• Sug‘urta to‘lovlari (16-ustun)
  • Boshqa xarajatlar (18-ustun).
  • 4, 5, 6, 7-jadval.
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet79/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Ishlar va xizmatlar 15-ustun – xo‘jaliklarga shartnoma asosida xizmat
    ko‘rsatayotgan tashkilotlar va korxonalar xizmati uchun to‘lanadigan xarajatlar, suv ta’minoti xo‘jaliklaridan sug‘orish va boshqa maqsadlarga
    olingan suv uchun to‘lanadigan pul mablag‘lari, xo‘jalik ichidagi yordamchi korxonalarning ko‘rsatgan xizmatlariga to‘langan xarajatlar hisob-kitobi, hisob-kitob yilidagi haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
    Sug‘urta to‘lovlari (16-ustun) – «O‘zagrosug‘urta» Respublika tashkilotining hududiy bo‘linmalari bilan ixtiyoriylik asosida mahsulot turlariga alohida shartnoma tuziladi va ushbu ustunga qo‘yiladi.
    Umumiy ishlab chiqarish xarajati 17-ustun. Bu xarajatga xo‘jalikning shtat jadvalida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning hamma turlari hamda xo‘jalik xarajatlarining hisob-kitobi ekin turlari bo‘yicha olib boriladi. Ushbu xarajat miqdori umumiy xarajatdan urug‘ qiymati chegirishidan qolgan qismi mutanosib taqsimlanib, ekin turlariga olib boriladi.
    Boshqa xarajatlar (18-ustun). Yuqorida ko‘rsatilgan xarajat turlariga taalluqli bo‘lmagan, ammo ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ushbu ustunda ekin turlari bo‘yicha ko‘rsatiladi.
    Yuqorida ko‘rsatilgan barcha xarajat turlarining qiymatdagi yig‘indisi 4- ustunda ifoda etiladi. Mahsulot turlari bo‘yicha jami xarajatlar summasidan qo‘shimcha mahsulot qiymatini chegirishdan qolgan summasini (4-ustun) mahsulot miqdoriga (20-ustun) taqsimlanganda (4-ustun:20-ustun) 1 sentner mahsulotning tannarxi aniqlanadi va 23-ustunda qayd etiladi.
    Mahsulotlar hosildorligini aniqlashda, ularning asosiy va qo‘shimcha mahsulotlari aniq belgilanishi 20-ustunda qayd etilib, belgilangan miqdori (20-ustunni) ekin turlari bo‘yicha ekilgan maydonga (3-ustun) nisbati har bir gektardan olingan hosildorlikni bildiradi va 21-ustunda qayd etiladi.
    4, 5, 6, 7-jadval. Mollar, parrandalar, hayvonlar (bosh soni) va asalari oilasi sonining mavjudligi, mahsuldorligi, yem-hashak sarfi.
    Ushbu jadvallarni to‘ldirishda xo‘jalikning 1997-yilgi yillik hisoboti (13- jadval)dan 6, 7, 8–ma’lumotlardan olinib, chorvachilikda poda harakati bo‘yicha hujjat (vedomost) tuziladi.
    Poda harakati hujjatiga asosan, chorva mollarining bosh sonlari yil boshi va oxiridagi o‘zgarishlari, kirim va chiqimlari, ularning tirik og‘irligi va umumiy bahosi 4-jadvalda qayd etiladi.

    1. jadvaldan va poda harakati hujjatidan kelib chiqqan holda mollar va parrandalarning tirik vazni o‘sishi, 5-jadvalning 4-5- ustunlarida ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, aholidan shartnoma asosida olinadigan mahsulotlar: sut,

    go‘sht, tuxum, jun va boshqa mahsulotlar ham to‘liq ko‘rsatilishi zarur.
    Mollarning mahsuldorligi (6-jadval). Ushbu jadvaldagi mollar va parrandalar bosh sonlari 4-jadvalning 3-ustuniga mos ravishda ularning mahsuldorliklari va jami mahsulot miqdori hisob-kitob qilinib chiqariladi.


      1. Download 1,43 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122




    Download 1,43 Mb.