini beradi. Broker ziyon ko‘rmaydi, u vositachiligi uchun olingan haqni olgandan keyin, shartnomaga ko‘ra yetishtirilgan hosilning bir qismini qabul qiladi va tuzilgan bitim asosida tegishli shaxsga yoki tashkilotga mahsulotni beradi.
    Agar hosil bo‘lmay qolsa, tovar ishlab chiqaruvchi brokerga hosilni olish uchun zarur bo‘lgan vositalarni (urug‘lik, mashina, o‘g‘it va boshqalar) qaytarmaydi. Bu holda broker yutqazadi. Fyuchers bitimi qatnashchilari bo‘lajak bozorni baholaydi va ishlab chiqaruvchi daromadini (rejalashtirilgan
    va haqiqiy baholar o‘rtasidagi qoldiq) olishga umid qiladi, xaridor esa sotib olingan shartnomani yuqori bahoda sotishga mo‘ljallab ish yuritadi.
    Fermer bahoning tushishidan keladigan xavf-xatar(zarar)ni kamaytirish va oldindan belgilangan maksimal miqdordagi daromadni olish uchun savdo opsionidan foydalanadi.
    Opsion – bu ikkala shartnoma tuzuvchilar o‘rtasidagi bitim bo‘lib, bunda ulardan biri mukofot oladi, sotib olish yoki sotish majburiyatini oladi, boshqasi mukofot pulini to‘laydi va ma’lum tovarni belgilangan vaqt davomida aniq bahoda sotish huquqini oladi.
    Marketing infratuzilmasining tarkibiy qismi fond birjalari hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi vaqtincha foydalanmayotgan pul mablag‘larini qayta taqsimlash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash, sotish, xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan birja operatsiyalari (aksiya, obligatsiya, bank sertifikatlari, xazina majburiyatlari va boshqalar)ni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Fond birjalari bu tashkiliy rasmiylashtirilgan, muntazam faol ishlab turuvchi bozor bo‘lib, bunda qoidaga ko‘ra qimmatbaho qog‘ozlar savdosi amalga oshiriladi.




    Download 1,43 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122




    Download 1,43 Mb.