|
Respublikasi oliy va
|
bet | 82/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1jadval. Tashqi iqtisodiy faoliyat rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari (mahsulot va xomashyo). Ushbu jadvalda xo‘jaliklardan eksportga jo‘natiladigan mahsulotlar turlari bo‘yicha ularning miqdori va qiymati, shuningdek, import liniyasi bo‘yicha qabul qilinadigan mahsulotlari miqdori va qiymati aks ettiriladi.
jadval. Mavjud va harakatdagi valuta. Ushbu jadval xo‘jaliklarning hisob raqamida bo‘lgan valuta tushumi mavjud bo‘lgan hollarda to‘ldiriladi. 18-jadval. Pul daromadlari va xarajatlar balansi. Ushbu jadvalda joriy yilda hisob raqamida qayd qilinadigan daromadlar manbayi, shuningdek, xo‘jalikni yuritish uchun qilinadigan xarajat turlari bandma-band ko‘rsatilib,
xo‘jalikning jami daromadi va xarajati to‘liq tahlil qilinadi.
jadval. Budjetga to‘lovlar. Ushbu jadvalni to‘ldirishda xo‘jalik tomonidan joriy yilda to‘lanishi zarur bo‘lgan soliqlar, boshqa turli to‘lovlar va ajratmalar turlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va 3-ustunda aks ettiriladi.
jadval. Korxonaning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichi. Ushbu jadvalni to‘ldirishda xo‘jalikdagi ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari 3-8 jadval biznes-rejaning miqdori, 1996-yilning o‘rtacha bahosida (taqqoslama) hisoblanib, reja qismiga qo‘yiladi.
1997-yil hisob yilida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, shu yilning haqiqiy bahosida (hisobot yili 6-APK).
1998-yil ishlab chiqariladigan mahsulot (biznes-reja) 1997-yil bahosida hisob-kitob qilinadi. Jadvaldagi qolgan ko‘rsatkichlar hisobot yilining haqiqiy bahosidan kelib chiqqan holda to‘ldiriladi.
jadval. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yalpi daromadi. Ushbu jadvalni to‘ldirishda biznes-rejaning 3,8, 10-jadvallaridan foydalanib, o‘simlikchilik hamda chorvachilik tarmoqlari bo‘yicha alohida yalpi mahsulot qiymati (tannarx bo‘yicha) hisoblanadi va ular umumlashtiriladi.
|
| |